O‘qish, tinglash paytida bajariladigan mashqlar o‘qish, tinglash jarayoni
davomida amalga oshiriladi. Ular o‘quvchi, tinglovchilarga o‘qish, tinglash uchun
berilgan parchalarning mazmunini, parcha qanday yozilganligini va yozuvchi-
ning maqsadini tushunishga yordam beradi.
O‘qish, tinglashdan keyin bajariladigan mashqlar matnni o‘qigandan,
tinglagandan so‘ng amalga oshiriladi va ular o‘quvchi, tinglovchini matn
mazmunidan tashqariga olib chiqadi. Ular o‘quvchi, tinglovchini matnni o‘z
qarashlari, qiziqishlari va bilimlariga bog‘lashga yoki matndan olgan ma’lumoti
yuzasidan biror ish qilishga undaydi. 3 bosqichli yondashuvning maqsadi o‘qish,
tinglashni osonlashtirish va o‘quvchilarga tabiiy usulda o‘qish, tinglashga
yordam berishdir. Kundalik hayotimiz davomida agar gazeta o‘qiydigan bo‘lsak,
biz avval sarlavhalarga qaraymiz va umumiy tasavvurga ega bo‘lamiz, so‘ngra
diqqat bilan, batafsil ko‘rib yoki o‘qib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |