Tabrigimni qabul qiling tog'ajon,
Sizga tilaklarim bo'lsin armug'on,
Tilayman men sizga sog'lik-omonlik,
Tark etmasin sizni quvonch-u shodlik.
Musofir yurtlarda yuripsiz ishlab,
Oilam-uyim deb halol rizq izlab,
Duodamiz sizni qo'llasin Alloh,
Har neki balodan saqlasin Alloh.
Omad bo'lsin sizga doimiy hamroh,
Oila suyanchi sizsiz bir panoh,
Qo'lingizdan tutsin bir umrga baxt,
Yarashadi sizga tillolardan taxt.
Hajlarga jo'nating bobom-buvimni,
Mehringiz berasiz tutib qo'limni,
Tog'ajon eng baxtli bo'ling dunyoda,
Alloh umringizni qilsin ziyoda.
Tug'ilgan kuningiz bo'lsin muborak...
"Yo'qotdim..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |