7
Eslatmalar
Bular darslikning ostki qismida joylashgan bo‘lib, yangi til materialini o‘zida
mujassamlashtirgan. Ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars maqsadini tezda
ilg‘ab olishlariqa o‘ng‘ay. Yangi til yoki qurilmani tanishtirishdan oldin yoki
keyin o‘qituvchilarga o‘quvchilarning e’tiborini Eslatmadagi
misollarga qaratishi
lozimligi tavsiya etiladi.
Ijodiy ish
Ijodiy ish bu kursning muhim qismidir. U har bir bo‘limdagi yakuniy faoliyati
bo‘lib, oldingi beshta darsda o‘rganilgan bilimga asoslangan. U o‘quvchilarga
bu darslarda o‘rgangan narsalarini o‘zi bilmagan holda, erkinroq va o‘qituvchi
tomonidan kam nazorat qilingan holda o‘zicha qo‘llashga imkoniyat yaratadi.
Ijodiy ish o‘quvchilarga o‘z bilimi darajasida ishlashga imkon beradi;
vazifani
bajarish davomida kuchli o‘quvchilar ko‘proq va murakkabroq, o‘zlashtirishi
qiyin bo‘lgan o‘quvchilar esa, qisqa va oddiy ishlarni bajaradi. Ijodiy ish o‘quv-
chilarga o‘z ishlari, bilimlari va yaratuvchanligidan faxrlanishga imkon beradi.
Shu sababli o‘quvchilar uchun bir-birining ishlarini ko‘rishga sharoit yaratish
maqsadida sinfxona bo‘ylab Ijodiy ish darsi davomida yasalgan plakat va
chizilgan rasmlarni namoyish qilish juda muhimdir. O‘quvchilardan
boshqa
o‘quvchilarning ishlarini baholash ham so‘ralishi mumkin.
Ijodiy ish davomida o‘quvchilar yozish jarayoniga tortiladi. Bunda ular mavzu
yuzasidan fikrlar, qaydlar yozadilar. So‘ngra ular bu qaydlardan tavsiflar,
maqolalar, xatlar, hikoya va she’rlar yozishda,
plakatlar yasashda, dasturlar
tuzishda foydalanadilar. Ular rasmlar qirqadilar va chizadilar, xarita, grafik
tuzadilar, interview uyushtiradilar va h.k. Shu sababli o‘qituvchida
materiallar,
qaychilar, chizg‘ichlar, qog‘oz, yelim, qog‘oz qiyqimlari va sh.k. solingan quti
bo‘lishi foydadan xoli emas. O‘qituvchi Ijodiy ish bo‘lishidan oldin o‘quvchilardan
bu narsalarni olib kelishni so‘rashi ham mumkin.
Yana bir muhim narsa — bu Ijodiy ishni tanlab olishdir. Ijodiy ish avvalida qiyin
bo‘lmasligi kerak va uni bir necha qism va bosqichlarga bo‘lgan ma’qul.
Ijodiy ishlarni har doim bir xil guruhlarda tashkil etish maqsadga muvofiq,
chunki
o‘quvchilar bir-biri bilan muntazam hamkorlikda ish olib borishadi. O‘qituvchi
uchun Ijodiy ish darslari yuzasidan batafsil uslubiy tavsiya o‘qituvchi uchun
metodik qo‘llanmada berildi.
Ijodiy ish davomida tayyorlangan plakatlarni ota-onalarga bolalarning ingliz
tilini qay darajada o‘zlashtirayotganliklarini ko‘rsatish uchun ham foyda-
lanishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: