Tayanch iboralar: Kar-kо‘r bolalar, qoldiq eshituv, murakkab sesor nuqsonga ega bо‘lgan bolalar, korreksiya, kompensatsiya.
Yetarlicha kо‘p va rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning populyatsiyasini о‘rganilgan kattagina qismini kо‘rish va eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar tashkil etadi.
Kar-kо‘r bolalarni о‘rganish va о‘qitishga tarixiy munosabat mavjud (Sokolyanskiy I.A., 1962; Meyeryakov A.I., 1974; Apraushev A.V.,1983; Skoroxodova O.I.,1990 va boshqalar). Zamonaviy pedagokka ham keng va kо‘p qirrali malakalardan foydalanib va kuzatilishi mumkin bо‘lgan xatoliklardan qochishga harakat qilgan xolda, bugungi kunda qanday ishlash kerakligini tasavvur qilish va yahshi tushunish imkonini beradi.
Kar-kо‘r bolalar haqida birinchi ishlarni chop etilganidan buyon, bu toifa tarkibiga nisbatan jiddiy о‘zgarishlar paydo bо‘ldi, bu о‘z navbatida korreksion-pedagogik ishlarning yangi yо‘nalishlarini topishni taqazo etadi. Bu populyatsiyaning xaddan tashqari xilma-xilligi M.S.Pevzner, G.P.Bertin, T.A. Basilovoy, V.N.Chulkova va boshqalarning tadqiqotlaridayoq kо‘rsatilgan edi. Kar-kо‘rlik muammosini о‘rganishda katta e’tibor, bu toifa bolalardagi nuqson tuzilishini tahlili, ularning ta’lim va tarbiyasida differensiyal yondashuvni ishlab chiqish va yaratashga qaratiladi. An’anaviy qо‘llaniladigan “Kо‘r-karlik” bugungi kunda ancha keng aniqlikni talab etadi. Chunki “asosan ” kо‘pchilik bu toifa bolalarga tо‘liq kо‘rish va eshitishi jarohatlanganlarni kiritishadi, bu aslida umuman notо‘g‘ri. Bolalarni zamonaviy metodlardan foydalangan holda, turli yо‘nalishlar bо‘yicha- tibbiy, klinik – genetik psixologik, pedagogik о‘rganish va tekshirish murakkab (mujassam) nuqson tuzilishini tо‘liqroq ochib berish, bu toifa bolalarga differensayal tavsifni aniqlashtirish imkonini beradi.
Bu nuqson xususiyatlarini chuqur tushunish uchun muhim ahamiyatli mezonlar ajratilgan edi:
qoldiq eshituv va kо‘ruvning rivojlanish va saqlanganlik darajasi ( kar yoki zaif eshituvchi, kо‘r va zaif kо‘ruvchilik);
nuqsonning paydo bо‘lish vaqti, shuningdek, bolada kо‘rish va eshitish nuqsonini paydo bо‘lgan yoshini aniqlash;
intellektual imkoniyati, tayanch-harakat tizimining holati;
nutqning rivojlanganlik darajasi (bola qanday nutq shaklini egallagan, og‘zaki nutq darajasi qanday, kо‘r-karlik paydo bо‘lgandan keyin u qay darajada buzilgan yoki saqlanib qolgan);
murakkab nuqsonni keltirib chiqaruvchi sabablar.
Bunga bog‘liq ravishda kо‘r-kar boalarning quyidagi toifalarini kо‘z oldiga keltirish mumkin: erta kо‘r-kar bо‘lgan bolalar, kech kо‘r-kar bо‘lgan bolalar, murakkab sensor nuqsonga ega bо‘lgan bolalar – ikkita analizatorlardan birining qisman buzilishi ( kar zaif kо‘ruvchilar,kо‘r zaif eshituvchilar).
Rivojlanishdagi kо‘p nuqsonlilik toifasiga kо‘r-kar aqli zaiflik, birlamchi xarakterdagi nutq nuqsonlariga ega kо‘r –karlik, birlamchi ruhiy rivojlanishi sustlashgan kо‘r-karlik, tayanch-harakat apparati buzilgan kо‘r- karlik,neyropsixologik sohasida turlicha buzilishlarga ega bо‘lgan kо‘r- karlikni kiritish mumkin.
Rivojlanishda murakkab nuqsonlarning paydo bо‘lishida genetik omillar muhim rol egallaydi. Bu sohadagi tadqiqotlar ( G.P.Bertin, M.S.Pevzner, I.V.Solomatina) Usher, Marshal sindromli bolalar haqida tassavurga ega bо‘lish imkonini beradi . Shu bilan birga bisensor nuqsonli bolalar tipologiyasi hozirgi kunda umuman о‘zgardi.Bu kontinigent tarkibi kо‘rish, eshitish, intellekt , nutq nuqsonlarini qо‘shilib kelishini harakterlovchi noma’lum subkategoriyalar bilan kengaydi, bunda har biri turli darajada va nomalum sabablar bilan namoyon bо‘ladi.
Kо‘p nuqsonlilikni asosini belgilovchi noma’lum sabablarga CHARGE,LOU(okulo-serebro-renatal sindrom)sindromlarni kiritish mumkin.Kо‘rishi va eshituv nuqsonlari unchalik qо‘pol bо‘lmagan bolalar kо‘p aniqlanmoqda, ammo ular maxsus tashkil etilgan pedagogik yordamsiz kо‘rish va eshitish qoldig‘idan umuman foydalana olmaydilar. Sо‘nngi yillarda polimorf nuqsonlar chala tug‘ilayotgan, xayoti zamonaviy meditsina yutuqlari sababli saqlanib qolayotgan bolalar hisobiga kengaydi.Ularda retinopatiya(tо‘r pardaning jarohatlanishi) rivojlanadi, uning oqibatida nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, ba’zi holatlarda intellektning rivojlanmasligi kuzatiladi. Bu subkategoriyalari hali yetarlicha shrganilmagan, tadqiqotlarning davom ettirilishini talab etadi. Alohida subkategoriyani kо‘ruv va eshituv nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar tashkil etib, bu murakkab nuqsonning sababi onaning homiladorlik davrida qizilcha bilan og‘rishidir.Bu bolalarda og‘ir tug‘ma karlik, tez va erta yetiluvchi yoki tug‘ma katarakta va tug‘ma yurak parogi odatda qorinchalar о‘rtasidagi devorlarning yetishmovchiligi kо‘rinishidagi tug‘ma yurak parogi , ba’zi xollarda aqli zaiflik kuzatiladi (Bertin G.P 1985).
Keltirib chiqaruvchi sabablarning xilma – hilligi murakkab sensor nuqsonli bolalarning ta’lim va tarbiyasi vazifalariga , maxsus ta’lim usullari va metodlarini tanlashga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Zamonaviy ta’lim metodlari qoldiq kо‘rish, eshitish, intellekt harakat tizimini rivojlanishiga kompleks tasir etishni kо‘zda tutadi, shu bilan birga xar bir bolaning imkoniyatlarini yuqori darajada kо‘rsatish imkonini beradi.Kо‘p sensor nuqsonli bolalarni ta’lim va tarbiyasi bо‘yicha boy materiallar sо‘nggi yillarda yetakchi korreksion muassasalardan biri hisoblangan, kо‘r- kar bolalar uchun mо‘ljallangan Sergiyev-Posadskiy bolalar uyida tо‘plangan. Bu yerda ishlovchi pedagoglarning asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarning salomatligi haqida qayg‘urish va tarbiyaviy tadbirlar, pedagogik yuklamalar о‘rtasidagi optimal munosabatni topishdan iborat(Yepifanova G.K.,2003) Pedagogik-psixolagik jarayon о‘z ichiga: aqliy, jismoniy, mehnat, nutqiy, ahloqiy, tarbiyani qamrab oladi.
Butun о‘quv tarbiya jarayonni belgilovchi hususiyat uning amliy yо‘nalganligidir. Ta’lim mazmuniga birinchi navbatda amaliy xayotda zarur bilim, kо‘nikma va malakalar kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim va tarbiyasi dasturida о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish kо‘nikmalarini shakllantirish, muloqotni rivojlantirish, fazoda mо‘ljal olish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish bо‘limlari keltirilgan. Kattaroq yoshdagi bolalar predmetli-amaliy ta’lim, matematika, tabiatshunoslik, ona tili, musiqali ritmika mashg‘ulotlarini о‘tishadi. Butun о‘qitish jarayonidagi asosiy muammo nutqni rivojlantirish xisoblanadi. Mashg‘ulotlarda va kun tartibini bajarish vaqtida lug‘atni boyitish va faollashtirishga, iborali nutqni shakllantirishga doimo katta e’tibor qaratiladi. Bolalarni о‘qitish shunday tashkil etiladiki ular nutqni turli shakllarda – daktil, og‘zaki, yozma kо‘rinishda egallaydilar (nuqtali-relyefli Brayl tizimidan bosma alifbodan foydalanladi). Yozma nutqni egallash kо‘r-kar bolalarga eshituv va kо‘ruv kamchiligi oqibatlarini kompetsiyalash uchun katta imkoniyat yaratadi, bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, atrof olam haqidagi bilimlarini kengaytiradi.
Kо‘rish va eshitish nuqsonlari ega bо‘lgan bolalarni о‘qitishdagi muxim va murakkab vazifalardan biri ularda og‘zaki nutqni shakllantirish hisoblanadi.Og‘zaki nutqni rivojdlantirish bо‘yicha mashg‘ulotlar о‘z ichiga talaffuz ustida ishlash, eshituv va taktil – vibratsion idrokni rivojlantirishni qamrab oladi. Talaffuz ustida ishlashda va kо‘r-kar bolalarda vibrotaktil sezgirlikni rivojlantirishda eshituv va kо‘ruv qoldig‘idan foydalanish katta axamiyatga ega. О‘quv faoliyati jarayonida nutqiy nafas va nutqning tо‘g‘ri tempini egallash bо‘yicha, alohida tovushlarni о‘zlashtirish bо‘yicha asosiy vazifalar hal etiladi. Nutq texnikasi bо‘yicha mashg‘ulotlarda og‘zaki nutqni vibrotaktil idrok etish о‘quvchi qо‘lini pedagog bо‘g‘iziga qо‘yish orqali amalga oshiriladi.Bunday xolatda kо‘r-kar bolada uning nutqidagi tovushlarni ravon shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir etuvchi zarbalarni idrok etish imkoniyati paydo bо‘ladi.
Eshituv idrokini rivojlantirish bо‘yicha ishda tovush signallari , asboblarning ovozlarini farqlash bо‘yicha, keyinchalik sо‘z , iboralarni farqlash bо‘yicha vazifalar hal etiladi. Mashg‘ulot jamoaviy tovush kuchaytiruvchi apparaturalardan va individual eshituv apparatlaridan foydalanib olib boriladi. Har yili bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining xar birini eshituv idroki va kо‘rish funksiyalari xolati tekshiriladi.
Eshitish va kо‘rish nuqsonlari ancha kech paydo bо‘lgan kо‘r-kar bolalar bilan ishlashda boshqacha yondashuv amalga oshiriladi. Bunday bolalarda og‘zaki nutq tо‘liq shakllangan bо‘ladi, shuning uchun о‘z-о‘zidan ular nutq ustida ishlanishiga muxtoj emaslar.Bu yerda asosiy vazifa og‘zaki –faollikni saqlash, mantiqiy urg‘u, ritm nutqning ifodaligi, ohagdor bо‘yoqdorligi ustida ishlandi, bunda ongli vibratsion sezish va qoldiq eshituv yordamida о‘z-о‘zini nazorat qilish kо‘nikmalarin shakllantirish juda muhim. Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun nutq hodisalar haqida ma’lumot olishning asosiy manbai bо‘lib xizmat qiladi, bunda yozma nutq muhim rol о‘ynaydi.
Kо‘r-kar bolalarni og‘zaki nutqga о‘rgatish bо‘yicha nutqni rivojlantirish ishlari davomida о‘qish kо‘nikmalari ustida ishlanadi. О‘zining psixofizilogik rivojlanishida turli hil nuqsonlarga ega bо‘lgan bola о‘quv faoliyatini maqsadli shakllantirilishiga muhtoj bо‘ladi. Bunda unga yahshi tanish bо‘lgan xayotiy hodisalarni tasvirlovchi matnlardan foydalanish yuqori samara beradi. I.A.Sokolyanskiy (1962) tomonidan ishlab chiqilgan parallel matnlar tizimi tilning grammatik tuzilishini о‘zlashtirishda, aqliy faoliyat usullarini egallashda samarador material hisoblanadi. Ammo о‘qish va nutqning rivojlanishini ancha yuqori bosqichiga о‘tishda, aynan о‘qishda kontekstli nutqni idrok etishda bu metodikalar kо‘makchi xolos.
YE.L.Goncharova tadqiqotlarida о‘qish mazmuniga belgilashga boshlang‘ich sinflardagi ta’lim predmetifan sifatida yangi yondashuv ishlab chiqilgan. Kо‘p nuqsonli bolalarda tо‘laqonli о‘qish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun maqsadga yо‘naltirilgan, maxsus tashkil etilgan korreksion – pedagogik ish talab etiladi.Shu olim tomonidan tuzilgan ”Chuqur kо‘rish va eshitish nuqsonlariga ega bо‘lgan bolalarda о‘qish faoliyatini shakllantirish dasturi ” (1996 y) kichik maktab yoshidagi kо‘r-kar bolalarda о‘qiganlarini tushunishni ta’minlovchi asosiy aqliy faoliyat komponentlarini shakllantirish bо‘yicha aniq tavsiyalar beradi.
Kо‘rish va eshitish nuqsonlari bolalardagi atrof-olam haqidagi tasavvurlarini sezilarli darajada chegaralaydi, ularning ijtimoiy va mehnatga moslashuvini qiyinlashtiradi. Shuninig uchun ularning ta’limiga “Ijtimoiy-maishiy xayotda mо‘ljal olish” fani kiritilgan. Bu fanni о‘tish metodikasi bolani amaliy xayotga tayyorlashdan boshlanadi, bu butun ta’lim davrida davom ettiriladi va uni mustaqil mexnat qilishga tayyorlaydi.
Ijtimoiy-maishiy xayotda mо‘ljal olish darslarida katta e’tbor ekskursiyalar va kо‘r – kar о‘quvchilarda amaliy kо‘nikma va malakalarini qayta ishlashga qaratiladi, masalan, turli xil transport turlariga chipta olish, dо‘konlardan zarur mahsulotlar harid qilish (shaxsiy gigiyena maxsulotlari) va boshqalar.
Keyin о‘zlashtirilgan kо‘nikmalar tabiiy vaziyatlarda , xaqiqiy xayotiy sharoitlarda qо‘llaniladi va tekshiriladi.
Tabiatshunoslik kursi fasllarni о‘rganish, tabiatdagi fasl о‘zgarishlarini ketma –ketligini aniqlash malakalarini, ular о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni tushunishga qaratilgan.О‘quvchilar kо‘p tarqalgan xayvonlar va о‘simliklar ularning tashqi kо‘rinishi, ularga xos xususiyatlari bilan tanishadi hayvonlarning hayot tarzi va oziqlanishi shakllarini о‘rganishadi. Asosiy e’tibor yilning turli fasllarida odamlar mehnatini aks ettiruvchi mavzularga qaratiladi.Bolalar odamlarni qanday mehnat qilishi (tomorqada, bog‘da, parkda) mehnat qurollaridan qanday foydalanishni bilib olishadi.
О‘quv tarbiyaviy tizimda mehnat faoliyati muhim о‘rinni egallaydi.Boshlang‘ich sinflarda mehnat tarbiyasining asosi о‘z-о‘ziga hizmat kо‘rsatish va maishiy mehnat kо‘nikmalarini shakllantirish xisoblanadi. Aynan shu faoliyatda о‘quvchilar bilan samarali muloqot о‘rnatiladi, xulq – atvor meyorlari, muloqot vositalari shakllantiriladi. Mehnat tarbiyasining muxim hususiyati ijtimoiy –foydali mehnat hisoblanadi. Ijtimoiy –foydali mehnatda ishtirok etishda bola biror –bir ishni nafaqat о‘zi uchun, balki, boshqalar uchun qiladi va bundan о‘zi hursand bо‘ladi, bu ayniqsa axloqiy tarbiya uchun muhim ahamiyatga ega.
Maxsus muassasalarda bolalar ustaxonalarda ma’lum ish bajaradilar, masalan, qizlar tikish va bichishni, о‘g‘il bolalar chilangarlik va duradgorlikni о‘rganishadi.
Shuningdek, kulolchilik ustahonasi ,tо‘qish tо‘garaklari, quroqchilik tо‘garaklari faoliyat yuritadi.Faoliyatning barcha turlari kо‘r-karlarning vazifasiga kuzatuvchanltik gо‘zallikni idrok etish, san’atdagi yahshi va yomon tushunchalarni shakllantiruvchi ijodiy qobiliyat va yahshi didni rivojlantiruvchi –estetik tarbiyaga katta ta’sir о‘tkazadi. Kо‘r-kar bolalar uchun mо‘ljallangan maxsus muassasidagi ta’limning barcha bosqichlarida har bir fan olingan bilimlarni faollashtirish va mustahkamlash uchun bir-biri bilan uzviy bog‘langan.
Bolani bolalar uyidagi birinchi kunidan boshlab (qoidaga kо‘ra uch yoshdan) u bilan har tomonlama va tо‘liq tekshiruv о‘tkaziladi , intellektual, sensor, mator, bolaning xulq-atvori , bilish , shaxsiy – emotsional sohasidagi nuqsonlar ustida ta’sir etuvchi psixolog ishlaydi. Psixolog tashxis kartasini tо‘ldiradi va aniqlashtiradi, bolaning xususiyatlarin xisobga olgan holda, individual diagnostik metodikalarni ishlab chiqadi; har bir tarbiyalanuvchi uchun kun tartibi tuzish bо‘yicha tavsiyalar beradi.
Biz о‘quv dasturlari bо‘limlarini umumiy kо‘rinishda kо‘rib chiqdik.Shuni ta’kidlash lozimki, murakkab nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda, ularning rivojlanish hususiyatlariga kо‘ra korreksion ta’lim va tarbiyasida individual mikro dasturlar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |