438
jarayoni bo‗lib, u miqdor o‗zgarishlarinigina emas, balki sifat o‗zgarishlari, shu
jumladan inqiloblarni ham o‗z ichiga oladi. Tor ma‘noda «evolyusiya» deganda
inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi
ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu jamiyatni asta-sekin
o‗zgartirmaydigan, balki unda tub o‗zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat
hayotining biron-bir muhim tomonini o‗zgartirish bo‗lib, bunda uning iqtisodiy va
davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
SHunday qilib, miqdor va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tish qonuni
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil
qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me‘yor», «sakrash» kategoriyalari
yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi,
harakati va o‗zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib,
ob‘ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‗tishning ichki
mexanizmini yoritadi. Hodisalarning o‗zgarish jarayonlari umuman olganda
harakat
kategoriyasi bilan tavsiflanadi. Bunda harakat o‗ta keng ma‘noda –
makonda ko‗chish sifatidagina emas, balki
makon va vaqtda yuz beruvchi sifat va
miqdor o„zgarishlarining har qanday ketma-ketligi
sifatida tushuniladi. Harakat
jarayonida bu o‗zgarishlar o‗rtasidagi nisbat bo‗ysunadigan umumiy qonuniyat
miqdorning sifatga o‗tish qonuni deb ataladi. Harakat jarayonida miqdor
o‗zgarishlari to‗planib, me‘yor chegarasiga etadi va sifat o‗zgarishlariga o‗tadi.
Harakat ziddiyatli xususiyat kasb etadi: unda o„zgarish o„zgarayotgan
narsaning saqlanishi bilan uyg„unlashadi.
Aytish mumkinki, biror narsaning
o‗zgarishi – bu uning saqlanish usuli yoki, boshqacha aytganda, biror narsaning
saqlanishi uning o‗zgarishi shartidir.
SHunday qilib, harakat ikki qarama-qarshi jihat:
o„zgaruvchanlik va
barqarorlikni o„z ichiga oladi.
Fizikada bu jihatlar energiya va massa
tushunchalari bilan ifodalanadi. Energiyaga ob‘ektning o‗zgaruvchanligi, o‗zgarish
qobiliyatining me‘yori sifatida, massaga – ob‘ektning barqarorligi, inertligi, o‗z
holatini saqlash qobiliyati me‘yori sifatida qarash mumkin.
Ko‗rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib
bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning
yo‗nalishini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: