Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Har qanday ijodiy faoliyat har doim mavjud bilim bilan ma‟lum darajada 
belgilanadi
. Har qanday yangilik hamisha ilgari olingan bilim bilan bog‗liq 
bo‗ladi, unga asoslanadi. Binobarin, haqiqiy bilim dialektik xususiyat kasb etadi, 
o‗zgaruvchan va sintetik bo‗ladi, eski bilimni ham, mavjud bilimni ham, shakl-
shamoyillari hozirgi paytda intuitiv darajada yuzaga kelayotgan bo‗lg‗usi bilimni 
ham o‗z ichiga oladi.
Eski va yangi bilim dialektikasida beqarorlikning barqarorlik bilan kurashi 
tendensiyasi namoyon bo‗ladi. Bu kurash ijodga erishilgan natijalar bilan 
kifoyalanish imkoniyatini bermaydigan bilimning yangi davralariga olib keladi. 
Barqarorlik mutlaq haqiqat tajassumi sifatida maydonga chiqadi, lekin bilish 
jarayoni shuning o‗zida to‗xtab qolmaydi. Beqarorlik turli-tuman, ba‘zan 
g‗ayrioddiy shakllarda, masalan «bid‘at» ko‗rinishida, avval tizimning 
tugallanganiga shubha uyg‗otadi, so‗ngra tafakkur bunday jo‗n narsalarni qanday 
qilib mutlaqlashtirishi mumkinligiga taajjub paydo qiladi. Bunga o‗tgan asrlarning 
darsliklari, kodekslari, formulalari va hokazolar misol bo‗lishi mumkin. Hozirgi 
zamon fani so‗nggi asrda olingan bilimlarga asosan ishonadi va ulardan 
foydalanadi. Bu qonuniyatlarga barcha zamonlarda ham ma‘lum darajada rioya 
etilsa kerak.


417 
Ammo bu umuman bilimlarga tegishli. Ijtimoiy bilimga tatbiqan bunday 
vorisiylik va oldindan belgilanganlik jiddiy tuzatishlarga muhtoj. Boz ustiga, 
ijtimoiy fanlarda tarixiy tajriba jamlanganiga qaramay, ulardagi andozalar, 
«dogmalar» o‗zgargan sharoitlarda salbiy va hatto reaksion rol o‗ynashi mumkin. 
Bunga turli aqidalar misol bo‗ladi. Ming yillik diniy aqidalar bilan ko‗z 
o‗ngimizda yuz berayotgan metamorfoza ular umumiy ahamiyatga molik tajribani 
saqlab qolish va avlodlarga uzatishning nisbatan barqaror usulidan boshqa narsa 
emasligini namoyish etadi. An‘anaviy dinlarda mazhablarning rivojlanishi 
muvoziy jarayoni bu aqidalarga hujum yaqinda boshlanmaganini tasdiqlaydi. 
YAngi ming yillik boshida umumbashariy rivojlanishning asosiy muammolarini 
echishda aql-zakovatning ustuvorligini ta‘kidlash, o‗rinli bo‗ladi. Bugungi kunda 
jahonning turli mamlakatlarida odamlar duch kelayotgan muammolarning deyarli 
barchasini tinch, oqilona yo‗llar bilan, demak, aql-zakovat vositasida echish 
mumkin.
Aqidalar ham, «bid‟atlar» ham ijtimoiy voqelikning barqarorlikdan 
beqarorlikka va beqarorlikdan barqarorlikka o„tishlar orqali amalga oshuvchi 
yaxlit bir butun xossasini aks ettiradi.
Binobarin, sinfiy tabiatga ega bo‗lmagan 
«ijobiy fanlar»dan farqli o‗laroq, ijtimoiy fanlarda andozalar chegarasidan chetga 
chiqish hamisha eski jamiyatda tub o‗zgarishlar, ya‘ni yangi barqarorlikni o‗rnatish 
maqsadida, barqarorlikni beqarorlik yordamida buzishga urinish bilan birga yuz 
beradi.
SHaxsning ijodiy qobiliyatlarini faollashtirishning eng muhim imkoniyatlari 
inson omili bilan bog‗liq. Bu qobiliyatlar turg‗unlikka o‗tuvchi ijtimoiy barqarorlik 
sharoitida lozim darajada ro‗yobga chiqarilmaydi. Masalan, o‗z tabiatiga ko‗ra 
asosan ijodiy faoliyat hisoblanadigan fanda turg‗unlik holati tadqiqotchilar 
davrasida shunday bir vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‗ladiki, u samarali mehnat 
qilishga ham, fan sifat jihatidan yangi holatga erishishiga qaratilgan harakatlarning 
faollashuviga ham imkoniyat yaratmaydi.
Haqiqiy falsafiy bilimga kelsak, hozirgi davrdagina fan Koinotdagi hayot 
oqsilli jismlarning mavjudlik usulidir, degan qat‘iy bir to‗xtamga keldi. Buni 
bizning dogmalar va stereotiplarni shoshma-shosharlik bilan qabul qilish ham, 
ularni rad etish ham yaramaydi, degan tezis tasdiqlaydi. Hayotning oqsilli tabiati 
beqarorlik va xaos ummonida hozirgi dunyoning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan 
o‗ziga xos «barqarorlik oroli»ga aylandi. Albatta, barqarorlik ham, beqarorlik ham 
nisbiy xususiyatga ega. Ayni paytda barqarorlik-beqarorlik kategoriyalari 
juftligining o‗zi real dunyoning mavjudligini aks ettiradi. 
Iste‘dodlar, nodir aql egalarining bellashuvi dogmatizmga ham, 
relyativizmga ham mukkasidan berilishga yo‗l qo‗ymaslik vositasidir. Asosli 
tavakkalchilik ko‗p jihatdan izlanish yo‗li va uslubi to‗g‗ri tanlangani tufayli jiddiy 
ilmiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Sog‗lom raqobatning taqchilligi 
boqibeg‗amlik va befarqlik kayfiyatini uyg‗otadi, mas‘uliyat hissining susayishiga 
va ijodiy jarayonda barqarorlikning me‘yori haqida to‗g‗ri tasavvurning 
yo‗qolishiga olib keladi.
Xulosa.
Inson, ayniqsa ijodkor odam o‗z ishining ustasi bo‗lishi lozim: 
uning ishonchliligi bilimdonlik va omilkorlik bilan uyg‗un bo‗lgan kasbiy mahorat 


418 
darajasi bilan belgilanadi. Odamlar tajribasi turlicha bo‗lishi mumkin, lekin har 
qanday holda ham inson sifatli ishlari, tavakkalchilikning maqbul darajasini o‗z 
tajribasi va bilimlariga muvofiq to‗g‗ri aniqlashi lozim. Falsafaning vazifasi 
zaruriy professionalizm darajasini pirovard natijada insonning o‗z-o‗zi va o‗zini 
qurshagan muhit bilan uyg‗unligiga erishishga qaratilgan metodologik tamoyillar 
nuqtai nazaridan aniqlashdir. Bunda professionalizm deganda mehnatga doir 
ko‗nikmalargina emas, balki beqaror-barqaror dunyoda to‗g‗ri mo‗ljal olish 
qobiliyati ham tushuniladi. Bu insonga dunyoda o‗z erkinligini ro‗yobga chiqarish 
imkoniyatini beradi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish