34
mutafakkir F.Brentano (1858-1917), nemis faylasufi va fenomenologiya asoschisi
E.Gusserl (1859-1938), «tanqidiy ontologiya» asoschisi N.Gartman (1882-1950) va
M.Xaydeggerlar tomonidan qo‗yildi. Ularning fikricha,
borliq moddiy-predmetli
dunyoga bog‗lanmaydigan ko‗p darajali jarayon sifatida namoyon bo‗ladi.
Borliqning ko‗p darajaliligi uning shakllaridan har birining o‗ziga xosligini va biri
ikkinchisiga bog‗lanmasligini nazarda tutadi. Borliqning har bir shakli tarixan
rivojlanuvchi va o‗zgaruvchi borliq sifatida tushunilishi lozim.
Ayni damda borliq shakllari to‗g‗risidagi masalani ko‗rib chiqishda mavjud
bo‗lgan ayrim tasniflarni aytib o‗tish o‗rinlidir.
Xususan, V.P.Tugarinov fikriga
ko„ra, borliq juda sodda tushuncha. U jonsiz tabiat dunyosida mavjudlikni
anglatadi. Tabiiy dunyoda borliq «hayot» degan yangicha ta‟rif kasb etadi,
jamiyatda esa, u odamlar hayot faoliyatining haqiqiy jarayonidir.
Borliqning
mazkur uch shakli birga mavjud bo‗lib, o‗zaro ta‘sirga kirishadi, lekin, shunga
qaramay, o‗ziga xos xususiyatini yo‗qotmaydi. Umumiy universum evolyusiyasida,
dunyo borlig‗ining qaytmas jarayonida ular oldinma-ketin harakat qiladi. Jonsiz
narsalarga ba‘zan ontologik markazga ega bo‗lmagan narsalar sifatida qaraladi. Bu
dunyoda birlik o‗zaro ta‘sirlar qonuniyati sifatida namoyon bo‗ladi. Tabiiy olamda,
tirik modda yoki tirik mavjudot to‗g‗risida so‗z yuritilgan
holda doim ontologik
markaz mavjud bo‗ladi, u o‗z makoni, o‗z vaqtini, hatto, o‗ziga xoslikni ham
nazarda tutadi. Barcha jonli narsalar o‗z ichki borlig‗iga ega bo‗lib, biologiyada bu
«organizm» va «muhit» tushunchalari bilan ifodalanadi. SHu masalada I.Kant
«maqsadsiz maqsadga muvofiqlik» g‗oyasini ilgari surgan
1
. Xuddi shu belgi biroz
o‗zgartirilgan ko‗rinishda - «anglab etilgan maqsadsiz maqsadga muvofiqlik» -
jonli tabiat borlig‗ining negizi sifatida tushunilishi mumkin. Tirik organizmlar
hayotiy borlig‗i o‗ta maqsadga muvofiqdir, lekin ular umumiy evolyusiya
jarayonining borishi va yo‗nalishini bilishga qodir emas. N.Gartman borliqning
oliy kategoriyalari va qadriyatlar azaldan kuchsiz, deb hisoblagan. Materiya –
jonsiz dunyo qancha mustahkam va mustaqil bo‗lsa, jonli shakllar shuncha zaifdir.
Bunda hayvonlar o‗zaro ta‘sirning rang-barang tashqi shakllariga o‗simliklarga
qaraganda ko‗proq bog‗liq. Kuchsiz, yaxshi moslashmagan va nozik jonzot – inson
tabiatning bo‗g‗uvchi bag‗ri bilan o‗zining o‗rtasida sun‘iy dunyoni yaratibgina
himoyalanishga qodirdir.
F.Gegel «Mantiq fani» asarining birinchi bo‗limi – «Borliq
haqidagi
ta‘limot»da borliqning uch shaklini qayd etib, ular borliqning eng birinchi, ayni
vaqtda eng sodda, ya‘ni eng mavhum shakllari ekanligini ta‘kidlagan. Borliq uch
daraja: sifat, miqdor, o‗lchovdan iborat.
Sifat, eng avvalo, borliq bilan bir xil
muayyanlikdir, binobarin, o„z sifatini yo„qotgan narsaning mohiyati ham
o„zgaradi. Miqdor esa, aksincha, borliqqa nisbatan tashqi, unga uzviy bog„liq
bo„lmagan muayyanlikdir. Masalan, uy katta yoki kichkina bo„lishidan qat‟iy
nazar, uyligicha qoladi; qizil rang ochroq yoki to„qroq bo„lishidan qat‟iy nazar,
qizilligicha qoladi. Borliqning uchinchi darajasi - o„lchov dastlabki ikki
darajaning birligi – miqdoriy sifat, ya‟ni me‟yordir. Barcha narsalar o„z
o„lchoviga, ya‟ni miqdoriy aniqlikka ega bo„lib, katta yoki kichkina bo„lish ular
uchun ahamiyatsizdir. Ayni vaqtda, bu ahamiyatsizlik ham o„z chegarasiga ega.
1
Кант И.//Всемирная энциклопедия.-М.: Современный литератор, 2001.-С.566
35
Mazkur chegara buzilgan, ya‟ni narsalar yanada kattalashgan yoki kichraygan
taqdirda, ularning mohiyati o„zgaradi
1
.
Materializm nuqtai nazaridan «borliq», «mavjud borliq» kategoriyalariga
asosan moddiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yondashilganini ko‗ramiz. Inson hayoti
ma‘nosi va koinot asoslarini tushunib etish bilan bog‗liq azaliy falsafiy kategoriya
sifatidagi borliqqa Prudon, L.Feyerbax, Dyuringlar ham to‗xtalib o‗tgan.
Bu masalani ushbu jihatdan tahlil qilish dunyoning ikki ta‘rifi, ikki xossasi:
borliqqa ega bo‗lish va moddiylikka ega bo‗lishni namoyon etadi. Birinchi xossa -
borliqqa ega bo‗lish ikkinchi xossaning shartidir, chunki moddiy bo‗lishdan oldin
mavjud bo‗lish kerak. Mazkur qarashga ko‗ra, biz borliq haqida so‗z
yuritganimizda, birlik muhokama qilinayotgan barcha narsalar amalda
mavjudligidangina iborat bo‗lishi mumkin.
Iqtisodiy hayot va ishlab chiqarish usulining tahlili ekzistensiya
muammolarini chetga surib qo‗yadi. Har bir odamning
ong ostida borliqning
haqiqat, ezgulik va go‗zallik bilan birligiga azaliy ishonch yashaydi. Bizning
borlig‗imiz o‗z manbasi va inson bo‗lishdan iborat bo‗lgan asosiy vazifasiga ko‗ra
hayotni quvonch bilan idrok etish, adolatga intilish kiradi. SHu bois borliqni
«shakl-shamoyilsiz kosmik muayyanlik» sifatida emas, balki inson ruhida
kechadigan alohida psixologik vaqt nuqtai nazaridan tahlil qilish juda muhimdir.
D.Lukachning «Odamlar borlig‗i ular hayot faoliyatining haqiqiy
jarayonidir»
2
, degan ta‘rifi ancha sodda bo‗lsa-da, borliqni kompleks,
umumlashtiruvchi tushuncha sifatida anglab etishga yo‗naltiradi.
Hayot
faoliyatining haqiqiy jarayoni sifatidagi borliq ayrim odamlar va avlodlar
faoliyatining ob‘ektiv belgilangan sharti hamda asoslari xususiyatiga ega bo‗lgan
hamma narsa va hodisalarni qamrab oladi. Bu ta‘rif Er va koinotning barcha
jarayonlarini, inson hamda insoniyat yaratgan hamma narsalarni, shuningdek,
odamlarning munosabatlari, ularning muassasalari va ijtimoiy institutlarini ham o‗z
ichiga oladi.
D.Lukachning fikriga qarshi o‗laroq, amerikalik olim G.Saymon borliqni
«sun‘iy narsalar dunyosi» va «tabiiy narsalar dunyosi» sifatida tahlil qilishni taklif
etadi
3
. Mazkur yondashuv bu ikki dunyoning alohida qonuniyatlari va
muammolarini, ularning o‗zaro ta‘siri imkoniyatlarini hamda bir-biriga o‗tish
nuqtalarini aniqlash imkonini beradi.
Ba‟zan borliqning shakllari ierarxiyasida haqiqiy borliq sifatida «o„zida
borliq» va hodisalarning bevosita mavjud dunyosi sifatida «biz uchun borliq»
farqlanadi.
O‗zida borliq yuzada yotuvchi kuchlarga qaraganda yuksakroq
tushuncha sifatida qaraladi.
U idrok etiluvchi barcha narsa, hodisalarning birinchi
asosini tashkil etadi. Bu ierarxiyaning boshqa bir vazifasi ob‘ektivlik va
sub‘ektivlikni farqlashga intilishdir. O‗zida borliq biz uchun borliqning cheksiz
in‘ikoslarining cheksiz soniga aylanadi. Biz uchun borliq kechinmalar kompleksi
bilan bevosita bog‗liq, u dezantropomorf xususiyatga ega bo‗lishi mumkin emas,
1
Гегел Г. Наука логика..-М.: 1995.-С.78
2
Лукач Д..Онтология социального бытия.-М.: Луч, 2001.- С.45.
3
Саймон Г. Наука об искусственном.-М.: АСТ, 1996.-С .79
36
asosan axloqiy, ba‘zan diniy xususiyatga egadir. Fan o‗zida borliqni sub‘ektiv
yondashuvsiz, mumkin qadar aniq aks ettirishga harakat qiladi.
D.Lukachning mazkur yondashuvidan tanqidiy ratsionalizm asoschisi
K.Popperning borliq muammosiga nisbatan quyidagi o‗ziga xos yondashuvi farq
qiladi: «Biz quyidagi uch dunyo yoki universumni farqlashimiz mumkin: birinchi -
jismoniy ob‘ektlar yoki jismoniy holatlar dunyosi; ikkinchi - ong holatlari, fikrlash
mental holatlari dunyosi, balki, harakatga
hozirlik holatlari dunyosi; uchinchi -
tafakkurning ob‘ektiv mazmuni, eng avvalo ilmiy g‗oyalar, poetik fikrlar va san‘at
asarlari mazmuni dunyosi»
1
.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida borliqning beshta asosiy shakli
farqlanadi
.
Birinchi shakl sifatida tabiat jarayonlari va inson tomonidan yaratilgan
narsalar borlig‗i qayd etiladi. Boshqacha aytganda, borliqning mazkur shakli tabiiy
tabiatni va inson tomonidan yaratilgan tabiatni qamrab oladi. Ikkinchi shakl inson
borlig‗ini qamrab oladi. Uchinchi shakl – ma‘naviy borliq. U individuallashtirilgan
(sub‘ektdagi) ma‘naviy borliq va ob‘ektivlashtirilgan (individdan tashqaridagi)
ma‘naviy borliqqa bo‗linadi. Borliqning to‗rtinchi shakli - ijtimoiy borliq. U ayrim
insonning tabiat va tarixdagi borlig‗iga va jamiyat borlig‗iga bo‗linadi. Borliqning
beshinchi shakli vertual borliq bo‗lib, u XXI asr axborot texnologiyalari vositasida
yaratiladi.
SHunday qilib, tabiat, inson, ma‟naviyat va ijtimoiylik borliqning asosiy
shakllaridir
.
Do'stlaringiz bilan baham: