436
o„rtasidagi o„zaro aloqani tavsiflaydi
. Har qanday hodisa o‗z miqdor
ko‗rsatkichlarining katta yoki kichik qiymatlarida o‗zining sifat ko‗rsatkichlarini
saqlab qolishi mumkin. Ammo mazkur sifat yo‗l qo‗yuvchi ularning o‗zgarishlari
ma‘lum chegaraga ega. Miqdor o‗zgarishlarining bu
chegaradan chetga chiqishi
mazkur sifat yo‗q bo‗lishi va uning o‗rnida boshqa sifat paydo bo‗lishiga olib
kelishi mumkin.
Masalan, suv o‗zining suyuq holatini 0 dan 100 gradusgacha bo‗lgan
temperatura o‗zgarishlarida saqlashi mumkin. Ammo bu oraliq chegarasidan
tashqaridagi temperaturada suv gazsimon yoki qattiq holatga o‗tadi (atmosfera
bosimi normal bo‗lganda). Oraliq yoki «interval» {00, 1000} – bu suvning
suyuqlik sifatida mavjudlik me‘yori.
Me‟yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o„zgarishlari narsaning
sifatiga putur etkazmaydi. Me‟yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki,
bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog„liq. Me‟yor – bu miqdor
ko„rsatkichlari yoki o„zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo„lishi mumkin
bo„lgan muayyan oralig„i hamdir. Me‟yor – predmet borlig„ining chegarasi
. U
predmet xossalari miqdor va sifat o‗zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi.
Gegel fikricha, «Hamma narsa o‗z me‘yoriga ega, ya‘ni miqdor jihatidan aniqdir»
1
.
Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan
molekulalardagi kislorod
atomlarining miqdoriga ko‗ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar
tavsifida me‘yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan
«ko‗proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me‘yori buziladi va butunlay boshqa
narsa – jinoyat namoyon bo‗ladi, aynan «ko‗proq» va «kamroq» orqali adolat
haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‗tadi»
2
. Masalan, huquqda
qilmishning ijtimoiy
xavflilik darajasi va jazo chorasi o‗rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me‘yor
tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‗zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda
kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‗tishi dunyo
evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi.
Me‘yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash,
turli sistemalarning
o‗tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan
sintezidir
. Uning borlig‗i ob‘ektga xos bo‗lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda
tutadi. Olamning ko‗p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va
mustaqilligi bilan ta‘minlanadi. Ammo olam, shu
jumladan har qanday predmet
muttasil o‗zgarishda bo‗ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir
paydo bo‗lgan va qachondir halok bo‗ladi. Dunyo o‗zgaradi va ayni vaqtda
o‗zligini saqlab qoladi, o‗z-o‗ziga nisbatan ayniy bo‗ladi.
SHunday qilib, narsalar va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega
bo‗ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‗rtasida
uzviy aloqa
mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‗liq emasdek bo‗lib tuyulishi
mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‗rtasida dialektik aloqa
mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir
vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‗q. Mazkur sifatga qo‗shimcha tarzda doim
1
Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1.М.: – С.145.
2
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467.
437
qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan,
uzunligi
Amudaryo ustida qurilgan ko‗prikning uzunligiga teng bo‗lgan stolni
ko‗rmaganmiz. SHuningdek oyoqlarining uzunligi 5 m bo‗lgan odamni tasavvur
qilish ham qiyin. SHunday qilib, har qanday sifat falsafada me‘yor deb ataladigan
miqdor chegarasiga ega bo‗ladi. Miqdorning me‘yor doirasida o‗zgarishi sifatning
o‗zgarishiga sabab bo‗lmaydi, lekin me‘yordan oshilganda narsa o‗zining avvalgi
mohiyatini yo‗qotadi. Miqdor va sifat o‗zgarishlarining bunday o‗zaro ta‘siriga
ko‗p sonli dalillarni keltirish mumkin. Masalan, jismning tezligi sekundiga 1000,
2000, 7910 metr bo‗lsa, u erga yiqiladi. Agar jismning tezligi atigi bir birlikka
oshirilsa va u sekundiga 1911
metrga etkazilsa, jism Erdan ko‗tariladi va uning
yo‗ldoshiga aylanadi. Demak, miqdor o‗zgarishlari, agar ular me‘yor doirasida yuz
bersa, sifatni butunlay o‗zgartirmaydi. Biroq, agar bu o‗zgarishlar me‘yor
chegarasidan chetga chiqsa, o‗zining muayyan miqdori va o‗z me‘yoriga ega
bo‗lgan yangi sifat vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: