Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IJTIMOIY MADANIY JARAYONLARDA BARQARORLIK VA 
BEQARORLIK DIALEKTIKASI 
 
Ijtimoiy-madaniy jarayon kontekstida barqarorlik va beqarorlik 
muammosi tahlilining zamirida atrof muhitni asosan deduksiya qoidalari 
yordamida aks ettirish, bilish va tahlil qilishning dialektik metodologiyasi 
yotadi.
Bunda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: 
– ijtimoiy-madaniy dunyoning barqaror va beqaror jarayonlarini o‗rganish 
metodologiyasini taklif qilish; 
– «barqarorlik» va «beqarorlik» ilmiy kategoriyalarining vujudga kelishi va 
rivojlanishi ijtimoiy jarayonda qanday aks etganini ko‗rsatish; 
– ijtimoiy-madaniy jarayonni barqarorlik va beqarorlik kategoriyalari dialektikasi 
bilan bog‗lash; 


404 
– ijtimoiy-madaniy jarayonlarni tartibga solish va ularning tartibsizligini anglab 
etish nazariy tamoyillarini ko‗rsatish; 
– dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‗lmagan ijtimoiy-madaniy modelni yaratish. 
Metodologiya har qanday ijtimoiy faoliyatning usuli hisoblanadi
. Unda 
faoliyat maqsadlari, ob‘ektlari va natijalari, shuningdek ularga erishish yo‗llari 
belgilanadi. Metodologiya u yoki bu faoliyat sohasidagi muayyan usullar va 
amallar tizimlari hamda tizim haqidagi ta‘limotni, ya‘ni metod nazariyasini o‗z 
ichiga oladi. Gegel: «qarorlar qabul qilishning asosiy sharti mutlaq 
nomuayyanlikdir»
1
, deb ta‘kidlagan edi. 
Metodologiyani belgilash hamisha voqelikni falsafiy-ilmiy bilishning bosh 
omili hisoblangan. Hozirgi vaqtda metodologiya muammolari tafakkurning 
dialektika, fan falsafasi, fenomenologiya , sinergetika kabi yo‗nalishlari doirasida 
muhokama qilinadi. Metodologiya biluvchi sub‘ektga aniq vazifalarni echish va 
muayyan natijalarga erishishga yo‗l ko‗rsatuvchi harakatlar bilan bog‗liqdir.
Metodologiya haqiqatlarni yaratmaydi, lekin ularning tagiga etishga 
ko‗maklashadi, maqsadlarga qisqa yo‗l bilan, kamroq mablag‗ va kuch-g‗ayrat 
sarflash imkoniyatini beradiki, bu hozirgi oqilona, lekin beqaror dunyo uchun juda 
muhimdir. Ammo kezi kelganda yana shuni ham qayd etish lozimki
metodologiyaning asosiy funksiyasi bilish, nazariy va ilmiy faoliyatni tartibga 
solish hisoblanadi.
Metodologiyani qo‗llash ijtimoiy tahlil ob‘ektini ajratishga, tushunchalar 
ustida mantiqiy amallarni bajarish yo‗li bilan ob‘ektning mohiyati, asosiy belgilari 
va rivojlanish omillarini hamda ijtimoiy-madaniy faoliyatda unga inson tomonidan 
ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.
Metodologiyalarning barchasi mavjudlik huquqiga ega, lekin ularning 
natijasi amalda o‗z tasdig‗ini topishi lozim. Aks holda ijtimoiy-madaniy 
jarayonning murakkabligi va uni bilish vositalarining norasoligidan ayrim 
nazariyachilar madaniyatning noijtimoiyligi, uning fenomenlar bilan bog‗liqligi 
haqida xulosa chiqarishlari sababini tushuntirish qiyin bo‗ladi. Bunda narigi dunyo 
insonning normal ongi darajasi ostida yoki ustida yotadi, deb faraz qilinadi.
Boshqa bir nuqtai nazarga ko‗ra, ijtimoiy-madaniy jarayon inson tarixiy 
faoliyatining o‗zgacha borlig‗i sifatida tushuniladi, ya‘ni insonning ayrim 
harakatlari negizida tarixiy qonuniyat tushunchasini yaratish metodi sifatida 
maydonga chiqadi. Mazkur yondashuvda ijtimoiy materiya (ya‘ni insonning 
ijtimoiy faoliyati) ijtimoiy ongda ilmiy tafakkur qoidalariga binoan, ya‘ni tahlil, 
sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar vositasida aks etadi va qayta ishlanadi. 
Bunda madaniyat sinkretik, ya‘ni bir-biriga o‗tuvchi, bir-birini boyituvchi 
xususiyat kasb etadi, ijtimoiy-madaniy jarayon esa konkret tarixiy jarayonning 
abstrakt-mantiqiy analogi hisoblanadi.
Bu holda madaniyat tarixi, xalqlar o‗rtasidagi aloqalar, shaxs, jamiyat va 
uning institutlarini madaniy-ma‘naviy takomillashtirish haqida gapirish mumkin. 
Madaniy-tarixiy jarayonga dialektika kategoriyalarining umumiy tamoyillarini, shu 
jumladan tarixiy va madaniy faoliyatning barqarorligi va beqarorligi tamoyillarini 
tatbiq etish mumkin. Boshqa metodikalarda, masalan, ob‘ektiv-idealistik 
1
Гегель. Энциклопедия философских наук. В 2-х т. Т. 1. – М., 1974. – 217–218-б. 


405 
metodikada o‗zgacha yondashuvlar va tamoyillar mavjud, mantiqiy va tarixiy 
metodlar o‗rniga formal-mavhum metod qo‗llaniladi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish