Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Inson borlig‗i

Borliqning ikkinchi shakli – inson borlig„i, odam tanasining 
hayoti inson mavjudligining birlamchi sharti, shuningdek insonning tabiatning bir 
qismi sifatida jismoniy mavjudligi va alohida inson borlig„i sifatida namoyon 
bo„ladi.
Moddiy dunyoda inson tana sifatida mavjud bo‗ladi, binobarin, u hayot 
qonunlari, organizmlarning o‗sish va halok bo‗lish sikllari, tabiat sikllariga 
bog‗liqdir. Ruhga hayot baxsh etish uchun tanani hayot bilan ta‘minlash kerak. 
(Tana hayoti birinchi o‗ringa chiqib, hamma narsa, shu jumladan ruh hayoti ham 
uning panasida qolib ketganidan dahshatliroq narsa bo‗lmasa kerak.) Barcha 
ma‘rifatli mamlakatlarda insonning o‗z birlamchi ehtiyojlarini qondirish huquqi, 
hayotni saqlash bilan bog‗liq huquqi asosiy huquqlar sifatida tan olinib, yuridik 
yo‗l bilan mustahkamlab qo‗yilganligi bejiz emas.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga 
bo‗ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‗limga mahkum ekanligini belgilaydi. 
Inson borliq va yo‗qlik dialektikasi bilan bog‗lanadi, barcha tabiat jismlari kabi 
vujudga kelish, shakllanish hamda halok bo‗lish holatlaridan o‗tadi. Barcha tabiat 
jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga 
o‗tadi. Inson tanasi mavjud bo‗lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, 
sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson 
tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‗z-
o‗zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta‘minlash zaruriyati kelib 
chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega 
bo‗lish ehtiyojida o‗z ifodasini topadi; 
Insonning jonli tana sifatida mavjudligidan uning ob‘ektiv tarzda amal 
qiladigan va odamzot irodasiga ko‗ra bekor qilib bo‗lmaydigan irsiyat qonunlariga 
tobeligi kelib chiqadi. Bu inson borlig‗ining tabiiy-biologik imkoniyatlari bilan 
ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish zarurligini ko‗rsatadi. Inson azaldan o‗z tabiiy 


39 
imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish emas, balki ko‗proq ijtimoiy intilishlarini 
qondirish yo‗lidan borgani sababli hayotda tabiiydan ko‗ra asosan ijtimoiy vujud 
sifatida o‗z o‗rnini topgan. Inson ko‗proq o‗ziga «sirt»dan yuklangan ijtimoiy 
maqsadga bo‗ysunib, muayyan faoliyat bilan haddan ortiq shug‗ullandi, tabiatni 
buzdi, natijada uning ekologiyasida tanglik yuz beradi.
Ko‗p zamonlar davomida turli xalqlarning mutafakkirlari inson tanasi bilan 
uning aqli, joni, intilishlari, o‗y-kechinmalari, ma‘naviy qarashlari o‗rtasidagi 
aloqani izlaganlar. Inson borlig‗iga inson ruhining ta‘siri juda kuchli. Zero, moddiy 
ehtiyojlar ko‗pincha fidoyilik bilan qondiriladi. Inson o‗z ehtiyojini nafaqat tabiiy 
tarzda, balki tarixan shakllangan me‘yor va ideallarga muvofiq qondirib, bu 
ehtiyojlarni nazorat qilish hamda tartibga solishga qodir bo‗lgan yagona ijtimoiy 
vujuddir.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish