Maktabgacha yosh davrida bolalar yangi ruhiy rivojlanish bosqichiga о‘tishadi. Idrok aniqlashtiriladi, kо‘rgazmali tafakkur, bilish faolligi shakllantiriladi, yetakchi faoliyat predmetli-о‘yin faoliyati bо‘lib, mehnat faoliyati elementlari paydo bо‘ladi.Individual –korreksion dastur bir vaqtning о‘zida turli sohalarni rivojlantirishga tegishli malakalarni shakllanishini kо‘zda tutadi – umumiy va mayda motorika, harakat koordinatsiyalari, nutqiy idrok va uni rivojlanishi, sensor rivojlanish, о‘ynash qobiliyati, о‘z –о‘ziga xizmat, shuningdek, maktab ta’limiga tayyorlash bilan bog‘liq malakalar.
Korreksion dastur uchun dastur bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishining о‘zaro bog‘liqligi, rivojlanishning sustligini hisobga olgan holda mazmun tanlanadi.
Maktab yoshi davri о‘quv faoliyati bilan xarakterlanadi. Uning asosida bolalarda ma’lum ong paydo bо‘ladi, ehtiyoj, malaka, qobiliyat , tafakkur shakllanadi. Bu davrda maxsus korreksion dasturlarda turli о‘quv fanlari tarkibidagibilim, kо‘nikma, va malakalarning mazmuni vakо‘lami, о‘quv yili bо‘yicha о‘rganish ketma-keligi kо‘rsatiladi.
Rivojlanishida mujasam nuqsonga ega bо‘gan bolalarning о‘quv –tarbiyaviy jarayonining asosiy qismi- mehnat ta’limi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi о‘quvchilarda mehnat faoliyatida zarur amliy kо‘nikma va malakalar shakllantiriladi,ular yangi malaka va tasavvurlar bilan boyitiladi, boshqa о‘quv-tarbiyaviy ish turlarida olingan bilimlar mustahkamlanadi va chuqurlashtiriladi. Mehnat ta’limini tо‘g‘ri tashkil etish , bolalarning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir kо‘rsatadi.
Mujassam nuqsonga ega о‘quvchilar uchun mehnat ta’limi deyarli barcha rivojlanish bosqichlarni qamrab oladi. Katta yoshdagi о‘quvchilarning mehnat ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi. Individual korreksion dasturlar mujassam nuqsonga ega bо‘lgan о‘smirlarning rivojlanishidagi yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda turli xil mehnat ( texnakaviy, xizmat, qishloq hujaligi) turlariga о‘qitishni kо‘zda tutadi. Bunday о‘quvchilar uchun mehnat ta’limi va tarbiyasi nuqsonlarni, rivojlanmagan funksiyalarning korreksiyasi , kompensatsiyasi vositasi, ularni hayotga tayyorlashning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Dastur umumiy pedagogik talablarni hisobga olib tuziladi, ammo uning asosi rivojlanishdagi mujassam nuqson xususiyatlarini bolalarning holatini kо‘zda tutish hisoblanadi.
Eshitish va tayanch-harakat apparatlaridagi nuqsonlar qо‘shilib kelgan mujassam nuqsonli bolalarni holati tahlilini kо‘rib chiqamiz, bunda BSF holatidagi ularni о‘qitishdagi individual korreksion dasturni tuzilishi usullarini kо‘rib chiqamiz.
Amaliyotning kо‘rsatishicha, eshitishida nuqsonga ega bо‘lgan BSF bilan aziyat chekayotgan bolalar soni kamaymayapti , balki ortib boryapti. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirga vaqtda bu toifa bolalar uchun korreksion ish shakllari va mazmunini tashkil etish aniq belgilanmagan, ular qanday maxsus ta’lim muassasalarida о‘qishlari haqida bir tо‘xtamga kelinmagan: eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun yoki tayanch –harakat aparatida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun maxsus muassasadami ?
Kо‘pincha, bunday bolalar ta’lim doirasidan chetda qoladi, bu, muammoni yechimimini va yuz beradigan qiyinchiliklarni ahamiyatini yanada oshiradi.
Adabiyotdagi manbalarga va о‘zimizning amaliy ish faoliyatimiz natijalariga tayangan holda, kontinigent tarkibining juda xilma-xilligini ta’kidlaymiz, bu unga nisbatan alohida e’tiborini va ta’limda differensial yondoshuvni talab etadi.
Hozirgi kunda maxsus pedagogikada eshitishida nuqsonga ega bо‘lgan va BSF li bolalar bilan ilk, maktabgacha va maktab yoshida korreksion-pedagogik ishlar olib borishda katta tajriba tо‘plangan. Uning asosida ilmiy bilimlar va maxsus psixologiya va maxsus psixologiyadagi zamonaviy bilim darajasini hisobga olagan chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan izlanishlarga asoslangan amaliy ishlar, shuningdek, bu sohada dunyo miqiyosida erishilgan yutuqlar yotadi. Ammo, eshitishida va tayanch –harakat apparatida nuqsonlari qо‘shilib kelgan bolalarning о‘ziga xos xususiyatlari hozirgi kunda deyarli ochilmagan, shuning uchun ham ular bilan olib boriladigan korreksion ish yо‘llari aniqlanmagan. Shunga kо‘ra, kо‘pincha amaliyotchilar ular bilan ta’limiy va tarbiyaviy ish olib borish mazmuni, metodlari va usullari zaruriyati bilan bog‘liq katta qiyinchiliklarga duch kelishadi. Eshitish nuqsoni va BSF qо‘shilib kelgan mujassam nuqsonli bolalar haqida tо‘liq tasavvurlarga ega bо‘lish, ular bilan korreksion-pedagogik ish yо‘nalishlarini belgilash uchun bu ikki toifa bolalarning rivojlanish xususiyatlarini о‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarni yaxshilab о‘rganish zarur.
BSF li bolalar muammlarini о‘rganish uchun kattagina tadqiqot materiallari mavjud. Tibbiy adabiyotlarda ham BSF dagi klinik hodisalar kо‘rib chiqiladi ( L.O.Badalyan, L.T.Jurba, YE.M.Mastyukova, N.M.Maxmudova, K.A.Semenova va boshqalar). Serebral falajiga bolalardagi psixik kamchiliklarga kо‘pgina tadqiqot ishlari bag‘ishlangan ( L.A.Danilova, E.S.Kalijnyuk, YE.I.Krichenko, YE.M.Mastyukova. I.Y.Levchenko va boshqalar). Bu toifa bolalarni logopedik va pedagogik-psixologik korreksiyasining asosiy yо‘llari va yо‘nalishlari YE.F.Arxipova, L.A.Danilova, M.V.Ippolitova, YE.M.Mastyukova va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.
Rus defektologiyasinig yutug‘i surdopedagogika sohasidagi fundamental tadqiqotlar hisoblanadi. Eshitish nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarning ta’limiga kо‘pchilik mashhur olimlar ishi bag‘ishlangan ( T.A.Vlasova, S.A.Zikov, A.G.Zikeyev, K.G. Korovina, B.D.Korsunskaya, E.I.Leongard, F.F.Rau, YE.G. Rechitskaya, N.F.Slezina va boshqalar). Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning L.V.Neyman (1961)tomonidan ishlab chiqilgan – klinik, R.M.Boskis (1963) tomonidan yaratilgan –psixologik-pedagogik klassifakatsiyalari keng qо‘llaniladi , ular kar va zaif eshituvchi bolalarning ta’limi asosiga qurilgan. S.A Zikov boshchiligida kar bolalar uchun ular faoliyatini chuqur о‘ylab tashkil etilagan nutqni shakllantirish va shaxsni rivojlantirish jarayoni tayanchi asosida ta’lim tizimi tashkil etilgan ( predmetli –amaliy ta’limda). Kar bolalarning og‘zaki nutqini (F.F.Rau, N.F. Selezina, YE.Z.Yaxnina) va eshitiuv idrokini rivojlantirish bо‘yicha ( YE.P.Kuzmicheva, E.I,Leongard, N.D.Shmatko) yetakchi ish yunalishlari ishlab chiqilgan. Sо‘nggi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi, metodik qо‘llanmalar va о‘quv dasturlarini ishlab chiqish va о‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda ( L.A.Tolovchits, A.A.Kateva, L.P.Noskova, N.A.Moreva, T.V. Muravyeva, T.K.Pelimskaya, N.D.Shmatko ). Maxsus muassasalarda о‘quv-tarbiyaviy ishlar darajasining yuqoriga kо‘tarilishi, surdopsixologiya sohasida olib borilgan kо‘p yillik tadqiqotlari natijasidir ( T.A.Vlasova, T.V.Rozanova, I.M.Solovyeva).
Zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta’limiuzoq yillik tarixga ega. Zaif eshituvchilarni о‘rganish va ta’limi muammosi R.M.Boskis, A.G.Zikeyev, K.V.Komarova, K.G.Korovina, M.I.Nikitina, K.I.Tudjanova ishlarida о‘z aksini topgan.zaif eshituvchilarda talaffuzni shakllantirish va eshituv idrokini rivojlantirishga I.G.Bagrova, L.P.Nazarova ishlari bag‘ishlangan. Zaif eshituvchilar fikrlash faoliyatidagi psixik faoliyatlar xususiyatlarini ajratish imkonini beruvchi tadqiqotlar о‘tkazilgan ( I.M.Gilevich, L.I.Tigranova va boshqalar).
Eshitishida nuqsoni va BSF qо‘shilib kelgan bolalarning ta’lim dasturi ularning maxsus ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Bu talab nuqson tuzilishini aniq belgilash uchun bunday bolalarning psixik xususiyatlarini chuqur о‘rganishni birinchi о‘ringa chiqaradi. Bunday bolalarning о‘ziga xos rivojlanishiga misol sifatida, biz tomondan olib borilgan tibbiy -pedagogik- psixologik tekshiruv materiallarini keltirib о‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |