Aylanmaylik bizlar nafsning quliga,
Dunyoga bu uchun kelmagan inson,
Qarab qolmaylik hech birov qo'liga,
Uyg'oq tursin doim bu tanda vijdon.
O'rganmaylik aslo yolg'on so'zlarga,
Yolg'ondan ming parcha bo'lar yuraklar,
Tik boqib qarolmay keyin ko'zlarga,
Armonga aylanar dilda tilaklar.
Kimdir ko'z yoshiga bo'lmaylik sabab,
Biz qilgan amaldan barcha bo'lsin shod,
Bu bir iltimosdur bu bitta talab
Albat dunyoyimiz bo'ladi obod.
Topaylik dunyoda huzur-halovat,
Qo'rquv-la o'tmasin hech bir kunimiz,
Yaqinlar bag'rida yurib salomat,
Aslida shu erur bizning baxtimiz. "Sizsiz o'tsa agar..."
Sizsiz o'tsa agar mening bir kunim,
Vaqt to'xtab qoladi go'yo men uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |