Lokomotiv xo'jaligi tem ir yo'llarda tashish ishlarini tortish
vositalari bilan ta’minlash va ularni texnik talablari bo‘yicha saqlash
ishlarini olib boradi. Bu xo'jalikning asosiy qurilma va inshootlari
lokomotiv depolari, lokomotivlaming ayrim uzellarini ta’mirlash
bo’yicha ixtisoslashtirilgan ustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatish
punktlari, lokomotivlami ekipirovka qilish (moddiy ta’minlash) va
brigadalami almashtirish punktlari va zahiradagi lokomotivlar ba-
zalari kiradi.
Ekipirovka lokomotivni yoqilg‘i, suv, qum, moylash va art ish
materiallari bilan ta’minlab, ishlashga tayyorlash jarayonlarini o‘z
ichigi oladi.
Lokomotiv deposi lokomotiv xo'jaligidagi asosiy ishlab chiqarish
birligi bo‘lib, ular uchastka, saralash va yirik yo'lovchi stansiya-
larida quriladi. Yuk va yoMovchi poyezdlari uchun biriktirilgan
lokomotivlar parki boigan, lokomotiv binolari, ustaxonalar va
boshqa ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari bo'lgan,
lokomotivlami joriy ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va
ekipirovka qurilmalari bilan jihozlangan depolar asosiy depo deb
ataladi.
T a’mirlash ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish va ishlab -
chiqarish kuchlaridan unumli foydalanish maqsadida tem ir yo‘l-
larda ta’mirlash bazalari - ta’mirlash va lokomotivlar turlari bo‘yi-
cha ixtisoslashtirilgan depolar ham bunyod etiladi. Masalan,
lokomotivlami ko'tarm a (подъёмочный) ta’mirlash o‘ta yirik va
tegishlicha jihozlangan depoda bajarilib, boshqa depolar ushbu
turdagi ta’mirlash ishlaridan ozod etilishi mumkin. Bunday katta
ta’mirlash bazalari o‘zining biriktirilgan lokomotiv parkiga ega
bo’lmasliklari ham mumkin.
Lokomotiv tortish turi bo‘yicha depolar quyidagicha bo‘linadi:
teplovoz, elektrovoz, motorvagon, dizel, parovoz va aralash depo
lar. Katta tem ir yo‘l uzellarida yuk va yo'lovchi lokomotivlarini
ta’mirlovchi alohida depolar qurilishi mumkin.
159Qaytish punktlarida lokomotivlar poyezdlami orqaga olib qay-
tish uchun kutib turadi. Bu vaqt mobaynida ularga texnik xizmat
ko‘rsatiladi va lokomotivlar ekipirovka qilinadi.
Brigadalami almashtirish punktlari, asosan uchastka stansiyala-
rida olib boriladi va ushbu punktlar brigadalaming m e‘yoriy be-
to'xtov ishlash vaqtini hisobga olib joylashtiriladi.
Ekipirovka punktlari depo maydonida joylashtiriladi. Ayrim
hollarda ekipirovka qurilmalari poyezdlami qabul — jo ‘natish yo‘l-
larida joylashib, lokomotivlami joyida poyezddan ajralmagan holda
ta’minlash imkonini beradi.
Lokomotiviarga texnik xizmat ko^satish punktlari lokomotiv
depolarida, lokomotivlami ortga qaytarish va ekipirovka qilish
punktlarida joylashadi.
Lokomotiv depolari, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari, ustaxo
nalar, ekipirovka va boshqa inshootlarning joylashuvi va jihozlani-
shi lokomotivlardan unumli foydalanish, belgilangan miqdorda
poyezdlaming yurishini ta’minlash, lokomotivlardan unumli va si-
fatli foydalanish, lokomotiviarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish
va m ehnat unumdorligini ta’minlashi kerak. Barcha lokomotivlar
tem ir yo‘l yoki depo balansiga qo‘yilib inventar parkini tashkil
etadi. Bu lokomotivlar ishlatiladigan va tshlatilmaydigan parklarga
bo'linadi.
Ishlatiladigan park ishlayotgan (harakatdagi), ekipirovkada tur-
gan, texnik xizmat ko‘rsatilayotgan, qabul qilish va topshirish jara-
yonida bo‘lgan va poyezdga qo'shishni kutayotgan lokomotivlardan
iborat bo‘ladi. Ishlatilmaydigan park esa ta ’mirlash jarayonida
zaxirada turgan hamda . sovuq (o‘chirilgan) holda tashish jarayo
nida bo'lgan lokomotivlardan tashkil topadi.
Lokomotiviarga xizmat ko‘rsatish
va boshqarish tashkili
Elektrovoz va teplovozlami mashinist va uning yordamchisidan
iborat lokomotiv brigadalari boshqaradi. Elektrovoz va teplovozlar,
motorvagonli poyezdlar, manyovr lokomotivlami tem ir yo‘l bosh-
qarmasi mxsati bilan mashinist tom onidan yolg'iz boshqarishga
mxsat etilishi mumkin. Elektrovozli va teplovozli tortishlarda bir
lokomotiv brigadasi yagona mashinist xonasidan bir necha loko
motiv yoki doimiy bog'liq lokomotiv seksiyalarini boshqarishi
mumkin.
Elektrovoz va teplovozlami mashinist va uning yordamchisi
boshqaradi. Ularni boshqarishda haydovchilarni almashish uslubi
160keng tarqalgan. Haydovchilar lokomotiviarga biriktiriladi. Bu usul
qoMlanganda, lokomotivlar harakatsiz turib qolmaydi. Yordamchi
ishlarda esa (manyovr, vagonlari bir bekatdan ikkinchi bekatga uza
tish va boshqalar) ikkita, uchta va to‘rtta lokomotiv haydovchilari
aniq, lokomotivga biriktirib qo'yiladi.
Lokomotiv haydovchilaming ish vaqti 7-8 soat boMishi, juda
zarur hollarda esa 12 soatdan oshmasligi kerak.
Mashinistlarning belgilangan ish vaqti 7-8 soatdan oshib ketsa,
manzilga qaytish joyida ularga bosib o‘tilgan yo‘l vaqtining yarmi-
gacha dam beriladi.
Temir yo‘lda lokomotivlar har xil masofa oralig‘ida ishlaydi.
Asosiy depo bilan qaytish punktning oralig‘i ko‘pincha 100-150 km
bo‘lib, bu masofani tortish yelkasi deyiladi. Bunda asosiy A depoga
biriktirilgan lokomotivlar manzilga qaytish punkti В va V stansiya
borib qaytadi. Shuning uchun В va V punktlarning oralig‘i asosiy
deponing manzilga qaytish joyi deyiladi. Lokomotiv asosiy depo
stansiyasiga qaytish poyezdini olib kelgach poyezddan uziladi. qum
bilan ta’minlanib, lokomotiv haydovchilari almashtiriladi va yana
stansiyaga qaytib kelasi tarkibga uzatiladi. Lokomotivlar-ning bun
day ishlashi yelka usulida ishlash deyiladi. Ishni bu usulda tashkil
qilish ham kamchiliklardan holi emas. Bular lokomotivni tez-tez
poyezddan uzib turish, depoga hadeb kirib bekorga vaqtni o ‘tkazish
va bekat izlarini band qilish va hokazolardir (17.1a-rasm).
Asosiy tem ir yo‘llarda lokomotivlaming ishlash vaqtidan unumli
foydalanish uchun, aylana bo‘yicha yurish (17.1b-rasm) usuliga
o‘tildi. Bunda lokomotivlar asosiy depoga kirmasdan poyezddan
uzilmagan holda aylana bo‘yicha ishlayveradi. Lokomotiv haydov
chilari esa stansiyaning asosiy yo‘llari yoqasida almashtiriladi.
Bunda lokomotiviarga texnik qarov va ulami ishga tayyorlash m an
zilga qaytish punktlarida bajariladi.
Teplovoz va elektrovozlardan keng foydalanishda haydovchilar
o ‘z vaqtida almashtirilib turilishi, lokomotivlaming uzoq masofada
tarkibdan uzilmagan holda bir qancha masofa oralig'ida katta halqa
bo‘yicha aylanib ishlashiga olib keladi (17.2-rasm). Lokomotivlar-
ning katta masofada ishlashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha va tormozli
bo'lishi mumkin. K o'pincha lokomotivlaming tarmoqli ishlashi -
zona bo‘yicha ishlash deyiladi.
Hozirgi paytda lokomotivlami uzoq masofalarga yuritishda hay-
dovchilami o ‘z vaqtida almashtirib ishlatish uslubi yaxshi samara
bermoqda.
161Elektrovozlarga asosan qum, moy va artish uchun matolar ajra-
tiladi. Teplovozlarga esa, bundan tashqari, dizel yoqilg‘isi va max
sus tayyorlangan suv quyiladi.
Elektrovoz va teplovozlaming bosib o‘tgan yo‘li qum zaxirasi
bilan belgilanadi. Teplovozlarda bu masofa 500-600 km, elektro-
vozlar esa 1000 km va undan ortiqni tashkil etadi.
Lokomotivlami xom ashyo bilan ta’minlash uchun xo‘jalikda
moslashtirilgan izlar yoki usti yopiq binolar boiishi shart.
Elektrovozlaming tepasidagi tok qabul qilish moslamasini (pan-
tografmi) tekshirish uchun maxsus joylar (maydonchalar) boMishi
lozim.
Dizel yoqilg‘isi hajmi 4000 t ga teng bo'lgan katta rezervuar-
larda saqlanadi va zarur paytda nasos orqali maxsus tarqatuvchi
moslamalarga uzatiladi. Yoqilg'i rezinkali shlanglar yordamida tep
lovozlaming bakiga qo‘yiladi.
Asosiy depolarda lokomotivlami qum bilan ta’ninlash uchun
nam qumni saqlash omborlari, uni quritish va tarqatish mosla-
malari, balandga siqib chiqaradigan havo kompressorlari bor. Qu-
ritilgan qum tepadan rezinkali shlanglar yordamida lokomotivlami
ikki yonidagi qum cho‘ntaklariga oqib tushadi.
Suyuq moylar yer ustida yoki yerga ko'milgan idishlarda saq
lanadi. Quyuq yog‘lash moylari esa bochkalarda saqlanadi. Moy-
lami lokomotivga uzatish uchun nasoslardan va maxsus moy tar
qatish moslamalaridan foydalaniladi.
Asosiy depoga va tem ir yo‘lchilar turadigan joylarga suv uzatish
uchun alohida suv inshootlari quriladi. Bu qurilmalar suv chiqarish,
to‘plash, nasos stansiyalari, suv yurish quvurlari, suvni saqlash bi
nolari, suvni tarqatish va suvni yumshatish uskunalari va uni toza
lash asboblaridan iborat. Bundan tashqari, tem ir yo‘l korxona-
laridan chiqadigan ifloslangan suvlami to* plash, qayta tozalash va
uzatish inshootlari boMadi.
Lokomotivlarni texnik qarovdan o‘tkazish
va ta’mirlash
Texnik qarov o ‘tkazishning asosiy maqsadi harakat etuvchi sos-
tavni doimiy kam -ko‘stsiz va yaxshi holatda saqlash, detallarining
tez ishdan chiqishini kamaytirish, ishlash muddatini oshirish, uning
har doim ishga tayyor boTishini, ham da puxta va xavfsiz ishlashini
ta’minlash, yoqilg‘i va moylash materiallarining kam sarf etilishiga
erishishdan iboratdir.
162Texnik qarov, tozalash-yuvish, bo‘shab qolgan qismlami mah-
kamlash hamda sozlash va tekshirish ishlarining tartibli o ‘tka-
zilishi, kamchiliklarni o ‘z vaqtida bartaraf etishga imkon beradi.
Harakatdagi tarkib m a’lum masofani bosib o‘tgandan so‘ng
rejaga muvofiq texnik qarovdan o‘tkaziladi. Texnik qarovda bajaril-
gan ishlar hajmi qabul qilingan ro‘yxatda ko'rsatiladi.
Lokomotivlaming texnik qarovi takrorlanishi va bajariladigan
ishlaming hajmiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: Kundalik birinchi
texnik qarov (TO -1), ikkinchi texnik qarov (TO - 2), uchinchi
texnik qarov (TO-3), to‘rtinchi texnik qarov (TO-4) va kichik
hajmdagi ta’mirlash ishlarini o'tkazish (TR-1).
Kundalik texnik qarov (TO-1)
Kundalik texnik qarov o‘tkazish (teplovozni topshirish va qabul
qilish) 20-30 daqiqa davom etadi. Kundalik texnik qarovda quyi
dagi asosiy ishlar bajariladi: teplovozlami yo‘lga chiqarishdan oldin
uning xavfsiz harakatini ta’minlash uchun texnik holati ko‘zdan
kechiriladi, yo‘lda esa teplovozning ishlashi kuzatib boriladi.
Ikkinchi texnik qarov TO-2 ni maxsus joyda har xil kasbdagi
ishchilar o'tkazadilar. Bunda lokomotiv detallari ni tekshirish, moy
lash, bo‘shab qolgan qismlarini mahkamlash, sozlash va bosh-qa
ishlar bajariladi. Bu ishlami bajarish uchun, yuk tashish lokomo-
tivlariga 1-2 soat, yo‘lovchilami tashish lokomotiviarga esa 2 soat
atrofida vaqt ajratiladi.
Uchinchi va to‘rtinchi texnik qarov (TO-3, TO-4) va joriy tu-
zatish (TR-1) o'tkazilayotgan asosiy depoda (17.6-rasm) maxsus
ishchilar tom onidan lokomotivning barcha agregatlari sinchiklab
tekshiriladi.
Asosiy depoga biriktirilgan teplovozlaming texnik qarovi (TO-1,
TO-2, TO-3, TO -4 va quyidagi joriy TR-1) dasturini lokomotiv
deposi boshlig‘ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha muovini tasdiqlaydi.
Bu dasturda qilinishi kerak bo'lgan ishlami depo o 'z ishchilarining
kuchi bilan bajaradi.
9.5. Tiklagich va o‘t o'chirish poyezdlari
Ba’zi katta stansiyalarda, asosan lokomotiv xo'jaligi hududida
avariya va halokatlaming oldini olish uchun maxsus o't o'chirish va
tiklash poyezdlari turadi. Tiklovchi vositalar tizimi tiklash poyezd
lari, avtodrezinalar va yo‘1, kontakt tarmoqlari, aloqa tarmoqlarini
tiklash uchun avtodrezina va avtomobillardan iborat bo'ladi. Bular
163tem ir yo‘llarda sodir bo'lgan halokat va avariyalar oqibatini bartaraf
etish uchun xizmat qiladi. Bu poyezdlar tarkibida katta kuchli
ko'tarish kranlari, sanitar vagoni, yopiq vagonlar va ko‘tarm a kranli
platformali transport mashinalari, asbob — anjomlar va yo‘l ustki
tuzilmasi ehtiyot qismlari bo'ladi. Bu poyezdlarga doimiy ishchilar
poyezd boshlig'ining rahbarligida biriktiriladi. Shuningdek, avariya
bo'yicha dala brigadalari, ishlaydigan depo slesarlari, elektrome-
xaniklar va tem ir yo‘l ishchilari biriktirib qo'yiladi. Bu tiklash -
ta’mirlash poyezdlari stansiyaga yaqin yo'llarda har tarafga darhol
jo'nab ketadigan yo'llarda xizmat ko'rsatish uchun tayyor holda
saqlanadi. Yong'inga qarshi kurashish poyezdlari o'zining tarkibida
sisternalar va qudratli nasoslar hamda o't o'chirish qurilmalariga
ega bo'ladi. Ularning hammasi tezkorlik bilan yong'inni bartaraf
etishga qaratilgan.
MAVZU:LOKOMOTIV HO’JALIGI
REJA:
1.LOKOMOTIV HO’JALIGI HAQIDA
2.LAKOMOTIVLARGA XIZMAT KO’RSATISH VA BOSHQARISH TASHKILI
3.LOKOMOTIVLARNI TEHNIK QAROVDAN O’TKAZISH VA TAMIRLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |