Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari
Darsliklarda mualliflar mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida
turli-tuman mashqlarni kiritishga harakat qildilar. Mustaqil o‘rganish
ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishlash turlichadir. U lug‘at, jadvallardan
foydalanish, o‘ziga qayd qilib qo‘yish, harflarning o‘qilish qoidalariga murojaat
qilish, grammatik ma’lumotlardan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlari o‘quvchilarga amaliy
ishlash usullarini o‘rgatadi va ularni mustaqil ishlashga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |