Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet90/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Psixologik-pedagogik holati

Bola muloqotga oson kirishadi. Berilgan topshiriqlarni kо‘rsatish asosida mustaqil bajaradi. Ranglarni ajrata oladi, piramidani , shakllarni tо‘g‘ri taxlay oladi. Eshituv idroki holatini tekshirishga yо‘naltirilgan topshiriqlarni ( ovoz chiqradigan о‘yinchoqlarni farqlash) bajara olmaydi, chunki, tovush signallariga shartli-harakat reaksiyalari shakllanmagan. Qо‘lning changallash faoliyati meyorda. О‘z-о‘ziga xizmat kо‘nikmalari tо‘liq shakllanmagan : о‘zi ovqatlanadi, hojatga sо‘ray olmaydi, mustaqil kiyina olmaydi.Demak, eshitish va harakat sohasidagi nuqsonlari qо‘shilib kelgan mujassam nuksonli bolalar kontinigenti klinik va psixologik-pedagogik jihatdan bir xil emas. Ammo, eshitishi va tayanch-harakat apparatida turli xil nuqsonlar kuzatilishiga qaramay, ularning kо‘pchiligida о‘xshash muammolar kuzatiladi.Biz tomondan olib borilgan tekshirishlar davomida olingan ma’lumotlarga tayangan holda , shunday xulosaga keldik: har ikkala holatda ham nutq rivojlanishini buzilishiga olib keluvchi birlamchi nuqson motor va sensor buzilishlar hisoblanadi.Kursatilgan sabablar, bundan tashqari, bolalarni atrof –olam bilan tanishish imkoniyatini chegaralaydi, sensomotor faoliyatlarning buzilishi esa, bilish faoliyatlarining tо‘liq rivojlanishiga ta’sir etadi.BSF bilan aziyat chekayotgan kar bolalarda harakat buzilishlari holati haqidagi xulosalarning tо‘g‘riligini kо‘rsatishicha, bilish uchun BSF va eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun bag‘ishlangan tadqiqotlarga murojaat qildik. Kо‘pgina olimlarning kuzatishlaricha, BSF da barcha harakat funksiyalarining rivojlanishi buzilgan va sustlashagan: boshini ushlash kо‘nikmalari, о‘tirish, turish, yurish, manipulyativ faoliyatlar kechikib shakllanadi.Aniqlangan turli xil harakat buzilishlari bevosita kasallik bilan bog‘liq kо‘pgina omillarga bog‘liq: muskullar tonusining buzilishi, ixtiyoriy harakatlarning cheklaganligi yoki imkonsizligi, ixtiyorsiz harakatlarning mavjudligi, harakat koordinatsiyalari va muvozanatni buzilganligi, sinkineziyalar, buzilgan tonik reflekslar ( Levchenko I.Y. Prixodko O.G., 2001).

Surdopsixologiya va surdopedagogika sohasidagi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, birinchi navbatda eshituv buzilishlariga bog‘liq ravishda shakllanadigan kо‘nikmalar kar bolalarda alohida xususiyatlarga ega bо‘lib, bu kо‘pincha vestibulyar apparatning buzilishi va unga bog‘liq harakat operatsiyadarini farqlashdagi qiyinchiliklarni qо‘shilib kelishidir. Surdopedagoglar kar bolalarda motorika buzilishlarini kо‘p marta kuzatganlar : yurishdagi о‘ziga ishonchsizlik, harakat koordinatsiyalarining yо‘qligi va ishonchsiz harakatlar, kam harakatlilik (V.I.Fleri, N.A.Rau va boshqalar).

Eshitish va tayanch –harakati apparatining organik jarohatlanishi qо‘shilib kelgan bolalarda bunday buzilishlar sezilarli darajada namoyon bо‘ladi, chunki, eshitishni harakat tizimi jarog‘atlanishi bilan birga kelishi harakat sezgirligini rivojlanishi uchun ancha murakkab sharoit yaratadi. Bolalar uzoq vaqt yurishda, fazoda mо‘ljal olishda qiynalishadi. Ularda turli darajadagi qо‘l harakatlarini imkoniyatlarini buzilishi kuzatiladi: yaqqol namoyon bо‘ladigan buzilishlardan to mayda motor qо‘pollikar va barmoqlarning nozik harakatlarning qovushmaganliligacha. Bularning hammasi aniq differensial harakatlarini talab qiladigan , daktilologiyani egallashga halaqit beradi. Qо‘l motorikalarining qiyinchilik bilan rivojlanishi yozuv shakllanishida ham aks etadi.

Bunday mujassam nuqsonning aasosiy kо‘rinishi nutqiy rivojlanishga nisbatan munosabatda yaqqol namoyon bо‘ladi. Ma’lumki, eshitish nutq paydo bulishida katta о‘rin egallaydi, uning yetishmovchiligi nutqning rivojlanishida albatta aks etadi.

Zamonaviy ta’lim tizimi kar bolalarga maxsus yaratilgan sharoitlarda og‘zaki nutqni egallash imkonini beradi. Ular lug‘at boyligiga ega bо‘ladi va kengaytiradi, nutqning grammatik qurilishini о‘zlashtiradi, kо‘ruv idrokiga tayanib va kattalar nutqiga taqlid qilish orqali tovushlar va sо‘zlarni tо‘g‘ri talaffuz qilishga о‘rganishadi.Bu jarayon nutqiy harakat sezgilari va aniq artikulyatsiyani kо‘rsatish jarayonida mustahkamlanadi.

Eshitish nuqsonlari va BSF qо‘shilib kelgan bolalarda nutqning rivojlanishi alohida qiyinchiliklar bilan kechadi, karlikdagi kabi, nutqni о‘z-о‘zidan tо‘laqonli rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi, BSF li bolalarga xos dizartriya nutq nuqsonlari qо‘shilib keladi. Innervatsiyaning organik yetishmovchiligi bilan bog‘liq artikuyatsion apparatdagi patologik holat artikulyatsion motorikani spontan rivojlanishini chegaralaydi. Kinesteziya nuqsonlari lab, tilning artikulyatsiyasini qiyinlashtiradigan holatlarini aniqlash imkonini bermaydi.Og‘zaki nutq nuqsonlari nafas va ovoz hosil bо‘lishining buzilishiga kо‘ra, yanada kuchayadi. Shu tariqa, eshitish nuqsonlari va harakat buzilishlari nutqni shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi.

Eshitish analizatori bola nutqini rivojlanishidagi birlamchi о‘rinni egallaydi: nutqiy rivojlanish о‘z navbatida, harakat kо‘nikmalari bilan о‘zaro bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Ammo, eshitish faoliyati va bosh miyaning jarohatlanishi oqibatida kelib chiqadigan maxsus harakat buzilishlari bu tizimning barcha ishini qiyinlashtiradi. Artikulyatsion apparatdagi kinestetik praksisning shakllanmaganligi dinamik praksisning takomillashida qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Eshitishida va tayanch-harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda muloqat vostiasini egallash mexanizmlarining bazaviy asosi eshitish va motorikaning analizatorlararo о‘zaro aloqasiga quriluvchi harakatlarga bog‘liq. Ulardagi nutqiy rivojlanish haddan tashqari cheklangan va axborot vositalarining yetishmasligi, amaliy faoliyatning kechikib shakllanishiga kо‘ra, ular muloqatini tashkil etishdagi qiyinchiliklar birlashtiriladi.



Eshitishida va tayanch-harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda psixik rivojlanish tashqi olam va u bilan о‘zaro aloqasini idrok etish sharoitida amalga oshadi. Axborot kanallarining yetishmovchiligi bolalardagi rivojlanishi mumkin bо‘lgan shakllarning barchasini sustlashtiruvchi, tо‘htatuvchi omillar bо‘lib xizmat qiladi.



Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish