Tayanch iboralar: Mujassam nukson, BSF, integgarlashgan yondoshuv, korreksiya, adaptatsiya, reabilitatsiya, abilitatsiY.
Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni korreksion- pedagogik ta’limini rivojlantirish asta-sekin bu toifa bolalarni hayotiy sharoitga moslashtirishdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mexanizmga aylanib boradi. Nuqsonning murakkabligi bois, ularni RFning Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlari bо‘yicha о‘qitib bо‘lmaydi. Imkoniyati cheklangan shaxsdarni umumiy ta’limi davlat ta’lim standartlariga kо‘ra ( 1999), murakkab nuqsonli bolalar yetakchi nuqsoni bо‘yicha individual dasturlar asosida ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqda.Turli nuqsonlarga ega bо‘lgan, aniq bir bolaning ta’lim natijalari kо‘p tomondan uni о‘qishini tashkil qiluvchi о‘quv dasturi mazmuni va tuzilishiga bog‘liq bо‘ladi. Ta’limdagi olg‘a siljishni ta’minlash, turli yо‘nalishdagi qayta qurilgan dasturlarni kо‘zda tutadi.
Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun individual dasturlar tuzish qarama-qarshi organik bog‘lanish hisoblanadi: umumiy va maxsus, standart va ijodiy, meyoriy va egiluvchan. Bu murakkab nuqsonlar tuzilishini har bir individual vaziyatda mavjud nuqson о‘ziga xos, namoyon bо‘lishiga , bir-biriga о‘ziga xos tasir etishiga bog‘liq bо‘ladi.
Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun individual- korreksion dasturlarni alternativ dasturlar yoki korreksion-ta’lim dasturining о‘zgargan modeli deb atash mumkin.
Individual- korreksion dasturlarni loyihalashtirishda tayanish kerak bо‘lgan bir nechta asosiy tamoyillarni ajratish mumkin.
1.Ma’lum toifadagi mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni ularning individual- psixologik, klinik xususiyatlarini о‘rganish, nuqson turini klassifikatsiyalash va nuqson tuzilishini aniqlash maqsadida, tо‘liq о‘rganish zarurati.
Turli nuqsonlar qо‘shilib kelganligi aniqlangan bolalarda, har bir bolaga xos individual psixologik sifatlar va qobiliyatlari aniqlanmagunicha ularning ta’limi haqida gapirib bо‘lmaydi. Bolalarni о‘rganishdagi muhim vaqt aniqlangan nuqsonlarni taxlil qilish, ularni bog‘lab turgan iyerarxik munosabatlarni anglash hisoblanadi.
Xar bir aniq holatda murakkab nuqson mazmuni, uni birinchi sababi kо‘rib chiqiladi ( eshituv, kо‘rish, harakat imkoniyati, nutqning rivojlanish darajasi, bilish faoliyati, hissiy- emotsional rivojlanish nuqsonlari) va nuqson asoratlari baholanadi. Shu tariqa korreksion-pedagogik dasturlarni loyihalashtirishda bolaning rivojlanish darajasi aks ettirilgan bayonnomalar, tashxis kartalarida qayd etilgan bolani psixologik-pedagogik о‘rganish natijalari hisobga olinadi. Bu nuqsonli rivojlanishni bartaraf etish maqsadida bolaning kompensator imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun pedagogik sharoitlarni asoslash imkonini beradi.
2.Fanlararo aloqali yondoshuv о‘quv dasturini tuzishda muhim ahamiyatga ega bо‘lib, fanlarni о‘zaro muvofiqligi , defektologiyaning turli yо‘nalishlaridan о‘zlashtirish orqali erishiladi.
Har bir yо‘nalish dasturda kо‘zda tutilgan barcha о‘quv fanlari nuqson xususiyatlaridan kelib chiqib о‘ziga xoslikka ega. Dastur tuzishda fanlararo aloqalarning о‘rnatilishi, turli nuqsonlar qо‘shilib kelgan bolalarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Faqat bunday sharoitda korreksion ta’sir qandaydir alohida nuqsonga nisbatan emas, balki, murakkab nuqsonga ega bо‘lgan boladagi nuqsonning tо‘liq barcha tizimi komponentlariga ta’sir kо‘rsatadi. Masalan, eshitish, harakat –tayanch va nutq tizimidagi nuqsonlar qо‘shilib kelgan bolalar uchun dastur mazmuni surdopedagogika, logopediya va BSF bolalar uchun ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalarini о‘zlashtirgan ta’sir yо‘nalishlarini qamrab olishi kerak. Sensor tizimi va intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalarni individual ta’limi defektologiyaning tiflopedagogika, surdopedagogika va oligofrenopedagogika kabi ilmiy yо‘nalishlarini birlashtirilishiga tayanishi kerak.
3.Integgarlashgan yondoshuv yuqorida qayd etib о‘tganimizdek (4-bо‘lim), mavjud ishlab chiqilgan dasturning mavzuviy mazmuni va bо‘limlarini ajratishni kо‘zda tutadi, shu bilan birga bunda urg‘u mavjud nuqsonlarni korreksiyalashga, shuningdek, bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlariga javob berishga mо‘ljallangan bо‘limlarga beriladi. О‘rganish uchun mavzu va bо‘limlar integratsiyasi mazmun xarakterini ichki о‘zaro aloqasini о‘rnatish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
4.О‘rganilayotgan material kо‘lamining kengligiga talab dastur materialini belgilangan reglmentda dasturning barcha bо‘limlari bо‘yicha, bolalarning uni о‘rganish va uni о‘zlashtirishning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda vaqtdan unumli foydalanishni kо‘zda tutadi. Bu talab bolalarning rivojlanish darajasining pastligi va ular tomonidan о‘quv materialini о‘zlashtirishning pastligidan kelib chiqadi. Masalan, bolalarning nuqsonlariga kо‘ra dasturdan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari va hatto, nutq о‘stirish bо‘yicha mashg‘ulotlar ancha qisqartirilishi yoki kengaytirilishi mumkin.
Bundan tashqari, yaxshi о‘zlashtirish uchun, fanlar bо‘yicha mavzular ketma-keligi va ularning umumiy sonidagi kutilayotgan о‘zgarishlar oldindan belgilanishi zarur. Ishga kiritilgan nutqiy material ta’limda, maishiy sharoit va о‘quv –tarbiyaviy jarayonda keng qо‘llanilgan bо‘lishi, shuningdek, bolalarning nutqiy rivojlanganlik darajasiga mos kelishi kerak.Turli mavzu materiallarini о‘zlashtirish vaqtini oshirishga yо‘l qо‘yiladi, shu bilan birga о‘z navbatida uni takrorlash va mustahkamlashga sharoit yaratiladi.
5.Bu toifa bolalarga individual korreksion- pedagogik dastur tuzishda fanlararo aloqa albatta, hisobga olinadi.
Ta’lim jarayonida ma’lum bir о‘quv fanining kо‘p qirraliligi boshqa о‘rganiladigan fanlar bilan birligida va о‘zaro aloqadorligi asosida ochiladi. Bunday holatda turli xil metodik usullardan foydalanish imkoniyati tug‘iladi, bitta obyekt turli nuqt’i nazardan kо‘rib chiqiladi. Masalan, kо‘rish va eshitish nuqsonlariga ega bо‘lgan bolalar nutq о‘stirish mashg‘ulotlarida , shuningdek, predmetli- amaliy ta’lim darslari va yakka mashg‘ulotlarda og‘zaki nutq va eshituv idrokini shakllantirish bо‘yicha mashg‘ulotlarda ma’lum lug‘atni egallashlari mumkin. Shubhasiz, fanlararo aloqa ishning tashkiliy shaklini tuzishda о‘quv qо‘llanmalar, о‘quv dasturlari va rejalarida aks etmasdan qolmaydi. Bularning hammasi yana ta’lim uchun yaxshi sharoit yaratish, о‘quv materialini tanlash, ishning tо‘g‘ri tashkil etishning metodik ususllarini tanlashda ham aks etadi.
6.О‘quv materialining mavzu jihatidan о‘zaro bog‘langanligi bolalar tomonidan ta’lim mazmunini yaxshi о‘zlashtirilishiga asos bо‘ladi. Dasturning turli bо‘limlari bо‘yicha ishlarni rejalashtirishda mavzu jihatidan yaqin fanlarni turli kо‘rinishdagi va faoliyat shaklaridagi diqqat obyektiga aylantirish kerak (agar bu zarur bо‘lsa, bu о‘xshashlikni kо‘rgazmali ta’kidlash kerak.).Bitta obyektni atrof- olam bilan tanishtirish, о‘yin, qurish-yasash, applikatsiya tayyorlashda uning xususiyatlari, qо‘llanilishi bilan tanishtirish, bitta sо‘z va iborani kо‘p marta takrorlanishi ularni yaxshi tushunishni ta’minlaydi, nutqni rivojlantirish bо‘yicha ishlarga poydevor bо‘ladi.
7. Rivojlanishida murakkab nuqsonga ega bо‘gan bolalar uchun о‘quv dasturini tuzishdagi chiziqliligi va jamlanganligiga talab shundaki, har bir bо‘limdagi mavzular ma’lum tizimli kema-ketlikda bо‘lib, materialni murakkablashib borish darajasi va uning kо‘lamini bosqichma-bosqich ortib borishini hisobga oladi: bunda kursning keyingi har bir qismi avvalgisini davomi hisoblanadi.
Dasturni qurilishidagi jamlanganlikda о‘tilgan mavzuga qaytish yо‘li bilan material takrorlanadi. Bu uni ancha mustahkam о‘zlashtirilishiga, mavzuga mos lug‘atni kengaytirilishiga va mustahkamlanishiga imkon yaratadi.
Bir vaqtning о‘zida bir qancha birlamchi nuqsonlar aniqlanadigan bolalar uchun, ularning har biri ikkilamchi, uchlamchi asoratlarga ega bо‘lib,dastur materialining о‘zgaruvchanlig tamoylili muhim hisoblanadi. Bо‘limlar mazmunining kо‘rinishini о‘zgartirish, ularni birlashtirish,alohida holatlarda о‘rganish ketma-ketligini о‘zgartirish, ularga korreksiyalovchi elementlar kiritish imkoniyati kо‘zda tutiladi. Rivojlanishida murakkab nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalar uchun atrof- olam haqidagi yetishmaydigan bilimlar va tasavvurlarini tо‘ldirish imkonini beradigan propedevtik ( tayyolov) bо‘limlari zarur. О‘ziga xos rivojlanishga ega alohida toifali bolalar uchun maxsus texnologiyalar , orginal metodikalar kiritish tavsiya etiladi. Masalan, nutqiy rivojlanishi chuqur sustlashagan, intellekti va eshitishi buzilgan bolalar bilan ishlashda, muloqotning chet ellarda va bizning mamlakatimizda keng qо‘llaniladigan piktogrammalar, imo-ishoralar tizimi, kalendar tizim ( rasm- belgilar) kabi noverbal vositalardan foydalaniladi.
Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga pedagogik yordam kо‘rsatish nuqsonning va uni о‘ziga xosligini aniqlanishiga kо‘ra, barcha yosh bosqichlarida kо‘rsatiladi. Amaliyotning kо‘rsatishicha, buzilish har qanday yoshda paydo bо‘lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning fenotipik xususiyatlari, shuningdek, uni о‘qishgacha bо‘lgan vaqtdagi sharoiti ma’lum darajada yosh chegaralarini о‘chirishi mumkin. Masalan, turli yoshdagi bolalar ( 4 va 6 yoshli) rivojlanish darajasiga kо‘ra bir xil , bunda korrksion –pedagogik ishlarni tashkil etish uchun bolaning ehtiyojlarini aniqlash va haqiqiy imkoniyatlarini tushunish muhim ahamiyatga ega.
Har bir yosh bosqichlari – ilk, maktabgacha, maktab, katta yosh bosqichlarini tavsiflay turib,korreksion-dagogik ishningvazifalari va mavjud mezonlarini ajratish mumkin, shuningdek, har bir yosh о‘zida insonni ruhiy rivojlanishini ma’lum sifat darajasini aks ettiradi. Bu davrlarning tavsifidagi muhim о‘rinlardan biri –yetakchi faoliyat hisoblanadi ( L.S. Vigotskiy, A.N.Leontyev, D.B. Elkonin).
Mana shu qarashlarga kо‘ra, ilk yoshda bevosita hissiy muloqat yetakchi hisoblanadi. Bu muloqot asosida rivojlanishida murakkab nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda muloqotga ehtiyoj, taqlid qilish qobiliyati, qator perseptiv faoliyatlar, prdmetli faoliyatlar shakllanadi. Ilk rivojlanish bosqichidanoq, kundalik mashg‘ulotlarni bolalarni yaxshiroq rivojlanishga yо‘naltirishi uchun qanday tashkil etish lozimligi haqidagi savollar qо‘yiladi.
Bolaning rivojlanishi markaziy nerv tizimining rivojlanishiga bog‘liq ravishda bir sifat bosqichidan boshqasiga о‘tadi. Hayotining birinchi yillarida organizmning psixomotor shakllanishi dinamikasi kо‘pgina omillarga , eng avvalo, jismoniy xususiyatlar, umumiy salomatligi va nihoyat, atorf muhitiga bog‘liq. Nuqsonli bolalar uchun bu davrning muhim ahamiyati shundaki, aynan shu davrda nerv tizimi alohida egiluvchanlikka ega bо‘ladi va yana unga maxsus sharoitlarda ta’sir etishga tayyorlaydi.
Hozirgi vaqtda mujassam nuqsonga ega bо‘lgan ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash haqida ma’lumotlar yо‘q. Ammo , ma’lumki, bu yoshda differensial va samarali ta’sir jarayonini tashkil etishda yaxshisi, aniq patologiyaga ega bolalar uchun yaratilgan ishlanmalarga tayanish lozim. Bu yerda BSF bolalar uchun ( YE.F.Arxipova, YE.M.Mastyukova, T.Y.Moiseyev, O.G.Prixodko va boshqalar) ; eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun ( T.V.Pelimskaya, E.G.Pilyugina, N.D.Shmatko va boshqalar) ; markaziy nerv tizimida organik nuqsonga ega bolalar uchun (M.V.Bratkova, YE.A. Sterebelova, N.N.Shkolnikova va boshqalar) ; kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun ( M.E.Vernadskaya, O.V.Paramey, L.I. Filchikova va boshqalar) metodik ishlanmalarni sanab о‘tish kerak.
Ilk yoshdagi individual korreksion dasturdlarni defektolog-о‘qituvchilar bolada aniqlangan nuqsonlarni hisobga olib tuzadi. Dasturda ota – onalarga yо‘naltirilgan turli mashqlar va ularni bajarish bо‘yicha kо‘rsatmalar , topshiriqlar tо‘plandi, aynan shu davrda ota-onalar bolalarining birinchi
“ о‘qituvchisi” bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |