Ko'z yoshlarim endi bo'ldi-ku ummon,
Sizsiz bu hayotga ko'nikish gumon,
Yuragim o'rtanar qiynalar hamon,
Yo'qotdim onajon iforingizni,
Sog'inib yashayman diydoringizni.
Nega sig'dirmadi sizni bu dunyo,
Yaxshilar umriga zomin bu dunyo,
Bilmadim o'zi ne istar bu dunyo,
Yo'qotdim onajon iforingizni,
Sog'inib yashayman diydoringizni.
Kimning tizzasiga qo'yaman boshim,
Endi kim artadi ko'zdagi yoshim,
Sizsiz o'tmayapti bir luqma oshim,
Yo'qotdim onajon iforingizni,
Sog'inib yashayman diydoringizni.
Siz kabi sirdoshim yo'qdur onajon,
Qorong'u zulmatday bu yorug' jahon,
Olisga ketdingiz qoldirmay imkon,
Yo'qotdim onajon iforingizni,
Do'stlaringiz bilan baham: |