Tabiat borlig‗i.
Tabiat borlig„i jismlarning mavjudlik sharoiti bo„lib, u ong
yuzaga kelishidan oldin mavjud bo„lgan, ongdan tashqarida va undan qat‟iy nazar
mavjuddir.
Biroq, tabiiy jarayonlar va tabiat holatlari haqida aynan inson fikrlaydi,
so‗z yuritadi. Tabiatning azaliy birlamchiligi va insonga bog‗liq emasligini
insonning o‗zi tasdiqlaydi.
Tabiat makon va vaqtda cheksizdir. U tadrijiy rivojlangani va o‗zgarganiga
qaramay doimiy tarzda mavjud bo‗ladi. Bu o‗ziga xos xususiyat tabiatning ayrim
narsalari, holat va jarayonlariga xos emas. Ularning borlig‗i yo‗qlikka aylanadi.
Ayrim narsaning borlig‗i tugab, u o‗z o‗rnini yo‗qlikka bo‗shatsa, bu tabiatning
borlig‗i tugaganini anglatmaydi.
Tabiat - ob‟ektiv va birlamchi borliqdir. Er tabiati milliard yillar mavjud
bo„lganidan keyin boqiy tabiat ta‟sirida inson va uning ruhi vujudga kelgan.
Aslida tabiat uchun mavjud bo‗lish inson tomonidan idrok etilish, degan ma‘noni
anglatmaydi. Tabiat insonsiz ham, uning idrokisiz ham yashayveradi. SHu
ma‘noda u ob‘ektiv va birlamchi borliqki, usiz inson hayoti va faoliyati bo‗lishi
mumkin emas.
Birlamchi tabiat jonli ruhsiz jismlardan, ya‟ni ko„payish qobiliyatiga ega
bo„lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga
oshiradigan, lekin ongga ega bo„lmagan barcha narsalar, ya‟ni sayyoramiz
hayvonot va o„simliklar dunyosini o„z ichiga olgan butun biosferadan iborat.
U
barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Borliqning birinchi shakli – tabiat
nafaqat tabiatni, balki ikkinchi antropologik – inson tomonidan yaratilgan tabiatni
ham o‗z ichiga oladi. Ular o‗rtasida farq bormi? SHubhasiz, bor. Insonning bu
asosiy farqi uning
ongida
, ideal obrazlar bilan ish ko‗rish, ya‘ni mavhum fikrlash
1
Поппер К. Логика и рост научного знания.-М.: 1996.-С.110
37
va o‗zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‗ladi.
Ikkilamchi tabiat shaklida inson mehnati va bilimi moddiylashgan, ular odamlar
hayot faoliyatida muayyan vazifani bajarish uchun mo„ljallangan va shu sababli
azaldan teleologik, ya‟ni maqsadga muvofiqlik xususiyatiga ega.
Vaholanki,
tabiatning rivojlanishi tabiiy-tarixiy qonuniyatga bog‗liq bo‗lib, uni oldindan
belgilash va muayyan maqsadga bo‗ysundirish mumkin emas. Ikkilamchi tabiat
borlig‗ini uning o‗z-o‗zidan rivojlanish mantig‗iga ko‗ra, tushunib bo‗lmaydi.
Tabiat mashina ham, lokomotiv ham, elektr asboblar ham yasamaydi. Bularning
barchasi - inson mehnati mahsuli, tabiat yoki insonning tabiatdagi faoliyatini
boshqaruvchi inson xohish-irodasi organiga aylantirilgan tabiiy materialdir.
Bularning hammasi - inson qo‗li bilan yaratilgan inson miyasi organlari, bilimning
moddiylashgan kuchidir.
Ikkilamchi tabiatning borlig„i tabiiy material va
moddiylashgan ma‟naviy (ideal) mazmun, moddiylashgan faoliyat hamda ijtimoiy
vazifa birligidan hosil bo„lgan. Mazkur borliq nafaqat o„tmish, hozirgi zamon,
balki kelajak avlodlar qarshisidagi majburiyatdan kelib chiqqan borliq sifatida
namoyon bo„ladi.
Ba‘zan birlamchi – tabiat bilan ikkilamchi – inson tomonidan yaratilgan
tabiat o‗rtasidagi farqlar «tabiiy narsalar dunyosi» va «sun‘iy narsalar dunyosi»
atamalari bilan ifodalanadi. Ushbu farqlash nisbiy bo‗lsa-da, shu ma‘noda o‗rinliki,
birinchi tabiat – inson, kishilik sivilizatsiyasi, hattoki, insoniyatning mavjudligi
ham o‗tkinchi bo‗lganini isbotlaydigan cheksiz va boqiy borliqdir. Ikkilamchi
tabiat – sun‘iy narsalar dunyosi inson mavjudligining makon va vaqt chegaralari
bilan bog‗liq mevasi tarzida namoyon bo‗ladi.
Birlamchi tabiat nazariy jihatdan tabiatshunoslikning asosiy qonunlari
yordamida o‗zlashtiriladi. Sun‘iy narsalar dunyosida tabiat qonunlari odamlarning
o‗zgartiruvchi faoliyati orqali bog‗lanadi, ularning turli shaxsiy va ijtimoiy
manfaatlari bilan to‗qnashadi. SHu sababli ikki dunyo o‗rtasida nafaqat uyg‗unlik
va mushtaraklik munosabatlari, balki ziddiyat hamda qarama-qarshiliklar ham
yuzaga keladi. Bugungi kunda mazkur ziddiyatlar ba‘zi joylarda ekologiya va
energetika tanqisligi muammolari ko‗rinishida namoyon bo‗lmoqda
.
Xullas, borliq sof tabiat borlig„i (ya‟ni inson va uning faoliyatidan qat‟iy
nazar mavjud bo„lgan narsalar va jarayonlar borlig„i) va qo„lda yaratilgan tabiat
borlig„i (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar, jarayonlar borlig„i)ga
bo„linadi.
Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson
tomonidan yaratilgan tabiat birlamchi tabiatga bog‗liq. Bir tomondan, ikkilamchi
tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob‘ektiv, birlamchi borliq
mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va
bilimlari, uning qalbi o‗z ifodasini topgan.
Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari
va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma‟rifatli borliq,
moddiy va ma‟naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson yaratgan narsalar borlig‗i ko‗p jihatdan insonning o‗z borlig‗i bilan
bog‗lanadi, zero u bunyod etgan «ikkilamchi tabiat» avvalo uning turli-tuman
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. SHu sababli «ikkilamchi tabiat»ning
aksariyat predmetlari borlig‗i odamzot borlig‗i kabi o‗tkinchidir. Umuminsoniy
ahamiyat kasb etadigan muhim asarlar, odamlarning ko‗plab avlodlari uchun
38
qimmatli bo‗lgan moddiy madaniyat mahsullarigina o‗z borlig‗ini ma‘lum darajada
uzaytirish imkoniyatiga egadir.
Ammo tarix «birlamchi tabiat»ga xos bo‗lgan vayronkor jarayonlar
parchalanish, emirilish, oksidlanish va sh.k., shuningdek tez-tez takrorlanib
turadigan tabiiy ofatlar va ijtimoiy tangliklar bu oz sonli imkoniyatni yanada
kamaytiradi. SHunga qaramay insonning yangi narsalar yaratish jarayoni ularning
yo‗q bo‗lish jarayonidan ildamroq kechmoqda. SHuningdek, kuni bitgan eski
narsalar o‗zining avvalgi borlig‗ini yo‗qotib, asosan chiqindi, axlatga va tabiiy
muhitga yot bo‗lgan o‗zga lash-lushlarga aylanadi.
Pirovardida sun‘iy muhit tinimsiz yangilanib, hajman ko‗payadi va
kengayadi, tabiiy muhitni chetga chiqarib, uning o‗rnini bosa boshlaydi. Erda
odamlar soni o‗sgani sari bu jarayon tobora faollashib boradi.
Ammo Er, ayniqsa uning inson yashashi uchun yaroqli hududlari
sayyoraning olti milliarddan ortiq aholisi uchun torlik qilmoqda. Holbuki,
ko‗rsatilgan vaziyatga qaramay, Er aholisi soni jadal sur‘atlarda o‗sishda davom
etmoqda. Bu nomutanosiblik so‗nggi vaqtda «birinchi» va o‗ta kattalashgan
«ikkilamchi» tabiat o‗rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni yanada kuchaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |