Odamlar boshqacha, odamlar har xil,
Halol mehnat qilib topadi rizqin,
Odamlar boshqacha, kuyar ba'zan dil,
Harom yo'llar bilan to'qlaydi qornin.
Ko'ngligni yayratar ba'zi davralar,
Qurar suhbatlari ma'noli biram,
Diling xufton qilar ba'zi davralar,
Qolish hohlamaysan hattoki bir dam.
Odamlar aldaydi ko'zingga boqib,
Qilgan ishlaridan deysan alhazar,
Yurishar doimo niqoblar taqib,
Kutmagan paytingda zarar yetkazar.
Atrofingda ba'zan ko'payar yolg'on,
Haqiqat qani deb qilasan faryod,
Tog'ri yo'l topish bo'lmaydi oson,
Sinovlar domiga tashlaydi hayot.
Bunchalar qiyin bu dunyoni anglash...
"Tabrik"
(Tog'ajonim tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin. Alloh sizni eng baxtli, jannati bandalari qatoriga qo'shsin. Ilohim yuzlarga kiring)
Do'stlaringiz bilan baham: |