O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Mehnat ta’limi kafedrasi
5112100-Mehnat ta’limi yo’nalishi
TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN fanidan
mustaqil ish
Mavzu: EVRISTIK USLUB NIMA?
Tayyorladi: Hakimova Munira
Qarshi 2021
Mavzu:Evristik uslub nima?
Reja:
Kirish
1. Evristikaning fan sifatida vazifalari.
2. Evristik savollar metodi.
3. Kreativ ta’limning mazmun va mohiyati.
4. Kreativ ta’limni ijodkorlikka yo’naltirilganligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo‘lgan ko‘pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o‘z muammolarini qanday hal qiladilar? Ba'zilar o‘z intuitsiyasiga tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o‘zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o‘z muammolari yechimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo‘lmagan qismigina o‘z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida yechadilar. Siz, ijodkorlik faoliyati metodlari mavjudmi? Ijodkorlik bilan maqsadli yo‘naltirilgan holda shug‘ullanish mumkinmi? degan savollar berasiz. Ha, ijodkorlik metodlari mavjud, o‘z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik san'ati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha aniq masalalarlar qo‘yib, ijodkorlik faoliyati bilan maqsadli shug‘ullanish mumkin. Navbatdagi muammo yuzaga keladi - ijodkorlik faoliyatini qayerda o‘rganish mumkin? Bundan 10-20 yillar avval ijodkorlik metodlari bilan faqat ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan seminarlarda, tizimli tahlil, funksional-qiymatli tahlil, tizimli fikrlash faoliyati metodologiyasi, fikrlashni faollashtirish metodlari va ijodkorlik nazariyasining boshqa bo‘limlarida tanishish mumkin edi. Hozirgi kunda bu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha yetarli darajada adabiyotlar nashr qilingan. Bu borada tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro‘yxati qo‘llanmaning oxirida keltirilgan. Kitoblardan tashqari ko‘pgina maktablar va oliy ta'lim muassasalarida turli maxsus fanlar kiritilgan. O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma'lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir. Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir. O‘qitishdagi individual yondoshish ham ta'lim jarayonining muhim talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |