389
Tabiatning eng muhim xossalari bunday izchil, lekin haddan tashqari ideal
chiziqli sxema doirasiga sig‗maydi. Nochiziq dunyo – bu klassik fan ko‗nikkan
qonuniyatlardan butunlay farq qiladigan qonunlar amal qiluvchi dunyo. O‗zini o‗zi
tashkil etishga qodir bo‗lgan tizimlar turkumi – bu ochiq va nochiziq tizimlardir.
Tizimning ochiqligi unda atrof muhit bilan moddalar va energiya (resurslar)
almashinuvi manbalari va oqimlari mavjudligini anglatadi. Manbalar va oqimlar
yakka va ko‗p sonli bo‗lishi mumkin. Almashinuv
jarayonlari ochiq tizim
chegarasi orqaligina emas, balki tizimning ichki nuqtalari va sohalari orqali ham
yuz beradi.
Nochiziqlik tushunchasi matematikadan kirib kelgan. Bunda birdan katta
darajadagi izlanayotgan qiymatlarni va muhit xossalariga bog‗liq bo‗lgan
koeffitsientlarni o‗z ichiga olgan matematik tenglamalar o‗rganiladi.
Bunday
nochiziq tenglamalar bir nechta har xil echimlarga ega bo‗ladi. Nochiziqlikning
fizik mazmuni: echimlar to‗plamiga mazkur tenglamalar bilan tavsiflanayotgan
nochiziq tizim evolyusiyasining yo‗llari to‗plami muvofiq keladi.
Falsafiy nuqtai nazardan nochiziqlik g‗oyasi quyidagi g‗oyalar vositasida
sharhlanishi mumkin: 1) evolyusiya yo‗llarining ko‗p variantliligi, muqobilligi; 2)
mazkur muqobillar orasidan eng maqbulini tanlash; 3) evolyusiyaning o‗zgaruvchi
sur‘ati; 4) evolyusiya jarayonini orqaga qaytarib bo‗lmasligi; 5) «kichikning
o‗sishi» yoki «fluktuatsiyalarning kuchayishi»; 6) ta‘sirchanlik bo‗sag‗asining
xossasi (bo‗sag‗adan
quyida hamma narsa kamayadi, unutiladi, yuqorida esa –
aksincha, hamma narsa bir necha baravar ko‗payadi); 7) evolyusiya yo‗llarining
diskretligi (evolyusiyaning har qanday yo‗li emas, balki bu yo‗llarning muayyan
doirasi amal qilishi mumkin); 8) o‗zgaruvchanlik – jarayonlar yo‗nalishining
tasodifiy o‗zgarishlari; 9) ochiq nochiziq muhitning o‗zida majburiy yoki spontan
o‗zgarishlar yuz berishi mumkinligi (bu uning evolyusiyasi jarayonlari manzarasi
butunlay o‗zgarishiga olib keladi).
Sinergetikada o‗zgaruvchanlikni ikki xil ma‘noda tushunish mumkin:
1) bifurkatsiya paytidagi yo‗l tanlash vaziyati sifatida. Bunda rivojlanishning
u yoki bu attraktorga chiqish sifatidagi turli yo‗lari ochiladi;
2) jarayonlarning kichik fluktuatsiyalarga ta‘sirchanligi ma‘nosidagi
o‗zgaruvchanlik sifatida. Metodologiya nuqtai nazaridan, turg‗unlikning to‗g‗riroq
talqini ikkinchi holatda qayd etilgan. O‗zgaruvchanlik deganda o‗ta jadal
sur‘atlarda o‗sib borish jarayonlari tushuniladi.
O‗zgaruvchanlik doim ham salbiy oqibatlarga olib kelavermaydi. U barqaror
rivojlanish omili bo‗lib xizmat qilishi ham mumkin.
Faqat muvozanat holatidan
uzoqda bo‗lgan tizimlar, beqarorlik holatidagi tizimlargina o‗zini o‗zi spontan
tashkil etish va rivojlanishga qodir. Mutlaqo barqarorlik va mutanosiblik
evolyusiyani boshi berk ko‗chaga olib kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: