Sizga bildirishar cheksiz bir hurmat.
Tug'ilgan kuningiz bilan dadajon,
Mehringiz his qilib yashayman har on,
Qabul qiling sizga aytgan tabrigim,
Siz kabi samimiy bo'lmas hech inson.
"Ketmayman deb..."
Ketmayman deb so'z bering menga,
Chidolmam gar qiynasa firoq,
Ketmang endi mendan olisga,
Bo'lmasin hech masofa yiroq.
Ketmayman deb so'z bering menga,
Siz hamisha bo'ling yonimda,
Men aylanay siz suygan gulga,
Baxt yashasin har bir onimda.
Ketmayman deb so'z bering menga,
Bermang menga ortiqcha azob,
Sizning quvonch joylansin dilga,
Boshimizda porlasin oftob.
Ketmayman deb....
"Abadiy birgamiz..."
Do'stlaringiz bilan baham: |