Adashdim qayerda yo'qotdim yo'lim,
Balki yaqin qoldi men kutgan o'lim,
Dilga ozor berib shodmisiz endi?
Ko'z yoshimga bugun daryolar to'ldi.
O'yga toldim bugun suraman hayol,
Yuragim qiynaydi javobsiz savol,
Sizga bergan mehrim keldimi malol,
Dilga ozor berib shodmisiz endi?
Ko'z yoshimga bugun daryolar to'ldi.
Ishoning qolmadi yashashga kuchim,
Olov bo'lib hozir yonyapti ichim,
Izladim lek ammo topmadim yechim,
Dilga ozor berib shodmisiz endi?
Ko'z yoshimga bugun daryolar to'ldi.
"Dunyoni anglash"
Bunchalar qiyin bu dunyoni anglash,
Tushunmay qolyapman hatto o'zimga,
So'qmoq yo'lda kezib yaxshilik izlash,
Javob berolmadim aytgan so'zimga.
Do'stlaringiz bilan baham: |