385
nazardan «metafizika» atamasining gegelcha talqini aristotelcha «klassik»
talqin
bilan muvofiq kelsak kerak. Bu xususda Aristotel «Ayni bir xossa ayni bir vaqtda
ayni bir narsa yoki hodisaga ayni bir jihatdan xos bo‗lishi va bo‗lmasligi mumkin
emas»
1
, deb ta‘kidlaydi. Ziddiyatlarni inkor etish dunyoning asosida sezilarli
darajada o‗zgarmas elementlar, xossalar va munosabatlar yotishini tan olishni talab
qiladi.
Bu holda har qanday o„zgarish barqarorlikning muayyan hosilasi, aniqroq
aytganda – mazkur fundamental mohiyatlarning «qayta guruhlanishi» sifatida
namoyon bo„ladi.
Antik naturfalsafaning ikkinchi – tarkibiy-tahliliy yo‗nalishi ham ayni shu
yo‗sinda rivojlanadi. U atomizmni ham, sifatlar manbai sanalgan elementlar
konsepsiyasini ham, «stixiyali» milet maktabini ham,
hatto Anaksagorning oliy
darajada o‗ziga xos ta‘limotini ham birlashtiradi. Bunday falsafada tabiat
fundamental tamoyillari (yoki qonunlari)ning o‗zgarmasligi g‗oyasi o‗z-o‗zidan
yuzaga keladi. Makrotajriba darajasida empirik qayd etiladigan narsalarning
oquvchanligi va ko‗p sonliligi «fikrda»gina muhimdir. Amalda esa rang-barang
birikmalarda namoyon bo‗luvchi, har doim o‗ziga teng bo‗lgan, o‗zgarmas
mohiyatlar mavjud. Ular mikrodunyo ob‘ektlari kabi o‗z tabiatini o‗zgartira
olmaydi.
Aristotelga o‗zgarish narsalar dunyosi barkamol emasligini ko‗rsatmaydi.
O‗zgarish tabiiy jarayondir, u narsalarning odatdagi rivojlanishi mobaynida yuz
beradi. Amalda u hatto zarur, chunki narsalar doim o‗z vazifasini bajarishi lozim.
Aristotel eng muhim o‗zgarishlar ob‘ektning mohiyati bilan belgilanadi, deb
hisoblaydi.
Mohiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning eng muhim, uzviy,
asosiy, zaruriy va barqaror aloqalari, tomonlari va munosabatlarining majmuini
o‗zida ifodalaydi. Masalan, o‗rik danagining mohiyati o‗rik daraxtiga aylanishdan
iborat. Toshning mohiyati uni shamol va suv changga aylantirmagunga qadar
yo‗lda asrlar mobaynida yotishga majbur etadi.
O‗zgarish muayyan maqsadga ega bo‗lishi lozim. Bu o‗zgarishlar haqida
mulohaza yuritishning butunlay yangi usulidir. Mavjudlik asta-sekin muayyan
yangi holatga keladi.
Aristotelning o‗zgarish xususidagi nuqtai nazari
tafakkur tarixiga ulkan
ta‘sir ko‗rsatdi. U O‗rta asrlar va YAngi davr mobaynida ayniqsa dolzarb ahamiyat
kasb etdi. Ingliz olimi CHarlz Darvin o‗zining barcha o‗zgarishlarni tabiiy
tanlanish bilan tushuntiruvchi evolyusiya nazariyasini ilgari surgan XIX asrda
vaziyat butunlay o‗zgardi.
Falsafa va fanda o‗zgarishlar jarayoni xususidagi qarashlarning o‗zgarish
jarayoniga e‘tibor bering:
Geraklit: o„zgarish - qarama-qarshiliklar kurashining tabiiy natijasi.
Parmenid: o„zgarish xom xayoldir, u yanglishishdan boshqa narsa emas.
Amalda hamma narsa aslida qanday bo„lsa, shundayligicha qoladi.
Platon: o„zgarish narsalarning ideal shakllarga qaraganda nomukammal
ekanligini ko„rsatadi.
Aristotel: o„zgarish maqsadga ega. U narsa o„zining asl mohiyatini kasb
etganida yuz berishi lozim.
1
Аристотель//Всемирная энциклопедия.-М.: Современный литератор, 2001. –С. 54.
386
Darvin: o„zgarish tabiiy tanlanish natijasida yuz beradi.
Hozirgi olimlarning Aristotel qarashlaridan
asosiy farqi shundaki, ular har
qanday rivojlanish muayyan maqsadga ega, deb hisoblaydi. Bugungi kunda
ko‗pchilik olimlar bu fikrni yanglish deb qaraydilar.
Masalan, Aristotel kabi, qushda qanotlar u uchishi kerak bo‗lgani uchun
paydo bo‗lgan, deb aytish mumkin. Biroq olim qushda qanotlar pirovardida foydali
bo‗lib chiqqan tasodifiy o‗zgarishlar va mutatsiyalar natijasida paydo bo‗lgan, deb
ta‘kidlagan bo‗lur edi. Darvin evolyusiya nazariyasining mohiyati ayni shundan
iborat.
Darvinning evolyusiya nazariyasi turli xil
hayot shakllari ular uchun
belgilangan maqsadsiz qanday qilib o‗zgarishi mumkinligini tushuntirish
imkoniyatini beradi. Tabiiy tanlanish qanday o‗zgarish tarixda qolishini, ya‘ni
turning progressiv tavsifiga aylanishini belgilaydi. Bir so‗z bilan aytganda,
Darvinga ko‗ra, maymunni insonga aylanishga majbur qilgan hech qanday zaruriy
maqsad bo‗lmagan. Inson o‗zini qurshagan muttasil o‗zgaruvchi dunyoda yashab
qolish va o‗zidan nasl qoldirishga qodir bo‗lgan.
Ammo Aristotel o‗zgarishlar tasodifiy xususiyat kasb etishi mumkin, deb
hisoblamagan. U dunyoni mushtarak maqsadlarga ega bo‗lgan turli qismlardan
iborat yaxlitlik sifatida tasavvur qilgan. O‗zgarish rejalashtirilgan
rivojlanish
jarayonining muayyan maqsadga qaratilgan tarkibiy qismi hisoblanadi. U o‗z
maqsadiga erishgach, boshqa tirik jonzotlar o‗z maqsadlariga erishish
imkoniyatiga ega bo‗lishlari uchun yo‗q bo‗lib ketishi lozim. Maqsadga erishish
yo‗lida o‗zgarish muqarrar va tabiiy jarayondir.
Maqsad haqidagi tasavvur Aristotel falsafasida birinchi darajali ahamiyat
kasb etadi. SHunga qaramay, maqsadning mavjudligi o‗zgarishlarning birdan-bir
sababi emas. Amalda Aristotel o‗zgarishning sabablari bir nechta bo‗lishi
mumkinligini tushungan va shu boisdan barcha o‗zgarishlarni bir necha turkumga
ajratgan. Ularni birlashtirib, Aristotelning sababiyat konsepsiyasini bilish mumkin.
Bu konsepsiyada sababiyatning to‗rt turi ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: