Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

. Birinchi – dialektik yo„nalish dunyoning 
birinchi asosini so„zning o„z ma‟nosidagi o„zgarish, qarama-qarshiliklar 
o„rtasidagi kurash va tabiiy stixiyalarning bir-biriga o„tuvchanligi bilan 
ayniylashtiradi.
Koinotning abadiyligi bu erda uning barcha elementlarining 
abadiy dinamik o‗zgarishida namoyon bo‗ladi. 
Ikkinchi – tarkibiy-tahliliy 
yo„nalishda tabiiy stixiyaning o„zi, ilk materiya borliqning yagona asosi 
hisoblanadi
. Geraklit nomi bilan bog‗lanadigan birinchi yo‗nalishga ziddiyatlar va 
paradokslar bilan murosai madoraga kelishga tayyorlik xos bo‗lsa kerak. 
Ziddiyatlar va paradokslar yuzaga kelishi muqarrardir, zero borliqning har qanday 
darajasida o‗zgaruvchanlikni faraz qilish bu erda fundamentalroq darajadagi 
muayyan barqarorlikni o‗zgaruvchanlik sifatida tavsiflashni istamaslik bilan 
birikadi. To‗g‗ri, dunyodagi o‗zgarish jarayonlarining barchasi umumiy tamoyil – 
Logos bilan qamrab olinishi mumkin. Ammo bu borliqning barcha oquvchan 
elementlari bilan taqqoslaganda butunlay o‗zgacha tabiatli omildir; u mazkur 
elementlar bilan bir qatorga, masalan, ular ierarxiyasining navbatdagi darajasi 
sifatida, ularning tizimidagi ziddiyatlarni bartaraf etish uchun qo‗yilishi mumkin 
emas. Aksincha, bu erda barcha qarama-qarshiliklar aynan «logos nuqtai 
nazaridan» amalda namoyon bo‗ladi.
YUqorida aytilganlar Geraklit qarashlarining nisbatan erkin talqinini o‗zida 
ifodalashi mumkin. Ammo bizni qiziqtirayotgan nuqtai nazardan ularda eng 
muhimi rasmiy darajada murosasiz bo‗lgan qarama-qarshiliklar dunyoni 
tushunishning uzviy xossasi sifatida tan olinishidir. Buni Aristotel ziddiyat 
qonunlarining bayon etilishi munosabati bilan Geraklit ismini tilga olish orqali 
bilvosita tasdiqlaydi. Metafizika – bu, mohiyat e‘tibori bilan, jarayonlar va 
hodisalarda ziddiyatlarni inkor etish falsafasidir. Ushbu falsafa o‗zgarishlarning 
mavjud shakllari va miqdor jihatini mutlaqlashtirishni nazarda tutadi. SHu nuqtai 


385 
nazardan «metafizika» atamasining gegelcha talqini aristotelcha «klassik» talqin 
bilan muvofiq kelsak kerak. Bu xususda Aristotel «Ayni bir xossa ayni bir vaqtda 
ayni bir narsa yoki hodisaga ayni bir jihatdan xos bo‗lishi va bo‗lmasligi mumkin 
emas»
1
, deb ta‘kidlaydi. Ziddiyatlarni inkor etish dunyoning asosida sezilarli 
darajada o‗zgarmas elementlar, xossalar va munosabatlar yotishini tan olishni talab 
qiladi. 
Bu holda har qanday o„zgarish barqarorlikning muayyan hosilasi, aniqroq 
aytganda – mazkur fundamental mohiyatlarning «qayta guruhlanishi» sifatida 
namoyon bo„ladi.
Antik naturfalsafaning ikkinchi – tarkibiy-tahliliy yo‗nalishi ham ayni shu 
yo‗sinda rivojlanadi. U atomizmni ham, sifatlar manbai sanalgan elementlar 
konsepsiyasini ham, «stixiyali» milet maktabini ham, hatto Anaksagorning oliy 
darajada o‗ziga xos ta‘limotini ham birlashtiradi. Bunday falsafada tabiat 
fundamental tamoyillari (yoki qonunlari)ning o‗zgarmasligi g‗oyasi o‗z-o‗zidan 
yuzaga keladi. Makrotajriba darajasida empirik qayd etiladigan narsalarning 
oquvchanligi va ko‗p sonliligi «fikrda»gina muhimdir. Amalda esa rang-barang 
birikmalarda namoyon bo‗luvchi, har doim o‗ziga teng bo‗lgan, o‗zgarmas 
mohiyatlar mavjud. Ular mikrodunyo ob‘ektlari kabi o‗z tabiatini o‗zgartira 
olmaydi. 
Aristotelga o‗zgarish narsalar dunyosi barkamol emasligini ko‗rsatmaydi. 
O‗zgarish tabiiy jarayondir, u narsalarning odatdagi rivojlanishi mobaynida yuz 
beradi. Amalda u hatto zarur, chunki narsalar doim o‗z vazifasini bajarishi lozim. 
Aristotel eng muhim o‗zgarishlar ob‘ektning mohiyati bilan belgilanadi, deb 
hisoblaydi. Mohiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning eng muhim, uzviy, 
asosiy, zaruriy va barqaror aloqalari, tomonlari va munosabatlarining majmuini 
o‗zida ifodalaydi. Masalan, o‗rik danagining mohiyati o‗rik daraxtiga aylanishdan 
iborat. Toshning mohiyati uni shamol va suv changga aylantirmagunga qadar 
yo‗lda asrlar mobaynida yotishga majbur etadi.
O‗zgarish muayyan maqsadga ega bo‗lishi lozim. Bu o‗zgarishlar haqida 
mulohaza yuritishning butunlay yangi usulidir. Mavjudlik asta-sekin muayyan 
yangi holatga keladi.
Aristotelning o‗zgarish xususidagi nuqtai nazari tafakkur tarixiga ulkan 
ta‘sir ko‗rsatdi. U O‗rta asrlar va YAngi davr mobaynida ayniqsa dolzarb ahamiyat 
kasb etdi. Ingliz olimi CHarlz Darvin o‗zining barcha o‗zgarishlarni tabiiy 
tanlanish bilan tushuntiruvchi evolyusiya nazariyasini ilgari surgan XIX asrda 
vaziyat butunlay o‗zgardi.
Falsafa va fanda o‗zgarishlar jarayoni xususidagi qarashlarning o‗zgarish 
jarayoniga e‘tibor bering: 
Geraklit: o„zgarish - qarama-qarshiliklar kurashining tabiiy natijasi.
Parmenid: o„zgarish xom xayoldir, u yanglishishdan boshqa narsa emas. 
Amalda hamma narsa aslida qanday bo„lsa, shundayligicha qoladi.
 Platon: o„zgarish narsalarning ideal shakllarga qaraganda nomukammal 
ekanligini ko„rsatadi.
Aristotel: o„zgarish maqsadga ega. U narsa o„zining asl mohiyatini kasb 
etganida yuz berishi lozim.
1
Аристотель//Всемирная энциклопедия.-М.: Современный литератор, 2001. –С. 54. 


386 
Darvin: o„zgarish tabiiy tanlanish natijasida yuz beradi. 
Hozirgi olimlarning Aristotel qarashlaridan asosiy farqi shundaki, ular har 
qanday rivojlanish muayyan maqsadga ega, deb hisoblaydi. Bugungi kunda 
ko‗pchilik olimlar bu fikrni yanglish deb qaraydilar.
Masalan, Aristotel kabi, qushda qanotlar u uchishi kerak bo‗lgani uchun 
paydo bo‗lgan, deb aytish mumkin. Biroq olim qushda qanotlar pirovardida foydali 
bo‗lib chiqqan tasodifiy o‗zgarishlar va mutatsiyalar natijasida paydo bo‗lgan, deb 
ta‘kidlagan bo‗lur edi. Darvin evolyusiya nazariyasining mohiyati ayni shundan 
iborat.
Darvinning evolyusiya nazariyasi turli xil hayot shakllari ular uchun 
belgilangan maqsadsiz qanday qilib o‗zgarishi mumkinligini tushuntirish 
imkoniyatini beradi. Tabiiy tanlanish qanday o‗zgarish tarixda qolishini, ya‘ni 
turning progressiv tavsifiga aylanishini belgilaydi. Bir so‗z bilan aytganda, 
Darvinga ko‗ra, maymunni insonga aylanishga majbur qilgan hech qanday zaruriy 
maqsad bo‗lmagan. Inson o‗zini qurshagan muttasil o‗zgaruvchi dunyoda yashab 
qolish va o‗zidan nasl qoldirishga qodir bo‗lgan.
Ammo Aristotel o‗zgarishlar tasodifiy xususiyat kasb etishi mumkin, deb 
hisoblamagan. U dunyoni mushtarak maqsadlarga ega bo‗lgan turli qismlardan 
iborat yaxlitlik sifatida tasavvur qilgan. O‗zgarish rejalashtirilgan rivojlanish 
jarayonining muayyan maqsadga qaratilgan tarkibiy qismi hisoblanadi. U o‗z 
maqsadiga erishgach, boshqa tirik jonzotlar o‗z maqsadlariga erishish 
imkoniyatiga ega bo‗lishlari uchun yo‗q bo‗lib ketishi lozim. Maqsadga erishish 
yo‗lida o‗zgarish muqarrar va tabiiy jarayondir.
Maqsad haqidagi tasavvur Aristotel falsafasida birinchi darajali ahamiyat 
kasb etadi. SHunga qaramay, maqsadning mavjudligi o‗zgarishlarning birdan-bir 
sababi emas. Amalda Aristotel o‗zgarishning sabablari bir nechta bo‗lishi 
mumkinligini tushungan va shu boisdan barcha o‗zgarishlarni bir necha turkumga 
ajratgan. Ularni birlashtirib, Aristotelning sababiyat konsepsiyasini bilish mumkin. 
Bu konsepsiyada sababiyatning to‗rt turi ajratiladi: 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish