Yomonlik qilishsa qiling yaxshilik,
Qaror topar bir kun albat adolat,
G'alaba qozonar doim ezgulik.
Yig'lamang siz aslo tabassum qiling,
Jilmayib yenging barcha dushmanni,
Baxtlarga loyiqsiz siz shuni biling,
Lol qoldiring bugun barcha insonni.
"Allasiz"
Sizga o'zi ne bo'ldi ayting onajon,
Yaqinlar davrasi bo'lar-mu armon,
Eshikka ko'z tikib turibman hamon,
Bolalar uyida qoldirib yolg'iz,
Uxlayman onajon qanday allasiz.
Mehringizdan qildingiz-ku mosuvo,
Topdingizmi yoki o'zga bir dunyo,
Sog'inaman har on men sizni ammo,
Bolalar uyida qoldirib yolg'iz,
Uxlayman onajon qanday allasiz.
Ota-onam tirik, lek bo'ldim yetim,
Do'stlaringiz bilan baham: |