Sog'inib yashayman diydoringizni.
"Kulib yuring..."
Kulib yuring sizga yarashar kulgu,
Sizga yo'lolmasin g'amlar-u qayg'u,
Istagim shu mening hamda talabim
Kulib yuring sizga yarashar kulgu.
Dunyoga kelamiz o'zi bir marta,
Dardlarga ko'milib yashaymiz nechun,
Unuting barchasin siz sekin asta,
O'zgacha hayotni boshlaymiz bugun.
Armonni unuting qiling orzular,
Eng yaxshi hayotga arziysiz axir,
Javobsiz qolmagay go'zal tuyg'ular,
Har kimga baxt bilan yaralar taqdir.
Oila bag'rida yayrang quvoning,
Soniyalar ortga qaytmaydi hatto,
Yaqinlar so'ziga doim ishoning,
Mehr qo'rg'oniga aylansin dunyo.
Dilingizda saqlamang hech bir adovat,
Do'stlaringiz bilan baham: |