Qo'llarim o'zganing qo'llarin tutmas,
Ko'zlarim o'zganing yo'llarin kutmas,
So'zlarim o'zganing ko'nglini topmas,
Abadiy birgamiz ishon sevgilim.
Samimiy so'zlaring etgan mahliyo,
Sening kulishingdan yashnaydi dunyo,
Olisga ketmagin sen mendan aslo,
Abadiy birgamiz ishon sevgilim.
Baxtimiz saroyin quramiz birga,
Orzular ro'yobin ko'ramiz birga,
Kelajak rejasin tuzamiz birga,
Abadiy birgamiz ishon sevgilim.
Borlig'im o'zingsan, o'zing quvonchim,
Har dam yonimdasan sensan yupanchim,
Baxtim farishtasi o'zing suyanchim,
Abadiy birgamiz ishon sevgilim.
"Yorim nahot qildi xiyonat"
(Bir hikoya asosida yozdim)
Yurak og'rir, tinmas azoblar,
Do'stlaringiz bilan baham: |