Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
BORLIQNING BARQARORLIGI VA O‗ZGARUVCHANLIGI
MUAMMOSI. 
Borliqning o‗zgaruvchanligi va shakllanish g‗oyasi.
Borliq tinimsiz 
o‗zgaradi. O‗zgaruvchanlik moddiy dunyoning bosh xossasi. Nafaqat moddiy 
dunyo va bilish ob‘ekti, balki sub‘ekt ham o‗zgaradi. Lo‗nda qilib aytganda, 
dunyoda hamma narsa o‗zgaradi.
Materiyaning faolligi sirini uning ikki xossasi – uzluklilik va uzluksizlikdan 
izlash o‗rinli bo‗ladi. Bu xossalar umumiy ilmiy darajada barqarorlik va 
o‗zgaruvchanlik tushunchalarida o‗z ifodasini topadi. Barqarorlik va 
o‗zgaruvchanlik – moddiy ob‘ektlar faolligining ichdan mushtarak, lekin bir-biriga 
qarama-qarshi 
holatlaridir. 
Ularda 
faollikning 
ikki 
yoqlama 
mohiyati 
mujassamlashadi. Barqarorlik va o‗zgaruvchanlik faollikning uzviy xossalaridir. 
Ular bir-birisiz mavjud bo‗lmaydi, o‗zaro ayniy va bir-biridan farq qiladi, bir-birini 
to‗ldiradi, bir-biridan ajraladi, bir-biri bilan birikadi, bir-biriga o‗tadi va bir-birini 
istisno etadi. Barqarorlik va o‗zgaruvchanlik xossalari o‗rtasidagi mazkur 
munosabatlar dialektik ziddiyat kategoriyasi bilan umumlashtiriladi. Muammoni 
yanada chuqurroq o‗rganish o‗zgaruvchanlik tushunchasi bilan uzviy bog‗liq 
bo‗lgan shakllanish kategoriyasini ko‗rib chiqishni taqozo etadi. 


379 
SH
akllanish 
– 
narsalar va hodisalarning o„zgaruvchanligini ifodalovchi 
falsafiy kategoriya

U asosan uch xil ma‟noda ishlatiladi: 
a) rivojlanish kategoriyasining sinonimi sifatida; 
b) jarayonlar va hodisalarga turtki beruvchi omillarning yuzaga kelish 
jarayonining ifodasi sifatida; 
v) predmetning «dastlabki shakllanish» jarayoni tavsifi sifatida, vujudga 
kelish va yo„q bo„lish, borliq va yo„qlikning yagonaligini o„zida ifodalovchi 
jarayon sifatida.
SHakllanish 
jarayonida 
eskidan 
yangiga 
o‗tish, uning o‗sishi, 
mustahkamlanishi va rivojlangan yaxlit tizimga aylanishi amalga oshadi. Dunyoda 
hamma narsa vujudga kelishi va yo‗q bo‗lishini payqagan qadimgi mutafakkirlar 
bu xossani mutlaqlashtirganlar, o‗zgarish barqarorlikni, muayyan o‗zgarmas 
jihatning saqlanishini ham nazarda tutishini anglamaganlar. Aks holda, holati 
o‗zgargan eski bilan yangining o‗rtasida hech qanday aloqa bo‗lmasa, qanday 
o‗zgarish haqida va nimaning o‗zgarishi haqida gap borishi mumkin? Bu erda 
o‗zgargan narsa yoki hodisaning o‗zi yo‗q, demak, o‗zgarish ham mavjud emas. 
SHakllanish mutlaqlashtirilishi mumkin emas, zero u o‗zgarish, eskidan farq 
qiladigan yangining vujudga kelishidir. 
SHakllanish bir narsaning o„zgarishi 
natijasida boshqa narsaga aylanish jarayonini aks ettiradi, lekin bunda narsaning 
o„zi umuman mavjud bo„lgan narsa sifatida saqlanib qoladi

Faqat konkret borliq 
o„zgaruvchan va shakllanadi (xuddi shuningdek zavol topadi), lekin bu mutlaq 
borliqdir, zero umuman borliq o„zgarmasdir.
SHakllanish, aniqroq aytganda o‗zgarish jarayoni (bu erda nafaqat 
bunyodkorlik, balki vayronkorlik yo‗nalishini ham e‘tiborga olish zarur) borliq 
tushunchasining mazmuni bilan muvofiq kelmaydi. Buning sababi shundaki, 
birinchidan, borliq o‗zgarmasdir, ya‘ni u shakllanishi, paydo bo‗lishi mumkin 
emas; ikkinchidan, borliq - bu mavjudlikning xossalaridan biri emas, balki 
mavjudlikning o‗zidir. SHakllanish – bu muayyan narsa yoki hodisa bilan yuz 
beruvchi jarayondir.
Bizni qurshagan real dunyoni o‗rganish deyarli har lahzada uning ikki 
muhim va muqarrar xossasi – barqarorlik va o‗zgaruvchanlikni amalda namoyish 
etadi. Masalan, Er yuz millionlab yillardan beri Quyosh atrofida o‗z orbitasi 
bo‗ylab aylanadi, lekin bu takroriylik Ptolemey va Kopernik faraz qilganidek 
tutash epitsikl bo‗ylab emas, balki spiral bo‗ylab amalga oshadi, ya‘ni bir vaqtning 
o‗zida ham barqarorlik, ham o‗zgaruvchanlikni namoyish etadi. Bu erda har bir 
aylanma harakat yangi hisoblanadi. O‗tgan millionlab yillar mobaynida kosmosda 
son-sanoqsiz yulduzlar paydo bo‗lgan va so‗ngan. Paydo bo‗lgan har bir yulduz 
makonda va vaqtda harakatlanadi, ushbu harakat jarayonida o‗zgaradi va shu bois 
muqarrar tarzda «yo‗q bo‗ladi», shu tariqa u Koinot borlig‗ining barqaror umumiy 
qonuniyati – mavjudlik shakllarining o‗zgarishini amalda namoyish etadi. Bunda 
yulduzning materiali yo‗q bo‗lib ketmaydi, balki navbatdagi shakl-shamoyilni kasb 
etadi. Erda tog‗lar paydo bo‗ldi va emirildi, dinozavrlar yo‗q bo‗lib ketdi va 
«odamlar» paydo bo‗ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar vujudga keldi, rivojlanadi va 
inqirozga uchraydi. Ularning o‗rnida ayni shu odamlardan yangi tuzumlar 


380 
shakllanadi. Qadimgi dinlar paydo bo‗ldi, rivojlandi va yo‗q bo‗lib ketdi. YAngi 
va son-sanoqsiz mazhablar paydo bo‗ldi.
Barqarorlik va o‗zgaruvchanlik asosiy va bir-biri bilan uzviy qarama-qarshi 
bo‗lgan borliqning xossalaridir. Ammo amaliyot va fan xulosalari bizni qurshagan 
dunyo shakllarining barqarorligi nisbiy va nisbatan tezoqarligini, shakllarning 
o‗zgaruvchanligi esa – mutlaq va umumiy ekanligini, borliqning eng barqaror 
jihati, uning mazmuni hisoblanishini ko‗rsatadi.
Olamda faqat makongina o‗zgarmasdir, chunki u barcha yo‗nalishlarda 
cheksiz va shu bois faqat vaqtda harakatlanadi. Makon harakatsizlikning ob‘ektiv 
shaklidir. Makon substratga ega emasligi, ya‘ni ob‘ektiv va mutlaq, bo‗linmas va 
yo‗q bo‗lmas bo‗shliqligi tufayli, u shaklsizdir.
Makondan farqli o‗laroq, vaqt bir maromda kechadigan va bo‗linmas sof 
harakatning amaldagi ifodasidir. Ammo, makon kabi, vaqt ham substratga ega 
emas. Uning «substansiyasi» nomoddiydir, shu sababli vaqt o‗z harakati 
mobaynida o‗zida qandaydir shakllar va yangi munosabatlarni yaratishga qodir 
emas. Vaqt shu ma‘noda cheksizki, uning «ibtidosi»... ibtidoga ega emas va u 
butun cheksiz makonda kelajak sari makonning barcha nuqtalarida bir xilda va 
sinxron tarzda «oqadi». Notanqidiy fikrlaydigan inson ongidagina vaqt sub‘ektiv 
darajada qismlarga bo‗linadi va mavsumlar o‗zgarishi, mayatnikning tebranish 
amplitudasi, Oy fazalari bilan bog‗lanadi.
Makon va vaqtdan farqli o‗laroq, materiya substratga ega, ya‘ni «moddiy» 
va amalda cheksiz darajada korpuskulyardir. Faqat materiya elementlari makonda 
bir joydan boshqa joyga, ya‘ni «A punktidan B punktiga» ko‗chish imkoniyatiga 
ega. Faqat materiya jismlar, zarralar va maydonlarning o‗zaro aloqalari yordamida, 
masalan, A jismning A nuqtadan B nuqtaga harakatidan hosil bo‗luvchi energiyani 
makonning V, G nuqtalariga uzatish va so‗ngra A nuqtaga qaytarishga qodir. 
Boshqacha qilib aytganda, faqat moddiy muhit harakat energiyasini tarqatish 
qobiliyatiga egadir. Faqat materiya o‗zining bir joydan boshqa joyga ko‗chuvchi 
va tebranuvchi elementlaridan son-sanoqsiz makro va mikro kompozitsiyalar 
yaratishga qodir. Faqat materiya o‗z harakati jarayonida cheksiz makonda 
hajmlarni egallovchi jismlar, zarralar va «maydonlar»ning shakllarini izchillik 
bilan 
yarata 
oladi. 
Ob‘ektlar shakllarining rang-barangligi materiyaga 
(harakatlanish jarayonida) aloqalar, munosabatlar va in‘ikoslarning son-sanoqsiz 
shakllarini yaratish imkoniyatini beradi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish