381
o‗tadi. Boshqacha qilib aytganda, harakat materiyaning uzviy xossasidir. Materiya
qay darajada mutlaq bo‗lsa, harakat ham shu darajada mutlaqdir.
O„zgarish – moddiy ob‟ektlarning o„zaro aloqaga kirishish jarayoni va
uning natijasi, moddiy tuzilmalar aloqalari navbatdagi shaklning amalda
aktuallashuvi.
Bizni qurshagan dunyo shakllarining rang-barangligini va undagi
aloqalarning rang-barangligini aniqlash kuzatuvchan inson uchun unchalik qiyin
ish emas. Ammo shakllarning bunday rang-barangligining konkret, umumiy
sababini va harakat shakllaridan biri – o‗zgarishning mohiyatini tushuntirish talab
etiladi.
Ma‘lumki, dialektikada hodisaning mohiyati deganda mazkur hodisani
vujudga keltirgan qarama-qarshiliklarning haqiqiy munosabati, ya‘ni qarama-
qarshiliklar birligi va kurashi tushuniladi. Har qanday hodisa uning o‗zida yoki
uning sirtida muayyan narsalar o‗rtasida yuz bergan o‗zaro
aloqalarning oqibati
hisoblanadi (bunda ichki o‗zaro aloqalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi).
Ayni shu sababli biror narsaning mohiyatini aniqlash munosabatlari (birligi va
kurashi) hodisani vujudga keltiruvchi sabablar, ya‘ni konkret, eng avvalo, ichki
qarama-qarshiliklarni topish demakdir.
O‗zgaruvchanlikning yo‗q bo‗lmasligi shu bilan belgilanadiki, ichki va bizni
qurshagan dunyo hodisalarining umumiy aloqasini yo‗q qilishga, binobarin, o‗zaro
ta‘sirlarga barham berishga hech kim va hech narsa qodir emas. Boz ustiga,
mutlaqo sof tajriba o‗tkazish, ya‘ni biror narsa yoki hodisani uning tashqi va ichki
ta‘sirlarisiz anglab etish barcha tabiiy fanlarning ulkan muammosi hisoblanadi.
Masalan, «mutlaqo egiluvchan jism», «nuqta», «mutlaq tezlik», «umuman tovar»
kabi tushunchalarni olimlar faqat ilmiy abstraksiyalarda, tor doiradagina qo‗llashga
muvaffaq bo‗ladilar.
Har qanday tashkiliy o‗zaro aloqa elementlar yoki individlar o‗rtasida
aloqalar
yoki
kommunikatsiyalarning
tortilishlari,
o‗xshashliklari
va
imkoniyatlarining mavjudligi va o‗zaro o‗yinini nazarda tutadi. Ammo farqlarning
saqlanishi teng darajada istisno qiluvchi, o‗zidan nari itaruvchi va parchalovchi
kuchlarning mavjudligini ham nazarda tutadi. Aks holda hamma narsalar va
hodisalar aralashib ketar va birorta ham tizimni anglab etish mumkin bo‗lmas edi.
V.Lyupasko bu xususda shunday degan: «Tizim shakllanishi va mavjud bo‗lishi
uchun har qanday yaxlitlikning tarkibiy qismlari o‗z tabiatiga ko‗ra yoki ularning
xulq-atvorini boshqaruvchi qonunlarga muvofiq o‗zaro yaqinlashishni ham, bir-
birini
istisno etishni ham, o‗zaro tortilishni ham, bir-biridan uzoqlashishni ham,
birlashishni ham, aloqalarning uzilishini ham, integratsiyani ham, dezintegratsiyani
ham nazarda tutishi talab etiladi»
1
. Ayni shu sababli tortilish kuchi, o‗xshashlik,
aloqalar, kommunikatsiyalar va hokazolarning tizimli tuzilishida bir-birini istisno
etish, itarilish, parchalanish kuchlari ustunlik qilishi, ular birinchi zikr etilgan
omillarni to‗xtatishi, tiyib turishi, nazorat qilishi zarur.
Har qanday ob‘ekt harakatlanuvchi materiya borlig‗ining konkret shakli
sifatida barqarorlik va o‗zgaruvchanlik xossalarining birligini o‗zida ifodalaydi.
Ob‘ekt vaqtda saqlangan holda (barqarorlik xossasi), o‗z-o‗ziga ayniylikni ma‘lum
darajada yo‗qotadi (o‗zgaruvchanlik xossasi). Tashqi yoki ichki ta‘sirga faol
1
Люпаско В Диалектика как система.М.: Политиздат, 1993. –С.373
382
qarshilik yaxlitlik sifatidagi ob‘ektning
ichki jarayonlari bilan, lekin ma‘lum
darajada, barqarorlik zaxirasi tugagunga qadar ta‘minlanadi. Barqarorlik
mexanizmlari (ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar o‗zgarganida) o‗z ichki tuzilishini
o‗zgartiradi va bu ta‘sir effektini pasaytirib, o‗z mavjudligini davom ettirish
imkoniyatini beradi. Ob‘ektda barqarorlik xossasining mavjudligi o‗zgarishni qayd
etish va aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Jismlarning barqarorligi, nisbatan
osoyishtaligi va vaqtinchalik muvozanat holatlarining mavjudligi materiyaning
parchalanishi va hayot paydo bo‗lishining muhim omili hisoblanadi. Barqarorlik
xossasi ob‘ektning harakatida muayyan tendensiyalarni
aniqlash imkoniyatini
beradi. Bu xossaning inkor etilishi bilish nazariyasida relyativizmga, ya‘ni ob‘ekt
haqida haqiqiy sanalgan biron-bir narsani qayd etish mumkin emasligiga olib
keladi. Lo‗nda qilib aytganda, ob‘ekt jarayon haqidagi tasavvurga singib ketadi.
Ammo barqarorlik bu jihatdan mutlaq sanalgan umumiy o‗zgarishning,
harakatning bir xossasi sifatidagina mavjud bo‗ladi. Barqarorlikka uni harakatga
bog‗lamasdan yondashish qotib qolgan, harakatsiz dunyo konsepsiyasiga, oxir-
oqibatda esa – teologiyaga (barqarorlik tushuntirish va bashorat qilishda asos
sifatida olingani zahoti) olib keladi.
O„zgarish substrati sifatidagi ob‟ekt va jarayonlarning bir-birini
muvozanatga solishi orqali harakat barqarorlik bilan bevosita bog„lanadi.
Ammo
o‗zgarish va saqlanishning aloqasi boshqa bir jihatga ham ega: ular dialektik birlik
bilan tavsiflanadi, zero har qanday jarayon vaqtda bo‗lishi tufayli barqarorlikka ega
bo‗ladi. Barqarorlik va o‗zgaruvchanlikning farqi
umumiy holda ham nisbiydir,
chunki mavjudlik sifatidagi har qanday harakat barqarorlikdir va aksincha, har
qanday barqarorlik harakatning mavjudlik shaklidir. Ob‘ektga o‗zining mavjudlik
usulini saqlashgina emas, balki ushbu usul doirasida o‗zgarish ham xosdir; boz
ustiga, o‗zgarish ob‘ektning ichki mazmunini belgilamaganida, ob‘ekt amalda
mavjud bo‗lmas edi. O‗z-o‗ziga har tomonlama ayniy, qotib qolgan ob‘ektlar
mavjud emas, faqat jarayonlar bor;
dunyo tayyor, har tomonlama mukammal
predmetlardan iborat emas, u uzluksiz o‗zgaruvchi predmetlarni o‗z ichiga olgan
jarayonlar majmuini o‗zida ifodalaydi. Binobarin,
barqarorlik deganda ob‟ektning
ayrim tarkibiy elementlari va bo„g„inlari, uning boshqa ob‟ektlari bilan o„zaro
aloqalari shaklining oddiy yoki murakkab in‟ikosini, shuningdek uning ichki
jismlarning bir joydan boshqa joyga ko„chishidan fikrlarning jarayonlari
muvozanati, uning o„zgarishi va rivojlanishini belgilovchi qonunlarning muayyan
tiplari in‟ikosini tushunish o„rinli bo„ladi
.
O„zgarish esa barcha ob‟ektlar va hodisalar (oddiy harakatigacha)
borlig„ining eng umumiy shaklidir.
O‗zgarish moddiy yoki ma‘naviy hodisaning
boshqa hodisaga o‗tishi, aylanishini yoki ayni bir predmet holatlarining
almashuvini anglatadi. O‗zgarishlar hajmi, davomliligi va sur‘atlari (qisqa yoki
uzoq, tez yoki sust),
yuz berish tezligi, yo‗nalishi (orqaga qaytarsa bo‗ladigan va
orqaga qaytarib bo‗lmaydigan) va boshqa omillar bilan belgilanadi. O‗zgarish
doim predmetlarning xossalari, tuzilishi yoki mavjudlik qonunlarining nisbatan
barqarorligiga qarama-qarshi qo‗yiladi. Ammo tuzilish, xossalar va qonunlarning
o‗zlari ham o‗zaro aloqalar mahsuli hisoblanadi, binobarin, materiyaning
383
o‗zgarishi natijasida vujudga keladilar. O‗zgarish kategoriyasi o‗z mazmuniga
ko‗ra harakat, rivojlanish va o‗zaro aloqa kategoriyalari bilan uzviy bog‗liq.
Barqarorlik va o„zgaruvchanlik ob‟ektiv voqelikning bir-biri bilan dialektik
bog„langan tomonlari sifatida uning borlig„ining universal ziddiyatini ifodalaydi.
Ob‘ektiv voqelikning boshqa barcha ziddiyatlari
zamirida ayni shu universal
ziddiyat – barqarorlik va o‗zgaruvchanlik yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: