Нигинахон шермухамедова


Ijtimoiy beqarorlik sharoitida ijod va taraqqiyot



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ijtimoiy beqarorlik sharoitida ijod va taraqqiyot.
Barqarorlik va 
beqarorlik tizim sifatidagi dunyo inqirozga yuz tutishiga imkon bermaydigan 
kategoriyalar juftligidir
. Tizimning ayrim bo‗g‗inlari inqiroz holatida, ya‘ni 
mazkur tizim uchun o‗rinli sanalgan barqaror holatda bo‗lishi mumkin. Ammo 
ichki yoki tashqi beqarorlik oxir-oqibat uni mazkur holatdan chiqaradi va 
o‗zgarishlarning yangi davrasiga tashlaydi. Bunday tizimlarning ayrim 
ko‗rinishlari ijod va taraqqiyot hisoblanadi. Ularda barqarorlik turg‗unlikka, 
beqarorlik esa – rivojlanishning avvalgi siklini buzish va rad etishga aylanadi.
Ijod qilish huquqini inson Uyg‗onish davrida olgan. Ijod ijodkorning 
shaxsiyati bilan bog‗liq bo‗lgan individual jarayonga aylangan. Ijod va taraqqiyot 
o‗zaro bog‗langan, lekin bir-birining o‗rnini bosmaydigan jarayonlardir. 
Taraqqiyot yangi ijobiy qadriyatlar jamg‗arilishi natijasida jamiyatning o‗zgarishi 
mahsuli hisoblanadi. Ayni shu sababli ijod va taraqqiyot nisbati o‗zgaruvchanlik 
va barqarorlik, yangilik va ijtimoiy barqarorlik dialektikasidir. 
Ijodiy faoliyat 
ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan yangilik omilini o„z ichiga oladi. 
Bu omil 
madaniyatda o‗ziga o‗rin topishi, unda ildiz otishi lozim. Jamg‗arilgan madaniyat 
taraqqiyotda asos, barqarorlik, ahamiyatga moliklik funksiyasini bajaradi. 
Madaniyatning barqarorligi unga uzilishlar, zamonlar o‗rtasidagi aloqalarning 
yo‗qolishi, axloqiy va umumiy madaniy mo‗ljallarning butunlay o‗zgarishi xos 
ekanligini ko‗zdan yashira olmaydi. Bularning barchasi bu evolyusion sohada ham 
vaqti-vaqti bilan yuz beruvchi beqarorlikning klassik ko‗rsatkichi hisoblanadi.
Madaniyat tarixida davrlarning o‗zgarishi va ularning o‗rnini madaniyatning 
yangi tiplari egallashi ayni shu omillar bilan belgilanadi. Hozirgi zamon 
madaniyati 
o‗tgan 
zamonlar 
madaniyatlarning 
unsurlarini 
o‗zida 
mujassamlashtirgani ularning barchasi bizning davrimizgacha barqaror holatda 
saqlanib qolganini anglatmaydi. Amerikaning Kolumbga qadar bo‗lgan 
sivilizatsiyasi yo‗qolgan madaniyatga klassik misol bo‗lishi mumkin. Madaniyatlar 
yo‗qolishi yashirin jarayoni esa – bu Uyg‗onish davri va YAngi davr madaniyatida 
ellinizm unsurlarining mavjudligidir. Hozirgi zamon teatri – bu Suqrot tomosha 
qilgan teatr emas. SHakl yangi mazmunni uzatish uchun saqlanib qoladi. 
Mazmunining to‗qson foizi XX asr mahsuli sanalgan fan kabi, madaniyatning juda 
oz qismigina mavjud sivilizatsiyalar tomonidan saqlab qolinadi, madaniy ob‘ekt 
uzoqlashishiga qarab bu mavjudlik asta-sekin qisqarib boradi. Nazariy jihatdan 
olib qaraganda, ellinistik madaniyatdan faqat qomusda unga bag‗ishlangan maqola 
qoluvchi natija yuz berishi ham mumkin. Masalan, qadimgi Misr mifologiyasi 
davri Evropa uchun yo‗qlikka yuz tutgan edi. Barqarorlikning beqarorlik bilan 
almashuvi va buning teskarisi bu sohada ham jarayon xususiyatiga qarab ayrim 
tuzatishlar bilangina yuz beradi.


416 
Ijod va taraqqiyot o„zaro nisbatining navbatdagi bosqichi – bu individuallik 
va jamoalikning nisbati, ya‟ni ijod individual, taraqqiyot esa – jamoalik
jarayondir.
Bu ko‗p sonli misollar bilan, shu jumladan hozirgi ma‘nodagi 
individual ijod mavjud bo‗lmagan ibtidoiy jamoa davrida taraqqiyot jarayoni o‗ta 
sust kechgani bilan tasdiqlanadi. Ammo moddiy madaniyat sohasida ijodning 
rivojlanish va takomillashish jarayoniga nazar tashlasak, toshdan yasalgan mehnat 
qurollaridan XXI asr kompyuterigacha bo‗lgan taraqqiyotni harakatlantiruvchi 
kuch sifatida amal qilgan barqarorlik-beqarorlik dialektikasiga duch kelishimiz 
mumkin.
Ammo sirtdan taraqqiyot unsurlariga ega bo‗lib ko‗ringan har qanday ijtimoiy 
harakat ham tarixiy beqarorlikka namuna sifatida qaralishi mumkin emas. Bunday 
dalillar qatoriga o‗tmishda ham, hozirgi davrda ham mavjud bo‗lgan, tarafdorlari 
o‗z faoliyatini yangilikning eskilikka qarshi kurashi sifatida ko‗rsatishga harakat 
qiladigan turli-tuman ekstremistik harakatlarni kiritish mumkin. Yig‗ilib qolgan 
muammolarning birortasini ham ziddiyatlar va ekstremizm yo‗lida hal qilish 
mumkin emas. Bu bunyodkorlik yo‗li emas, balki o‗z-o‗zidan buzilish yo‗lidir. Bu 
yo‗l barqarorlikka emas, balki xaosga eltadi. Ishonchsizlik va janjallar o‗tini 
yoqish, odamlarning tuyg‗ulari va emotsiyalarida, mavjud qiyinchiliklar va hali o‗z 
echimini topmagan muammolarda o‗yin qilish orqali kutilgan barqarorlikka 
erishish mumkin emas. Noto‗g‗ri harakatlar bilan mamlakat o‗ta beqarorlik manbai 
sanalgan ijtimoiy konflikt o‗chog‗iga kirishiga turtki berish mumkin.
Javob bitta bo‗lsa, faqat oq-qora tasvir shakllanadi. Bu uning 
yashovchanligi, ba‘zi hollarda esa muvaffaqiyati omili hisoblanadi. Ammo, ijod – 
bu mavjud bilim chegarasidan chetga chiqish va yangilikni kashf etish, deydigan 
bo‗lsak, biz eski bilimning, mavjud tizimlar, nazariyalar va tasavvurlarning 
ahamiyatini kamsitgan bo‗lamiz. Mavjud bilim – bu predmet haqida to‗plangan 
bilimlarning, shuningdek mazkur predmetni o‗rganish metodlarining to‗plamidir. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish