Нигинахон шермухамедова


Insonning paydo bo‗lishi va evolyusiyasi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Insonning paydo bo‗lishi va evolyusiyasi.
Inson faol asos sifatida o‗z 
shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridanoq o‗zini qurshagan muhitga 
o‗zgartiruvchi ta‘sir ko‗rsata boshladi. Arxeologik qazishlarning natijalari va 


46 
antropologik tadqiqotlar bu «omilkor odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat 
va uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o‗z manfaatlarida o‗zgartirishga 
harakat qilgan 2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko‗rsatadi. Inson o‗zini 
qurshagan dunyoga bungacha tabiatda mavjud bo‗lmagan predmetlarni olib kira 
boshladi. Avvaliga bu mehnat, ro‗zg‗or va turar joy predmetlari bo‗lgan. So‗ngra 
ariqlar, to‗g‗onlar, binolar, inshootlar va inson faoliyatining shunga o‗xshash 
natijalari paydo bo‗ldi.
Endilikda, uchinchi ming yillikda inson butun sayyora bo‗ylab joylashib, 
o‗zining o‗zgartiruvchi imkoniyatlarini ko‗p karra ko‗paytirib, tabiatda ilgari hech 
qachon mavjud bo‗lmagan yangi narsalar va hodisalarning katta bir dunyosini 
yaratdi. U izchil ish ko‗rib, shaharlar va aholi yashaydigan joylar, sanoat 
korxonalari va texnik qurilmalar, yo‗llar, mashinalar, aerodromlar va shu 
kabilardan iborat infratuzilma tarmog‗ini yaratib, Erning tabiiy shakl-shamoyilini 
tanib bo‗lmaydigan darajada o‗zgartirdi. Bularning barchasi ham jonsiz tabiatdir, 
ammo inson tomonidan yaratilgani bois, u tabiiy emas, balki sun‘iy xususiyat kasb 
etadi. SHu bois u tadrijiy rivojlanadigan, insonning xohish-istagi va aralashuvisiz, 
undan qat‘iy nazar mavjud bo‗lgan 
«birlamchi»
tabiatdan farqli o‗laroq, 
«ikkilamchi tabiat»
sifatida talqin qilinadi. (bu haqda borliqning shakllarida to‗liq 
ma‘lumot berilgan) 
Tirik tabiat yoki Hayotning paydo bo‗lishi.
Tirik tabiat borlig‗i hayot 
bilan bevosita aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo‗lish – yashash 
demak, bo‗lmaslik – hayotdan mahrum bo‗lish, o‗lish, ya‘ni jonli organizm sifatida 
boshqa mavjud bo‗lmaslik demakdir. Erda hayotning paydo bo‗lishi muammosi 
doimo insonning diqqat markazida bo‗lgan va odamzot uchun ulkan jumboqlardan 
biri bo‗lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga etish uchun barcha zamonlarda 
o‗z aqli va tasavvuri kuchidan to‗la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik 
imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o‗z rivojlanishida ancha olg‗a 
siljigan bugungi kunda ham bu muammo o‗zining to‗la echimini topgan deb aytish 
mushkul. Ayni shu sababli jonli modda jonsiz moddadan evolyusiya yo‗li bilan 
paydo bo‗lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib 
chiqishining o‗z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog‗lanadigan turli 
nazariyalari ham amal qilishda davom etmoqda.
Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning 
mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar 
va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha 
narsalari va hodisalari ham ega bo‗lgan. Tegishli e‘tiqodlar 
animizm
degan nom 
olgan. (bu haqda birinchi mavzuda to‗liq ma‘lumot berilgan)
Aristotel
(mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o‗rta asr 
sxolastikasida va 
Leybnits 
(1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi 
kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. 
entelechia
– o‗z-o‗zida 
maqsadga ega bo‗lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va 
uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, 
irratsional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan 
falsafiy ta‘limot – vitalizm (lot. 
vitalis 
– jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi. 
Hayot paydo bo‗lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» Erga kosmosdan 


47 
kelgani, go‗yoki Erda tajriba o‗tkazayotgan o‗zga sayyoralik kelgindilar va 
hokazolar haqida juda ko‗p har xil g‗oyalar ilgari surilgan.
SHu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot 
bormi, degan savol mutlaqo o‗rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar Koinotda son-
sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi mumkinligi haqidagi 
fikrning o‗ziyoq Erdan boshqa joyda ham hayot mavjudligini taxmin qilish uchun 
asos bo‗ladi. SHuningdek, Koinot miqyosida juda kichkina va hozirgi inson 
o‗rganishi uchun imkoniyat mavjud bo‗lgan Quyosh sistemasi xususida ham 
hayotning biron-bir shakllari mavjudligi yoki mavjud emasligini qayd etish uchun 
etarli axborot hozircha yo‗q. Mazkur vazifa faqat mushohada yuritish yo‗li bilan 
hal qilinishi mumkin emas va eksperimental tadqiqotlar o‗tkazishni talab qiladi. 
Inson ilmiy-texnika imkoniyatlarining o‗sish sur‘atlariga qaraganda, Quyosh 
sistemasida Erdan boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi 
yaqin kelajakda o‗z echimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u inson 
bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib qoladi. SHuningdek, hayot u 
Erda namoyon bo‗lgan tarzda va faqat shunday usulda mavjud bo‗lishi mumkin, 
deb aytish uchun biron-bir asos mavjud emas.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish