Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

boshqa holatga tinimsiz o„tish tarzida amal qiladi, ijtimoiy jarayonlarda esa 
ijtimoiy manfaatlar o„yini shakl-shamoyilini kasb etadi.
Dunyoning falsafiy manzarasida barqarorlik materiyaning mavjudligi bilan, 
beqarorlik esa – materiya holatining o„zgarishi bilan bog„liq.
Bu falsafiy tezis 
barqarorlik va beqarorlikning mazmunini emas, balki asosinigina tushunish 
imkoniyatini beradi. Bizning nazarimizda, ushbu kategoriyalar dialektika qonunlari 
va kategoriyalari bilan belgilanadi, lekin eskicha tasavvurlardan farqli o‗laroq, 
ularga to‗liq bog‗lanmaydi. Barqarorlik va beqarorlik mustaqil kategoriyalar 
hisoblanadi, zaruriyat va tasodif dialektikasi haqidagi yangicha tasavvurni 
ifodalaydi. 
Tasodif hukm suruvchi dunyoda zaruriyat ham tasodifiy bo„lur edi.
Vazifa eng avvalo tasodifning yangi funksiyasini sinergetika nazariyasi 
mualliflari tomonidan ilgari surilgan fluktuatsiya gipotezasi nuqtai nazaridan 
asoslash yo„lini topishdan iborat. Bu beqarorlikni uning real asosi – tasodif bilan 
bog„lashga yordam beradi.
Dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalari hamda tabiatshunoslikning 
fundamental qonunlari tizimlarida barqarorlik va beqarorlik kategoriyalarining 
nisbiy mustaqilligi nimada namoyon bo‗ladi? Bizning nazarimizda, tasodif 
zaruriyat funksiyasi sifatida emas, balki materiyaning atributlari, birinchi navbatda 
harakatga xos bo‗lgan xossa sifatida tushunishi lozim. Tasodif va zaruriyat 
kategoriyalarini rivojlanish (o‗zgarish) nuqtai nazaridan, shuningdek tabiat va 
jamiyatdagi ko‗lamli va muvaqqat jarayonlarga bog‗lab o‗rganish bizningcha 
o‗rinli bo‗ladi, zero an‘anaviy nuqtai nazardan dialektika tamoyillari universal 
xususiyat kasb etadi. To‗g‗ri, bunda ular moddiy dunyoning yuqorida zikr etilgan 
sohalarida qanday namoyon bo‗lishlari aniq emas. An‘anaviy falsafa makon, vaqt, 
axborot va tafakkur sohalarida bu kategoriyalarning namoyon bo‗lishi haqida 
mulohaza yuritmagan, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan esa yuzaki taassurotlar bilan 
kifoyalangan. 


409 
Binobarin, mazkur sohalarga tatbiqan tasodif va zaruriyat haqida emas, balki 
barqarorlik va beqarorlik haqida gapirish o‗rinli bo‗ladi, chunki ularni hozirgi 
zamon fani nuqtai nazaridan tushuntirish mumkin. Masalan, tasodifiy vaqt haqida 
gapirish mumkin emas, lekin beqaror vaqt haqida gapirish mumkin va u 
konkretlashtiruvchi falsafiy kategoriya hisoblanadi.
Vaqt – bu mavjudlikning har bir predmetga ajratilgan qismlaridir, 
binobarin, u predmetlar kabi ob‟ektiv va real hisoblanadi.
Jannat idealdir, lekin u 
erda vaqt hech kimga o‗lchab berilmagan, boz ustiga vaqt o‗tmaydi va 
o‗zgarmaydi. Bu erda o‗lim yo‗qligini shu bilan izohlash mumkin. Bu erda vaqt 
qotib qolgan. Tasodifiy yoki zaruriy vaqt haqida gapirish mumkin emas, chunki u 
ob‘ektivdir, lekin barqaror yoki beqaror vaqt haqida gapirish mumkin. Masalan, 
halokatlar yoki favqulodda vaziyatlar jarayonida. 
Vaqtning ko„p darajaliligi va uni orqaga qaytarish mumkinligi haqidagi fizik 
gipotezalar falsafada va tabiatshunoslikda vaqtning ko„p darajaliligini man 
etuvchi qonunlar yo„qligini ko„rsatadi. Bizning nazarimizda, vaqt – bu moddiy 
voqealarning qayd etilishi va ularning axborotda mustahkamlanishidir.
Vaqtni real va ideal dunyoda yuz berayotgan jarayonlarning axborotda qayd 
etilishi sifatida tavsiflash mumkin. Bu o‗tmishni ham (qayd etish), kelajakni ham 
(gipoteza) yaxshi tushuntiradi va hozirgi paytni amalga oshirilgan qayd etish 
sifatida ajratish imkoniyatini beradi. YOzilgan va yozilayotgan axborot sifatidagi 
vaqt yuz berayotgan jarayonlarni moddiy jismlarda qayd etishdan boshqa narsa 
emas.
Materiyaning 
asosiy 
atributlari, 
shu 
jumladan 
vaqt 
falsafa 
va 
tabiatshunoslikda hali lozim darajada anglab etilgani yo‗q, binobarin, falsafa va 
tabiatshunoslikning asosiy qonunlariga zid bo‗lmagan har qanday ma‘noda talqin 
qilinishi mumkin. Masalan, «ruhni ruh, jismni jism tushunadi», «o‗zgarishgina 
o‗zgarmas, o‗limgina daxlsizdir», «axborotsiz dunyo o‗lik» va h.k. Ammo bular 
izchil ilmiy mulohazalar bo‗lmaydi, chunki barqaror-beqaror dunyo qonunlari 
hisobga olinmaydi, jarayonlar faqat bir darajada, ularning bir holatdan boshqa 
holatga ko‗p sonli o‗tishlarini hisobga olmasdan kuzatiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish