1. Butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi javobda berilgan?
A) keksa, qahramon, usta, chol, kampir
B) vafodor, kasal, mard, yaxshi
C) ishchi, sartarosh, farg`onalik, abadiy
D) qiziqchi, sportchi, za’faron, kamtar
E) to`g`ri javob berilmagan
2. Jumladagi sifatning ma’no turini toping.
Aytarli tuzuk-quruq gap yo`q.
A) holat bildiruvchi B) hajm-o`lchov bildiruvchi
C) shakl-ko`rinish bildiruvchi D) xarakter -xususiyat bildiruvchi
E) to`g`ri javob berilmagan
3. Qaysi qator faqat sifatlardan iborat?
A) tuyg`un, ozg`in, tuzdon, kuldon
B) to`lin, to`lqin, bilimdon, qalamdon
C) so`lg`in,turg`un, uchqun, uyg`un
D) yorqin, keskin, gapdon, qadrdon E) A,B,C,D
4. Ozaytirma sifatlar qanday yoziladi?
A) qo`shib B) ajratib C) chiziqcha yoki tire bilan D) B,C E) A,B
5. Sifat yasovchi sinonim qo`shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A) –li, ba-, bo- B) –siz, be-, bo- C) –li, -dor, ser-
D) A va C E) Barcha qatordagi qo`shimchalar o`zaro sinonim.
6. Ozaytirma sifatlar tuzilishiga ko`ra qanday sifatlar?
A) sodda B) qo`shma C) sodda tub
D) sodda yasama E) qo`shma, tub
7. O`ta vijdonsiz, to`ng`iz odam birikmasidagi sifat darajasini va usulini aniqlang.
A) orttirma daraja, fonetik usul
B) orttirma daraja, leksik usul
C) orttirma daraja, leksik-semantik usul
D) ozaytirma daraja, leksik usul
E) ozaytirma daraja, fonetik-leksik usul
8. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlarni aniqlang.
A) keng, tor, uzun, chuqur, chog`, yirik
B) yassi, qiyshiq, to`garagi, do`ng
C) og`ir, yengil, vazmin, zilday D) A,B E) A,B,C
9. Qaysi qatorda faqat xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar berilgan?
A) bezori, havoyi, dolzarb, chopag`on, rasvo, qo`rs
B) qalbaki, yuzaki, savdoyi, titroq, yirtiq, bukir
C) odobsiz, subutsiz, tarbiyasiz, g`uborsiz, qallob
D) arzirlik, insonlik, jo`yali, jarlik, aqlli, pulli
E) durkun, sodda, sevikli, kamgap, lattachaynar, boy .
10. Qaysi qator holat bildiruvchi sifatlarga misol bo`la olmaydi?
A) latif, ko`hlik, cho`tir, soqov, xunuk, g`ilay, go`zal
B) mushfiq, gado, yesir, ozoda, uvada, juldur, iliq
C) pok, dabdabali, nokas, toshbag`ir, dag`al, yoqimtoy
D) g`azabnok, kindor, g`amgin, alamzada, g`ijim, zich, yosh
E) Barcha javoblarda holat sifatlari berilgan.
11. Palag`da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo`lmaydi. (A.Qah.)
Ushbu gapda qo`llangan sifatning ma’no turini toping.
A) hid bildiruvchi B) holat bildiruvchi
C) xarakter-xususiyat bildiruvchi D) shakl-ko`rinish bildiruvchi
E) maza-ta’m bildiruvchi.
12. Quyida nisbiy sifatlar haqida bildirilgan fikrlarning qaysi biri noto`g`ri?
A) nisbiy sifatlar daraja kategoriyasida umuman qo`llanmaydi.
B) nisbiy sifatlardan ozaytirma va kuchaytirma sifat shakllarini yasab bo`lmaydi
C) nisbiy sifatlar umuman fe’lga bog`lanib kelmaydi
D) nisbiy sifatlarning ayrimlariga –roq qo`shimchasini qo`shish mumkin E) barchasi xato.
13. Qaysi qatordagi sifatlar o`z (asl) ma’nosida vazn-og`irlik bildiruvchi, ko`chma ma’noda esa xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarga misol bo`la oladi?
A) ko`ngli ochiq, xira, ichi qora B) qing`ir, pachoq
C) uzun, novcha D) yengil, vazmin E) B,C,D
14. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlarni aniqlang.
A) keng, tor, uzun, chuqur, chog`, yirik
B) yassi, qiyshiq, to`garagi, do`ng
15. Qaysi qator holat bildiruvchi sifatlarga misol bo`la olmaydi?
A) latif, ko`hlik, cho`tir, soqov, xunuk, g`ilay, go`zal
B) mushfiq, gado, yesir, ozoda, uvada, juldur, iliq
C) pok, dabdabali, nokas, toshbag`ir, dag`al, yoqimtoy
D) g`azabnok, kindor, g`amgin, alamzada, g`ijim, zich, yosh
E) Barcha javoblarda holat sifatlari berilgan.
16. Qaysi qatordagi gapda sifat otlashmagan?
A. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar.
B. Mol olasi tashida, odam olasi ichida.
C. Senga o‘xshash notavonlarga yordam bersam, deyman.
D. Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.
E. Ilg‘or ishchilar mukofotlandi.
17. Ot+ot ko`rinishidagi qo`shma sifatlarni toping.
A) kamgap, ertapishar B) tezoqar, kamquvvat
C) sovuqqon, balandparvoz D) rahmdil, kul rang E) A va B.
18. Sifat yasovchi qo`shimchalar olgan so`zlar qatorini toping.
A) harakatchan, mehnatkash, qumloq B) yozgi, supurgi, ichki
C) bebaxt, bodomqovoq, o`tli
D) tuxumsimon, to`la, tarqoq E) barchasi to`g`ri
19.Nimqorong`i xona birikmasidagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang.
A) orttirma daraja, fonetik vosita
B) orttirma daraja, morfologik vosita
C) orttirma daraja, leksik vosita
D) ozaytirma daraja, leksik vosita
E) ozaytirma daraja, morfologik vosita
20. Berilgan gapdagi sifatning darajasi va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang.
O`ziyam g`irt ahmoq ekan.
A) orttirma daraja, morfologik vosita
B) orttirma daraja, leksik vosita
C) ozaytirma daraja, leksik vosita
D) ozaytirma daraja, leksik-morfologik vosita
E) orttirma daraja, leksik-morfologik vosita
Do'stlaringiz bilan baham: |