Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Moddiy sabab:
barcha narsalarning mohiyatini belgilovchi materiya yoki 
substansiya o‗zgarishlar yuz berishiga imkoniyat yaratadi. 
Amaldagi sabab: 
avval yuz bergan voqealar muayyan oqibatni keltirib 
chiqaradi.
Formal sabab:
o‗zgarishlarga bo‗lgan ichki ehtiyoj. 
Pirovard sabab:
bir qator o‗zgarishlar orqali erishiladigan tashqi maqsad 
yoki pirovard holat.
Antik davr faylasuflari kosmosda qarama-qarshi asoslar mavjudligini va 
stixiyalarning o‗zaro aloqasini qayd etish yo‗li bilan hal qilgan dunyoning 
o‗zgaruvchanligi va bu o‗zgaruvchanlikning oqibati – rang-baranglik muammosi 
Uyg‗onish davri falsafasida birinchi o‗ringa chiqdi. Bu davrda 
materiya umumiy 
jonga ega degan g„oyani ilgari suruvchi konsepsiya – panpsixizm paydo bo„ldi. 
Materiyaning faolligini unga hayot baxsh etish orqali tushuntirish – gilozoizm
unga mazmunan yaqin konsepsiyaga aylandi. Panpsixizmda ham, gilozoizmda ham 
dunyoning o„zgaruvchanligi sababi materiyaga singib ketgan ma‟naviy asos 
ekanligi nazarda tutiladi. Bu asos – hayot yoki jondir.


387 
Mexanitsist faylasuflar materiyani jonsiz modda bilan ayniylashtirib, harakat 
manbai to‗g‗risidagi savolga boshqacha javobni qidirishga majbur bo‗ldilar. XVII-
XVIII asrlarda deizm ayniqsa keng tarqaldi. 
Deizmga binoan, Xudo dunyoni 
yaratadi va shundan so„ng dunyoning ishlariga aralashmaydi, Koinot tabiiy 
qonunlarga bo„ysunib, mustaqil yashashda davom etadi. Deizm Xudo Koinotning 
«soat mexanizmi»ni ishga tushirishda foydalangan birinchi turtki diniy 
konsepsiyasining dunyoviy ko„rinishi hisoblanadi.
«Hokimiyatga intilish» - nitsshechilikning markaziy tushunchasi. Nitsshe 
ruhiyatning turli holatlari (instinktlar, emotsiyalar, intellekt va h.k.)ni biron-bir 
yagona asos bilan bog‗lashga harakat qilar ekan, pirovardida «hokimiyatga 
intilish» tushunchasiga keladi. Sifat o‗zgarishlari zamirida turtkilar kuchi, ya‘ni 
miqdor o‗zgarishlari yotadi. Butun Koinotni Nitsshe «hokimiyat kvantlari»ning 
uzluksiz kurashi sifatida tushunadi. Bu kvantlarning har biri qolgan kvantlarga o‗z 
hukmini o‗tkazishga harakat qiladi, butun dunyoning uyushtiruvchi markaziga 
aylanishni ko‗zlaydi. O‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy bo‗lgan hukmronlik va 
bo‗ysunish munosabatlari butun dunyoga tatbiq etiladi, ijtimoiy dunyoning o‗zi esa 
raqobatlashuvchi intilishlarning mangu jangi sifatida tushuniladi. Nitsshening 
yunon falsafasiga bo‗lgan munosabati va uning o‗z nuqtai nazarini muntazam 
ravishda o‗zgartirishi hokimiyatga intilish haqidagi ta‘limot va uning oqibatlari 
bilan belgilanadi. Ayni shu ta‘limotga tayangan holda, Nitsshe naturfaylasuflar, 
eleatlar va ularning borliq tushunchasini sharhlaydi. Bunda Geraklit va Parmenid 
o‗rtasidagi bahsda Nitsshe kimning tarafida ekanligiga shak-shubha qolmaydi. U 
ioniyalik mutafakkirlarning kuchi nimada ekanligini aniq tasavvur qiladi, lekin 
ularning borliq va shakllanishning tengligi haqidagi g‗oyasini rad etadi. Borliqni 
oddiy tamoyil, suv bilan bog‗lovchi va uni aylanma harakat sifatida tavsiflovchi 
Fales ayni vaqtda borliqni uzluksiz shakllanish sifatida tushunadi. Hatto 
Anaksimandrning o‗zgarmas apeyroni ham o‗zidan stixiyalarning qarama-
qarshiliklarini yuzaga keluvchi va halok bo‗luvchi dunyolarning cheksiz silsilasini 
yaratadi. Geraklit falsafasi Nitsshe g‗oyalari bilan muvofiq keladi, u mazkur 
falsafaga shakllanishning eng qudratli falsafasi sifatida simpatiya bilan qaraydi, o‗z 
atomistik, mexanistik, materialistik naturalizmini namoyish etuvchi va bo‗linmas 
mayda zarralarning borliqdagi tartibiga, mustahkam, o‗zgarmas, barqaror 
holatlarga qaytuvchi Demokrit falsafasi esa unga Levkipp atomistikasi kabi yot 
bo‗lib qoladi. Levkipp atomistikasiga qarshi chiqqan Empedoklga Nitsshe 
qardoshlik ko‗zi bilan qaraydi.
Dunyoning barqarorligi va o„zgaruvchanligi mavzusi bilan SHarq 
faylasuflari ham shug„ullanganlar
. Masalan, daosizm falsafasida muttasil 
o‗zgarish holatini xitoycha in-yan tamoyili tushuntiradi. In va yan – bu yaxlit bir 
butunning tarkibiy qismlari sanalgan qarama-qarshiliklardir. In va yandan tarkib 
topgan yaxlitlik ma‘lum simvol bilan tasvirlanadi. Bu simvolda oq va qora qismlar 
uyg‗unlik timsoli sanalgan butun doirani tashkil etadi. Ular go‗yoki o‗z qarama-
qarshiligiga 
aylanishga 
urinib, 
bir-birining 
ortidan 
spiral 
bo‗ylab 
harakatlanayotgandek bo‗lib ko‗rinadi. Bundan tashqari, oq qismning ichida qora 
nuqta, qora qismning ichida esa – oq nuqta bor bo‗lib, bu qismlarning har biridagi 
qarama-qarshilikning mazmuniga ishora qiladi.


388 
O‗zgarish va saqlanishning ziddiyatiga O‗rta Osiyo falsafasining ulkan 
namoyandasi Ibn Sino ham umumiyroq ziddiyat – harakat va harakatsizlik 
ziddiyatining o‗ziga xos ko‗rinishi sifatida yondashadi. Ibn Sinoning o‗zgarish va 
saqlanishning o‗zaro aloqasi xususidagi qarashlari materiyaning umrboqiyligi 
haqidagi ta‘limot bilan bog‗liq. Uning tasavvurlariga ko‗ra, shakl o‗zgarib turli xil 
ko‗rinish kasb etadi, lekin materiya doim o‗zgarishsiz qoladi, u yo‗q bo‗lmaydi va 
parchalanmaydi. 
Ibn Sinoning materiyaning saqlanuvchanligi hamda o‗zgarish va 
saqlanishning o‗zaro ta‘siri haqidagi qarashlari keyinchalik boshqa buyuk 
mutafakkirlar tomonidan rivojlantirilgan. Masalan, J.Bruno bir narsa yoki 
hodisaning yo‗q bo‗lishi boshqa bir narsa yoki hodisaning paydo bo‗lishi 
demakdir, umuman olganda esa, Koinot saqlanib qoladi, deb ta‘kidlagan. D.Didro 
bu xususda hamma narsa bir shaklda yo‗q bo‗ladi va boshqa shaklda tiklanadi, deb 
yozgan.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish