392
SHunday qilib, har qanday real murakkab tizim nochiziq tenglamalar
sistemasi bilan tavsiflanadi.
Ushbu sistema makonda ko‗p sonli tarmoqlarga ega
bo‗lgan echimlar to‗plamidan iborat bo‗ladi. Boshqaruvchi ko‗rsatkichlarning
o‗zgarishlari tizimning holatida shikastli, ya‘ni katta sakrashlarga sabab bo‗lishi
mumkin va bu sakrashlar deyarli bir lahzada yuz beradi. Tizimda tartib
ko‗rsatkichlari o‗zgarganida turli xil o‗tish hodisalari kuzatiladi.
Bu hodisalarni
bifurkatsiya diagrammalari yordamida ifodalash mumkin. Tarmoqlanish
nuqtasining o‗zi bifurkatsiya (lot. – ikkilanish, ko‗payish) nuqtasi deb ataladi.
Bifurkatsiyaning
fizik
mazmunini
quyidagicha
tavsiflash
mumkin:
bifurkatsiya nuqtasi – bu ochiq nochiziq tizimning tadrijiy rivojlanish (evolyusiya)
yo„llarining tarmoqlanish nuqtasi yoki bifurkatsiyalar – bu ochiq nochiziq
tizimning rivojlanish yo„llari maydonidagi tarmoqlar.
Boshqaruvchi ko‗rsatkichning kichik fluktuatsiyasi ham tizim uchun hal
qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Tizim yo u, yo bu tarmoq bo‗ylab rivojlana
boshlaydi.
Biologik
evolyusiyada
bunday
fluktuatsiyalar
mutatsiyalar,
o‗zgaruvchanlik sifatida namoyon bo‗ladi. Boshqa tomondan, tabiiy tanlanish
tizimning barqarorligini ta‘minlaydi.
Strukturaning murakkablashuvi va tizimning
xulq-atvori bifurkatsiyalar
natijasida rivojlanishning yangi yo‗llari paydo bo‗lishi bilan uzviy bog‗liq. O‗ta
nomutanosib sharoitlarda o‗zini o‗zi tashkil etish jarayonlari tasodif va zaruriyat,
fluktuatsiyalar va deterministik qonunlar o‗rtasidagi «teran o‗zaro aloqa»ga
muvofiq keladi. Bifurkatsiyalar, ya‘ni tizimning keskin o‗zgarishlari yaqinida
asosiy rolni fluktuatsiyalar yoki tasodifiy elementlar o‗ynaydi, bifurkatsiyalar
o‗rtasidagi oraliqlarda esa determinizm ustunlik qiladi.
Ochiq tizimlarning harakat jarayonlari entropiya tilida tavsiflanishi mumkin.
Ochiq tizim entropiyasining o‗zgarishi ikki tarkibiy qismdan iborat. Ularning biri
faqat tizimdagi jarayonlar bilan bog‗liq va termodinamikaning
ikkinchi asosiga
muvofiq doimo musbatdir. Entropiya o‗zgarishining ikkinchi tarkibiy qismi atrof
muhit bilan almashinuv jarayonlari bilan bog‗liq va musbat bo‗lishi ham, manfiy
bo‗lishi ham mumkin. Bu entropiyaning to‗liq o‗zgarishi ham musbat yoki manfiy
bo‗lishi mumkinligini, ya‘ni tizimning to‗liq entropiyasi o‗sishi ham, kamayishi
ham mumkinligini anglatadi.
Entropiyaning kamayishi tizimda tartibning
ko„payishini anglatadi. SHunday qilib, ochiq tizimlarda termodinamikaning
ikkinchi asosini buzmasdan strukturalar vujudga kelishi va mavjud bo„lishi
mumkin.
Bunday holatlar barqaror turg‗un holatlarga, ochiq tizimlarning harakati
jarayonida yuzaga keladigan joriy muvozanat holatlariga muvofiq keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: