Нигинахон шермухамедова


Barqarorlik va beqarorlik ijtimoiy madaniy jarayonlar omillari



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Barqarorlik va beqarorlik ijtimoiy madaniy jarayonlar omillari
. Hozirgi 
zamon madaniyati dunyo haqidagi tasavvur bilan bir qatorda dunyo va undagi 
insonning yangi qiyofasini ham shakllantiradi. Ushbu beqaror asos vaqt o‗tishi 
bilan barqaror tarixiy jarayonga aylanadi. Ayrim ma‘naviy qadriyatlarni 
daxlsizlikda saqlashga intilish madaniyatga xos xususiyatdir. Bu bilan jamuljam 
holda yagona ijtimoiy-madaniy jarayonni tashkil etuvchi tarixiy voqealar, shu 
jumladan madaniyat unsurlarining betakrorligiga urg‗u beriladi.
An‘anaviy madaniyat rang-baranglikka qarshilik ko‗rsatadi, ijtimoiy-
iqtisodiy va texnik-texnologik novatsiyalar kirib kelishiga to‗sqinlik qiladi. Uning 
bu boradagi harakatlari pirovardida ijtimoiy-madaniy turg‗unlikka olib keladi. 
Bunda elitar madaniyat uning ko‗rsatkichi sifatida amal qiladi. Elitarlik hamisha 
o‗tmish bilan bog‗liq, shakllanayotgan madaniyat esa ommaviy, demokratik 
hisoblanadi. Bu omillarsiz madaniyat tarixda amalga oshirilmagan madaniyat 
bo‗lib qoladi.
«Madaniyatlar muloqot» ham barqaror jarayon emas, lekin u oxir-oqibat 
jahon madaniyatining yagona madaniy sintezi sifatida barqaror rivojlanishga olib 
keladi. Dunyo falsafa bilan bir qatorda madaniyat orqali ham tushunila va 
tushuntirila boshlaydi. Binobarin, individ dunyoning falsafiy manzarasidagina 
emas, balki ijtimoiy-madaniy manzarasida ham yashashi mumkin. 
Novatorlik 
(beqarorlik) va an‟ana (barqarorlik) ijtimoiy-madaniy jarayonning ikki tomoni 
sifatida madaniyat taqliliga nisbatan ikki xil yondashuvni vujudga keltiradi.
An‘analar ma‘naviy madaniyatning barcha shakllari (diniy, axloqiy, ilmiy va 
h.k.)da vaqt tanlab olgan va saqlab qo‗ygan, jamiyatning yaxlitligi va 
barqarorligini ta‘minlovchi axborot sifatida mavjud bo‗ladi.
Madaniyatga barqaror va beqaror elementlar va tuzilmalarning ichki 
kurashi xosdir. Barqaror elementlar va tuzilmalarga asosiy muammolarni 
echishga yordam beruvchi belgili vositalar, chunonchi: madaniy ong 
psixologiyasi, dunyoning ijtimoiy-madaniy manzarasi, madaniyat kategoriyalari va 
hokazolar kiradi. 
Beqaror elementlar va tuzilmalarga yangi ijtimoiy munosabatlar, 
odamlarni madaniyat bilan oshno etishning yangi ijtimoiy-madaniy usullari, yangi 
vaziyatlar, vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan, yangi belgilarni ixtiro qilish yo‗li 
bilan echiladigan muammolar kiradi. Bunda an‘anaviy usul qayta anglab etiladi va 
beqarorlikdan jamiyatdagi munosabatlarning barqarorlashuviga olib keladi.
Kant ijtimoiy mexanizmni tahlil qilar ekan, unda tartibga yoki tartibsizlikka 
olib keluvchi barqarorlik va beqarorlik manbalarini topadi. Masalan, ijtimoiy-
madaniy jarayonlarning qonunga muvofiqlashuviga turtki beruvchi antagonizmni u 
tartib manbai deb hisoblaydi
1

1
Кант И. Соч.: В 6 т. Т. 6. – М., 1966. – 5-б. 


412 
Boshqa tomondan, jamiyat rivojlanadi, o‗zgaradi, ya‘ni ijod va 
novatsiyalarsiz mavjud bo‗la olmaydi. Ular vaqt sinovidan o‗tib umuminsoniy 
ahamiyat kasb etadi va umuminsoniy qadriyatlar sifatida barqarorlashadi. Ulardan 
og‗ish beqarorlik holatini vujudga keltiradi. qadriyatlar yuzaga kelgan 
muammolarni aks ettirgach, o‗z-o‗zidan an‘anaga aylanadi (masalan, san‘atdagi 
yangi janrlar va uslublar, madaniyatning avloddan avlodga o‗tib keluvchi 
ma‘naviy-axloqiy va boshqa natijalari kabi). Bu jarayon zamirida madaniyat 
rivojlanishining ichki manbai sanalgan barqaror va beqaror elementlarning o‗zaro 
aloqasi yotadi. YAgona madaniy makonda birikmagan bu elementlar narsalar va 
hodisalarning tartibsiz uyumiga aylanadi. Ular o‗zlarida ifodalangan axborotga 
nazariy ishlov berilishi va anglab etilishi natijasida madaniy hodisaga aylanadi.
YAngi madaniy qadriyatlar paydo bo‗lishi jamiyatning rivojlanish jarayonini 
yanada jadallashtiradi. Bu qadriyatlar ijodiy faoliyatni rag‗batlantiruvchi 
qo‗shimcha omilga aylanadi. Madaniyat ochiq xususiyat kasb etadi, muhitdagi 
o‗zgarishlarni tez o‗zlashtiradi. Oxir-oqibat madaniyat ijtimoiy-madaniy 
jarayondagina emas, balki umumiy tarixiy jarayonda ham harakatlantiruvchi kuch 
vazifasini bajara boshlaydi. Unda ijod omili oddiy narsalarni ham san‘at asarlariga 
aylantiradi.
Pirovardida mehnat va boylik taqsimoti bilan ikkiga ajralgan jamiyat 
qo‗shma faoliyat mahsuli sanalgan birdan-bir barqaror aloqa – madaniyatga 
tayanadi. Natijada boy va kambag‗al madaniyatning ularni birlashtiruvchi va 
yagona ijtimoiy-madaniy makon yaratuvchi hamma uchun ochiq sohasida 
hamkorlik qiladilar. Odamlarni umumiy madaniyat, ya‘ni tarixiy xotira sifatidagi 
ijtimoiy axborot birlashtirsa, millat, din, ishlab chiqarish va raqobat ularni bir-
biridan ajratadi. Bu beqarorlik oqimida madaniyat barqarorlashtiruvchi omil 
sifatida maydonga chiqadi. Ayni paytda, u jamiyatni ijtimoiy-madaniy 
rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiquvchi yangi ijtimoiy ehtiyojlar va 
munosabatlarga amalga oshish imkoniyatini beradigan darajada barqaror emas.
Dunyoning beqarorligiga o‗z davrida Platon ham e‘tiborni qaratgan edi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish