Нигинахон шермухамедова


Barqarorlik va o‗zgaruvchanlik nisbati



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Barqarorlik va o‗zgaruvchanlik nisbati.
Qadimgi yunon faylasuflari 
tabiatning tuzilishi zamirida mantiqiy mushohada qilish mumkin bo‗lgan yagona 
va umumiy tamoyillar yotadi, degan farazni ilgari surib, inson tafakkuri tarixida 
eng buyuk kashfiyotni yaratgan bo‗lsalar kerak. Dunyodagi barcha jarayonlar 
inson tilida tushunilishi va aniq ta‘riflanishi mumkin bo‗lgan qoidalarning uncha 
katta bo‗lmagan to‗plami bilan boshqarilsa, tafakkur va borliqning yagona asosini 
o‗zaro nisbatlash mumkin bo‗ladi va bu bilish imkoniyatini belgilaydi. Ammo 
inson aql-zakovati bu fundamental faraz bilan kifoyalanmadi va uni tanqidiy 
o‗rgandi. Dunyoning tuzilishini belgilovchi tamoyillar abadiy va o‗zgarmasmi? 
YA‘ni butun dunyoda evolyusiya jarayonlari yuz bergan bir vaqtda, mazkur 
evolyusiyani belgilovchi qoidalar uning ta‘siridan chetda qolishi mumkinmi? Bu 
holda qoidalarning o‗zi qanday ontologik tabiatga ega? Va aksincha, qoidalar 
o‗zgaradigan bo‗lsa, inson tafakkuri bu o‗zgarishlar jarayonini bilishga qodirmi? 
Agar qodir bo‗lsa, bunday qilish qay tarzda amalga oshiriladi? 
Gegel har qanday teran haqiqatni inkor etishning o‗zi ham haqiqat 
hisoblanishini ko‗p karra qayd etgan. Ammo bu erda vaziyat murakkabroq bo‗lsa 
kerak. O‗zgaruvchanlik va barqarorlik g‗oyalarini inson tafakkurining tinimsiz 
harakatini belgilovchi binar oppozitsiyaning ideal qutblari deb hisoblash mumkin. 
Antik falsafada bunday oppozitsiyalardan bir nechtasi shakllangan: diskretlik – 
kontinuallik, cheklilik – cheksizlik, fikr – bilim va h.k. Ularning hammasi nafaqat 
falsafa, balki tabiatshunoslikning rivojlanish jarayonida ham muhim rol o‗ynagan. 
Masalan, fikr va bilim o‗rtasidagi farq har qanday gnoseologiya uchun muhimdir. 
Diskretlik va kontinuallik o‗rtasidagi farq hozirgi zamon fizikasi doirasida bartaraf 
etildi. Fan uchun muhim bo‗lgan cheksizlik tushunchasi cheklilik atamalarida 
tavsiflandi. Ammo o‗zgaruvchanlik va barqarorlik har doim birga keladigan 
kategoriyalardir. Lo‗nda qilib aytganda, ular borliqning doim o‗ziga xos 
uyg‗unliklarda namoyon bo‗luvchi ikki qiyofasidir. Umuman olganda, har qanday 
o‗zgarish muayyan barqarorlik zamirida yuz beradi. Barqarorlik esa faqat 
o‗zgaruvchanlik sharoitidagina mavjud bo‗ladi.
Ayni shu sababli bu erda oppozitsiya qutblarini o‗zgacha belgilash o‗rinli 
bo‗ladi. SHuni tan olish lozimki, har qanday tabiiy jarayon o‗zgaruvchanlik va 
barqarorlikning u yoki bu birikmasi (ba‘zan – u yoki bu darajada izchil ierarxiyasi) 
bilan tavsiflanadi. Bu holda muammo mazkur ikki omilning qaysi biri 
fundamentalroq, degan savolga javob topishdan iborat bo‗ladi. Aksariyat hollarda 
bu savol ikki qismga ajraladi: ikki omilning qaysi biri ontologik jihatdan va qaysi 
biri gnoseologik jihatdan fundamentalroq? Aksariyat hollarda shunday bo‗ladi – 
lekin barcha hollarda emas, chunki inson bilimi nuqtai nazaridan berilgan dunyo 
bilan o‗z-o‗zicha dunyo o‗rtasidagi farq turli falsafiy va hatto tabiiy-ilmiy 
tizimlarda turlicha mazmun kasb etadi. Ayni holda gap «original» bilan ma‘lum 


384 
darajada, aniqroq aytganda, izomorfizm darajasida aniq o‗xshash bo‗lgan «portret» 
haqida boradi. Boshqa bir holda aniq izomorfizm nazarda tutiladi (masalan, antik 
naturfalsafada yoki XVIII asr dunyoning mexanistik manzarasida). Kantchilikda 
dunyoning ichki tuzilishiga doir masala emas, balki «o‗z-o‗zicha» dunyoning 
mavjudligi yoki mavjud emasligi to‗g‗risidagi masala mazmun kasb etadi. 
Nihoyat, pozitivistik an‘anada hattoki shu masala ham mazmunga ega emas.
Ammo shu narsa aniqki, o‗zgaruvchanlik va barqarorlik o‗rtasida muvozanat 
o‗rnatish muammosi har qanday falsafiy kontekstda mazmunlidir. Zotan, borliq va 
tafakkurning munosabati qanday tushunilishidan qat‘iy nazar, tafakkur turli 
qonunlarga amal qilishi, chunonchi: u o‗zgaruvchanlik haqida barqarorlik 
atamalarida mulohaza yuritishi yoki, aksincha, barqarorlik haqida o‗zgaruvchanlik 
atamalarida fikr yuritishi mumkin. SHu bilan bir vaqtda, o‗zgaruvchanlik haqida 
hech qanday atamalarda mulohaza yuritish mumkin emas, degan nuqtai nazar ham 
mavjud (eleatlar). Ammo bu erda ham ikkala qutb yashirincha mavjud. Eley 
maktabi namoyandalarining qarashlariga ko‗ra, o‗zgarish, harakat va ko‗p sonlilik 
muayyan ko‗rinishda, aniqroq aytganda – «fikrda» ham mavjud.
SHunday qilib, o‗zgaruvchanlik va barqarorlikning o‗zaro nisbatini tafakkur 
tarixining azaliy va abadiy mavzusi deb hisoblash uchun barcha asoslar bor. Birlik 
– ko‗plik oppozitsiyasi bilan bir qatorda, ushbu mavzu antik naturfalsafaning ikki 
yo‗nalishga ajralishiga olib kelgan

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish