Tortib oldingiz-ku mening quvonchim,
Poymol qildingiz-ku sizga ishonchim,
Qolmadi hayotda bitta yupanchim,
Dilga ozor berib shodmisiz endi?
Ko'z yoshimga bugun daryolar to'ldi.
Aybim nima mening bilolmadim hech,
Yurakdan shod bo'lib kulolmadim hech,
Taqdirga tan berdim endi bo'ldi kech,
Dilga ozor berib shodmisiz endi?
Ko'z yoshimga bugun daryolar to'ldi.
Chiroq yoqishsada yorishmas ko'nglim,
Adashdim qayerda yo'qotdim yo'lim,
Balki yaqin qoldi men kutgan o'lim,
Dilga ozor berib shodmisiz endi?
Ko'z yoshimga bugun daryolar to'ldi.
O'yga toldim bugun suraman hayol,
Yuragim qiynaydi javobsiz savol,
Sizga bergan mehrim keldimi malol,
Do'stlaringiz bilan baham: |