Company name
Psixologiya tarixi-bu avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonga xos bo’lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to’planib boorish tarixidir.Insonning o’z-o’zi haqidagi bilimlarni to’plab hamda chuqurlashtirib borishidir.Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo’nalishlar bo’lishiga qaramasdan,bu fanning predmati,ya’ni hayvon va insonlarga xos bo’lgan psixika,psixik hayot birdaylicha qolaveradi.Tarixiy jihatdan psixologiyaning o’rganish predmeti emas,balki shu predmetni tushunish,psixik hayot mohiyatini tushunish o’zgarib keldi.
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.
1.
Yuqori pog’ona menejerlari.
2.
O’rta pog’ona menejerlari.
3.
Quyi pog’ona menejerlari.
Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi.
Yuqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
Korxona, tashkilot, xo’jalik yoki muassasa, hokimlik va uning bo’limlariga fidoyi, ishchan, tajribali, talabchan, ayni paytda kishilarga ўamxo’r, zamon talablarini chuqur his eta oladigan, ko’ngli pok rahbarga odamlarning ishonchi barqaror bo’ladi, aks holda... Rahbarlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish hozirgi kunda eng dolzarb masala. Aytish mumkinki, masalalarning masalasi. Chunki biz ancha murakkab va tashvishli davrda, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tish davrida yashamoqdamiz. Zеro, xalqning notinchligi, ular o’rtasidagi nizolar, vayronagarchiliklar va davlatlar o’rtasida urushlar kеlib chiqishi, bеgunoh kishilarning qoni to’kilishi, xalqning ahvoli nochor bo’lib qolishiga, tarixda ko’p hollarda sotqin, vijdonsiz rahbarlar, millatchi guruhbozlar sababchi bo’lganligini insoniyat hеch qachon unutmasligi kеrak. Xullas, insoniyat sivilizatsiyasining hamma davrlarida malakali rahbarlar va mutaxassislar barcha muammolarni hal qilishda muhim o’rin tutadi va shunday bo’lib qolavеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |