40
Ijtimoiy borliq jamiyat borlig‗i, uning moddiy ne‘matlar bilan bog‗liq
moddiy hayoti va ushbu jarayonda odamlar kirishadigan munosabatlar sifatida
tushuniladi. Odamlarning tabiatga va bir-biriga nisbatan moddiy munosabatlari
sifatidagi ijtimoiy borliq kishilik jamiyati shakllanishi bilan bir vaqtda yuzaga
kelgan hamda inson ongiga uncha bog‗liq bo‗lmagan tarzda mavjuddir.
Ijtimoiy borliqni odamlar hayot faoliyatining haqiqiy jarayoni sifatida
o‗rganish inson amaliyotining tahlili bilan bog‗liq. Amaliyot inson borlig‗ining
o‗zagi bo‗lib, u mazkur borliqning qolgan barcha o‗ziga xos xususiyatlarini
tushunish imkonini beradi. Amaliyot o‗zagini esa mehnat tashkil etadi. Inson
mavjudligining barcha ildizlari mehnatning shakllanishi, uni tashkil etish, amalga
oshirish va uning natijalari bilan muayyan darajada bog‗liqdir. Bu borada tarixning
materialistik talqini idealistik talqindan jamiyat hayotida moddiy ishlab
chiqarishning birlamchiligi g‗oyasi bilan ajralib turadi.
Bu borada materializm va idealizmni butunlay qarama-qarshi qilib
qo‗ymasdan, bir tomonlama talqin qilmasdan quyidagilarni ta‘kidlash lozim. Bu
ta‘limot «Inson bor bo‗lishi uchun nimagadir ega bo‗lishi kerakmi yoki yo‗qmi?»,
«Agar umr o‗tkinchi bo‗lsa, jon tanaga, tana esa borliqqa «mehmon», ya‘ni
o‗tkinchi ekan, unda bir tanaga qancha narsa kifoya qiladi?» degan masalaning
echimi hamma zamonlarda odamzot uchun doimiy mavzu bo‗lib kelayotgani
sababli azaldan hozirgi kungacha o‗z ahamiyatini yo‗qotmay kelmoqda. Bu
masalaning zamirida yana shu jihat, ya‘ni o‗z umrining o‗tkinchiligini yaxshi
anglaydigan odamzotning moddiy manfaatlari bilan bog‗liq tomoni bo‗lmaganida
edi, borliqqa ushbu yondashuvning umri qisqa bo‗lar, odamlar nima birlamchi,
moddiylikmi yoki ruhmi, tanami yoki jonmi, deya bahslashib yurmagan bo‗lar edi.
Faqat moddiylik va tana bilan yashab bo„lmagani kabi ruh va jonni
mutlaqlashtirish ham bu masalaning echimi, degani emas. Inson borlig„i ana shu
ikki tomonning uyg„unligi, uzviy birligi va yagonaligi bor bo„lganida mavjud bo„la
oladi, bundan boshqa tarzda inson borlig„i yo„q va bo„lmaydi ham.
Ijtimoiy borliq borliqning boshqa, chunonchi, notabiiy va tabiiy shakllari
bilan uzviy bog‗liqlikda qaraladi. Ijtimoiy borliq mazkur sohalar bilan uzluksiz
o‗zaro ta‘sirga kirishmasa mavjud bo‗lmaydi va rivojlana olmaydi. «SHu erda» va
«hozir» zohir bo‗lgan borliqda borliqning uch shakli (jonsiz, jonli va ijtimoiy
borliq) bir-birini taqozo etgan va bir-biriga ta‘sir ko‗rsatgan holda mavjud bo‗ladi.
Jonli borliq konstantalari, inson tanasi, odam fiziologiyasining amal qilish
qonunlari ijtimoiy borliq chegarasini amalda cheklaydi. Ayni vaqtda, ijtimoiy
borliqning shakllanishi va rivojlanishi tabiiy chegaralarning uzluksiz torayib,
ijtimoiy chegaralarning muttasil kengayib borishini nazarda tutadi.
Ijtimoiy borliq qaytmas tarixiy jarayon ontologiyasini tashkil etadi, u
muayyan tarixiy xususiyatga ega va har bir davrning muhim muammolarini o‗z
ichiga oladi. SHu sababli ijtimoiy borliq uning moddiyligi va doimiy o‗zgaruvchi
jarayonligi birligida, nafaqat individlar hayot faoliyatining natijasi, balki borliqni
tashkil etishning muayyan tarixiy va sivilizatsion betakror jarayoni sifatida
tushunilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: