379
SH
akllanish
–
narsalar va hodisalarning o„zgaruvchanligini ifodalovchi
falsafiy kategoriya
.
U asosan uch xil ma‟noda ishlatiladi:
a) rivojlanish kategoriyasining sinonimi sifatida;
b) jarayonlar va hodisalarga turtki beruvchi omillarning yuzaga kelish
jarayonining ifodasi sifatida;
v) predmetning «dastlabki shakllanish» jarayoni tavsifi sifatida, vujudga
kelish va yo„q bo„lish, borliq va yo„qlikning yagonaligini o„zida ifodalovchi
jarayon sifatida.
SHakllanish
jarayonida
eskidan
yangiga
o‗tish, uning o‗sishi,
mustahkamlanishi va rivojlangan yaxlit tizimga aylanishi amalga oshadi. Dunyoda
hamma narsa vujudga kelishi va yo‗q bo‗lishini payqagan qadimgi mutafakkirlar
bu xossani mutlaqlashtirganlar, o‗zgarish barqarorlikni, muayyan o‗zgarmas
jihatning saqlanishini ham nazarda tutishini anglamaganlar.
Aks holda, holati
o‗zgargan eski bilan yangining o‗rtasida hech qanday aloqa bo‗lmasa, qanday
o‗zgarish haqida va nimaning o‗zgarishi haqida gap borishi mumkin? Bu erda
o‗zgargan narsa yoki hodisaning o‗zi yo‗q, demak, o‗zgarish ham mavjud emas.
SHakllanish mutlaqlashtirilishi mumkin emas, zero u o‗zgarish, eskidan farq
qiladigan yangining vujudga kelishidir.
SHakllanish bir narsaning o„zgarishi
natijasida boshqa narsaga aylanish jarayonini aks ettiradi, lekin bunda narsaning
o„zi umuman mavjud bo„lgan narsa sifatida saqlanib qoladi
.
Faqat konkret borliq
o„zgaruvchan va shakllanadi (xuddi shuningdek zavol topadi), lekin bu mutlaq
borliqdir, zero umuman borliq o„zgarmasdir.
SHakllanish, aniqroq aytganda o‗zgarish jarayoni (bu erda nafaqat
bunyodkorlik, balki vayronkorlik yo‗nalishini ham e‘tiborga olish zarur)
borliq
tushunchasining mazmuni bilan muvofiq kelmaydi. Buning sababi shundaki,
birinchidan, borliq o‗zgarmasdir, ya‘ni u shakllanishi, paydo bo‗lishi mumkin
emas; ikkinchidan, borliq - bu mavjudlikning xossalaridan biri emas, balki
mavjudlikning o‗zidir. SHakllanish – bu muayyan narsa yoki hodisa bilan yuz
beruvchi jarayondir.
Bizni qurshagan real dunyoni o‗rganish deyarli
har lahzada uning ikki
muhim va muqarrar xossasi – barqarorlik va o‗zgaruvchanlikni amalda namoyish
etadi. Masalan, Er yuz millionlab yillardan beri Quyosh atrofida o‗z orbitasi
bo‗ylab aylanadi, lekin bu takroriylik Ptolemey va Kopernik faraz qilganidek
tutash epitsikl bo‗ylab emas, balki spiral bo‗ylab amalga oshadi, ya‘ni bir vaqtning
o‗zida ham barqarorlik, ham o‗zgaruvchanlikni namoyish etadi. Bu erda har bir
aylanma harakat yangi hisoblanadi. O‗tgan millionlab yillar mobaynida kosmosda
son-sanoqsiz yulduzlar paydo bo‗lgan va so‗ngan. Paydo bo‗lgan har bir yulduz
makonda va vaqtda harakatlanadi, ushbu harakat jarayonida o‗zgaradi va shu bois
muqarrar tarzda «yo‗q bo‗ladi», shu tariqa u Koinot borlig‗ining barqaror umumiy
qonuniyati – mavjudlik shakllarining o‗zgarishini amalda namoyish etadi.
Bunda
yulduzning materiali yo‗q bo‗lib ketmaydi, balki navbatdagi shakl-shamoyilni kasb
etadi. Erda tog‗lar paydo bo‗ldi va emirildi, dinozavrlar yo‗q bo‗lib ketdi va
«odamlar» paydo bo‗ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar vujudga keldi, rivojlanadi va
inqirozga uchraydi. Ularning o‗rnida ayni shu odamlardan yangi tuzumlar
380
shakllanadi. Qadimgi dinlar paydo bo‗ldi, rivojlandi va yo‗q bo‗lib ketdi. YAngi
va son-sanoqsiz mazhablar paydo bo‗ldi.
Barqarorlik va o‗zgaruvchanlik asosiy va bir-biri bilan uzviy qarama-qarshi
bo‗lgan borliqning xossalaridir. Ammo amaliyot va fan xulosalari bizni qurshagan
dunyo shakllarining barqarorligi nisbiy va nisbatan tezoqarligini, shakllarning
o‗zgaruvchanligi esa – mutlaq va umumiy ekanligini,
borliqning eng barqaror
jihati, uning mazmuni hisoblanishini ko‗rsatadi.
Olamda faqat makongina o‗zgarmasdir, chunki u barcha yo‗nalishlarda
cheksiz va shu bois faqat vaqtda harakatlanadi. Makon harakatsizlikning ob‘ektiv
shaklidir. Makon substratga ega emasligi, ya‘ni ob‘ektiv va mutlaq, bo‗linmas va
yo‗q bo‗lmas bo‗shliqligi tufayli, u shaklsizdir.
Makondan farqli o‗laroq, vaqt bir maromda kechadigan va bo‗linmas sof
harakatning amaldagi ifodasidir. Ammo, makon kabi, vaqt ham substratga ega
emas. Uning «substansiyasi» nomoddiydir, shu sababli vaqt o‗z harakati
mobaynida o‗zida qandaydir shakllar va yangi munosabatlarni yaratishga qodir
emas. Vaqt shu ma‘noda cheksizki, uning «ibtidosi»...
ibtidoga ega emas va u
butun cheksiz makonda kelajak sari makonning barcha nuqtalarida bir xilda va
sinxron tarzda «oqadi». Notanqidiy fikrlaydigan inson ongidagina vaqt sub‘ektiv
darajada qismlarga bo‗linadi va mavsumlar o‗zgarishi, mayatnikning tebranish
amplitudasi, Oy fazalari bilan bog‗lanadi.
Makon va vaqtdan farqli o‗laroq, materiya substratga ega, ya‘ni «moddiy»
va amalda cheksiz darajada korpuskulyardir. Faqat materiya elementlari makonda
bir joydan boshqa joyga, ya‘ni «A punktidan B punktiga» ko‗chish imkoniyatiga
ega. Faqat materiya jismlar, zarralar va maydonlarning o‗zaro aloqalari yordamida,
masalan, A jismning A nuqtadan B nuqtaga harakatidan hosil bo‗luvchi energiyani
makonning V, G nuqtalariga uzatish va so‗ngra A nuqtaga qaytarishga qodir.
Boshqacha qilib aytganda, faqat moddiy muhit harakat energiyasini tarqatish
qobiliyatiga egadir. Faqat materiya o‗zining bir joydan boshqa joyga ko‗chuvchi
va tebranuvchi elementlaridan son-sanoqsiz makro
va mikro kompozitsiyalar
yaratishga qodir. Faqat materiya o‗z harakati jarayonida cheksiz makonda
hajmlarni egallovchi jismlar, zarralar va «maydonlar»ning shakllarini izchillik
bilan
yarata
oladi.
Ob‘ektlar shakllarining rang-barangligi materiyaga
(harakatlanish jarayonida) aloqalar, munosabatlar va in‘ikoslarning son-sanoqsiz
shakllarini yaratish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: