Har kuningiz bo’lsin – Navro’z!
Reja:
Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli.
Navro’z muhtasham qadriyatlarimiz namoyondasi.
Mamlakatimizda Navro’z ifori.
Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, zavqlanadi. Bahorning birinchi kunlari,boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib ketadi. Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning qismi, uyg'onish davri davom etadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar, bahorda uyg'onishadi. Bahor faslini bejizga fasillar kelinchagi deyishmaydi. Kelinchak bir oilani gullab yashnatsa, bahor fasli esa butun borliqni. Hech etibor berganmisiz Bahor fasli kirib kelishi bn nafaqat tabiat balki butun borliq, jamiki tirik jon jonlanadi. Insonlar qalbida qandaydir jo’shqinlik mavj uradi. Atrof tariflashga til ojiz holatda go’zallikka burkanadi. Bahor fasli haqida qancha gapirsangiz shuncha oz. Bahor fasllar ichida nafosati, go'zalligi, yosharish, yashnashi bilan ajralib turadi.Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug'i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko'nglidan birdek joy oladi. Bahor o'zining sepini yoyishi bilan insonlar qalbini to'lqinlantiradi.Bahor faslida o'zimizning milliy bayramimiz navro'z nishonlanadi. Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr - oqibat, baxt soadat, baxshida etadi. Bahorda barchamiz yana bir bor o'zligimizni anglab yetamiz. Bahor fasllarning gulshani, borliqga o'zgacha kayfiyat hadya etadi.Shu taraflari bilan ajralib turadi.Bahorning natijasida o’zi yangi kundan darak beradi. Bahor manzaralarini tomosha qilar ekansiz beixtiyor shu go'zalikka yanada go'zallik qo'shgingiz keladi. Bunday go'zallik bilan albatta mustahkam turadi. Mening fikrimcha bahor fasli fasllar ichida milliylikka boyligi, go'zalikka hammohangligi, mehrliligi, yangilanishi, nafislik va boshqa taraflari bilan ajralib turadi. Haqiqatdan ham bahor faslini kelinchakga o'xshatishadi. Sababi kelinchak kabi go'zal turfa rangga boy. Yana bir kelinchak keladigan hovli joylari toza ozoda bo'ladi. Poklik ozodalik bor joyda doimo qut baraka yog'iladi. Bahorga atab har bir shoiru shoiralar sher bitadi. Bahorning har kuni bayram yana har kuni yangilanish o'zgarish yana bir qancha sir asrorlarga boy. Bahor avvallo kelinchak kabi oq libosda kelsa keyin turfa rangda o'zini namoyish qiladi. Sababi bodom gulida oq bo'lsa lolada shaftolida qizil pushtu rangga kiradi. Insonlar qalbida esa yosharish yangi vaziyatda paydo bo'ladi. Turli bayramlarda bahorni nomini takror takror yodga oladi. Bayramlar munosabati bilan kasallarning holidan habar olinadi,keksalar ziyorat qilinadi,mehmondorchilikka boriladi va yana boshqa ezgu ishlar amalga oshiriladi. SHuning uchun ham uni fasllarning ardoqlisi mehr muhabbati deb atashadi. Bir so’z bilan aytganda fasllar ichida o’zgacha o’ringa ega bo’lgan, qishning sovuq oylaridan keyin insonlar intiqli bilan kutadigan,inson qalblariga o’zining nurlarini olib kiradigan fasldir.
Navro`z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muxtasham qadriyatlarimizdan biri, baynalminal bayramdir. Uning tarkibiga, qadimgi ota-bobolarimizning mifologik tassavurlaridan tortib bugungi zamondoshlarimizning qarashlarigacha bo`lgan ma'naviyat olami singib ketgan bo`lib, u insoniyat madaniy taraqqiyotining har bir yutug’idan doimo kuch va quvvat olib turadi. Sharq xalqlarining eng hayotbaxsh va qadimiy bayrami Navro`zning qachon paydo bo`lgani xususida turli muloxazalar bildirilgan. Atoqli olim Xodi Zarif Navro`zi olamning yoshini kamida uch ming yil, xatto undan ham kattaroqdir deb xisoblaganida to`la xaqli edi. Zero, X asr Buxorolik olimi Narshaxiy, dexqonlarning navro`zda aytiladigan Siyovush nomi bilan bog`liq qo`shiqlari xaqida gapirib, "Bu gaplar bo`lib o`tganiga hozir uch ming yildan ko`proq vaqt o`tdi", - deb yozadi. Bahor va mehnat bayramining paydo bo`lishi haqidagi tarixiy ma'lumotlar davrlar o`tishi bilan turli o`zgarishlarga uchrab, shu kunlargacha yetib kelgan. Ana shunday afsonalarning aksariyati Navro`zi olamning vujudga kelishini afsonaviy Jamshid bilan bog`laydi. Navro`z xaqidagi qadimgi turk afsonalarida esa bu umumxalq bayramining paydo bo`lishi ajdodlarimizning baxor fasli va ko`klamgi dala ishlarining boshlanishiga aloqador udumlariga bog`lanadi. Navro`z 21-martdan 22-martga o`tar kechasi "Qozon to`la" udumi bilan boshlanadi. Shu oqshomda kechasi bilan ko`pchilik bo`lib sumalak va xalim ham pishirilgan. Bu taomlar qozoni ertasiga ochilgan. Navro`z "qozon to`ladigan", ya'ni qut baraka tantana qiladigan xalq bayramidir. Navro`zda qozon-qozon sumalaklar qaynashi, to`kin - sochinlik, dalalar serxosilligi, mevaga to`la bog`lar saxovatidan dalolat beradi. Navro`z bayrami, sumalak tantanasi, boychechak, lola sayli bilan bog`liq materiallari - xalq qo`shiqlari, e'tiqodlari, bolalar o`yinlari, afsona va rivoyatlari, marosim va udumlarini to`plab, alohida majmua holida nashr ettirish navro`zning qadimiy udumlarini saqlab qolishda katta amaliy axamiyatga ega bo`ladi. Xalqimiz orasida navro`z bilan bog`liq qadimiy qo`shiqlarni, e'tiqod va udumlarni biladigan zukko odamlar ko`p. Navro`z ayyomining tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir - bu kun odamlar bir - birlarini muborakbot etadilar. Yoshlar ota - onalarini, qariyalarni, bemorlarni yo`qlaydilar. Bir-biri bilan arazlashib qolgan qo`ni - qo`shnilar yarashadilar. Odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishga shirinsuxanlik bilan muomala qilishga oshiqadilar. Ko`ryapsizki, Navro`zning ma'naviy jihatlari juda chuqur ildiz otgan. O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o`zbeklar qadim zamonlardan buyon Navro`z kunini yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan qarshi olib kelganliklarini, u faqat o`yin - kulgi bayrami emas, balki mehnat yilining boshlanishi ekanini, bahorgi kecha va kunduz tengligi 21 martga to`g`ri kelishini ham bilib oladilar. Navro`z - xalqimizning sevimli bayrami. Navro`z bayramini o`tkazish yosh avlodni tarbiyalashda, xalqimiz ijodiyotining eng yaxshi namunalari misolida uning dunyo qarashini shakillantirishda katta ahamiyatga ega. Birgina Navro`z emas, balki har - qanday an'ana yoshlarni insonparvarlik, baynalminalchilik, ezgulik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Navro`z bayramini o`tkazish yuzasidan mahsus tadbirlar ishlab chiqish, yoshlarni xalqimizning milliy madaniyati durdonalari bilan tanishtirish va ularda faol siyosiy va mehnat ko`tarinkiligini uyg`otish imkoniyatini beradi. Navro`zni nishonlashda kutubxonalar, maktablar, turar joylardagi mahalla qo`mitalari, honadonlar atrofidagi tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ko`rishlari lozim. Navro`z tantanalari bir oy davom etadi. Bayramda dala, bog` sayllari o`tkaziladi. Anjumanlarga she'rhonlik qo`shiq aytish, katta xashar uyushtirish, xovli va bog`lar, ariq - anhorlarni tozalash, daraxt va gul ko`chatlarini ekish, maktab va maktabgacha bo`lgan muassasalarni ko`kalamlashtirish ishlari olib boriladi. Bu faslda somsa-yu sumalak pishirish bilan ovvora bo`ladi. Erkaklar ketmon-u o`roq charxlab yerga kerakli bo`lgan asbob uskunalar tayyorlaydilar. Xuddi ana shu kezlarda og`ilxona mollarini oftoboy joylarga olib chiqiladi. Qish bo`yi ifloslangan junlarini yuvib taraladi. Bu faslda yerga ko`chat o`tkaziladi, urug` tashlanadi.
Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko'ngillar ko'klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo'jizaviy uyg'unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg'os gullagan bog'lar kapalak va bolarilarga oshyon bo'ldi. Quyoshning qaynoq taftini sog'ingan maysalar ko'zni quvnatib, ko'kka bo'y cho'zadi. Butun borliqda uyg'onish, yangilanish, yasharish manzaralari. Borliqdagi uyg'onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, to'kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro'zi olam kelganidan darak beradi. Yurtimiz tinch. Osmonimiz musaffo. Bir dunyo orzular bilan ertani kutib, kelajakka ishonib, to'yu-tomoshalar qilish, yangi uy-joylar solish, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish niyatida yashayotgan xalqimiz "Xush kelibsan o'lkamizga, Navro'zi olam, qadaming qutlug' bo'lsin! Yurtimizdagi tinchlik-omonlikka ko'z tegmasin!" deb Navro'zga peshvoz chiqmoqda...
Navro'z bayrami bu yil mamlakatimizda umumxalq sayli sifatida nishonlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Mazkur hujjatda 2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda "Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!" degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida yuqori saviyada nishonlash ko‘zda tutildi.Bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo‘mitaga hududlarda, shahar va qishloqlarda Navro‘z bayramining umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishini ta’minlash yuklatilgan. Jumladan, Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillari tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e’zozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Mehr daftari»ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni uyushtirish rejalashtirilgan. Navro‘z umumxalq bayrami arafasida respublikaning barcha hududlarida, har bir ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlari o‘tkaziladi. Bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylarda hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, kitob rastalari, ko‘chma savdo do‘konlarini tashkil qilish belgilandi. Shu bilan birga, ko‘klam taomlari tayyorlanib, ularning savdosi yo‘lga qo‘yildi. Ezgulik, muhabbat, xayr-saxovat, muruvvat, shafqat va shafoat, yangilanish va yasharish ayyomi qalblarga surur, olam-olam quvonch va yangi-yangi orzu-havaslar baxsh etdi.
Bog' hududi "Navro'zi olam muborak!", "Har kunimiz Navro'z bo'lsin!", kabi shiorlar, xushbo'y gulu chechaklar bilan bezatilgan. Turfa rang bayroqchalar hilpiraydi, rango-rang sharlar mayin epkinlarda tebranadi. Saylda xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odat va an'analarini aks ettirgan ayvonlar, yo'lak bo'ylab ustayu hunarmandlar, ganchkorlar, kashtado'zu chevarlar milliy liboslarimizni, do'mbira, doira kabi xalq cholg'u asboblarini, milliy buyumlarni namoyish etdi. Ertamizning egalari bo'lgan bolalar chiqishlari, ularning sho'x-shodon kulgulari, mustaqil yurtning barkamol farzandlari ijrosidagi ona Vatanni, ko'klamni, baxtiyor bolalikni madh etuvchi jarangdor kuy-qo'shiqlar, jozibador raqslar barchaga zavq-shavq ulashdi. Navro'z, yoshlik va barkamollikning naqadar uyg'unligi ko'z o'ngingizda gavdalandi. So'rilarda qo'r to'kib o'tirgan otaxonlar yana bir bahor bilan yuzlashganiga shukrona keltirib, yurt obodligi, xalq farovonligidan so'z ochdi. Davlatimiz rahbari otaxonlar bilan suhbatlashdi. Qo'llar duoga ochildi.
Navro'z bayrami mamlakatimizda yashayotgan millati, tili, dinidan qat'i nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan. Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz – O'zbekistonimiz ravnaqi yo'lida barcha sohalarda fidokorona mehnat qilmoqda. Toshkent shahrining barcha tumanlarida o'tgan bayram sayllarida Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizdagi elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, poytaxtimiz mehmonlari ishtirok etdi. Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek nomidagi madaniyat va istirohat bog'i ham erta tongdan gavjum bo'ldi. Aholini xalq sayliga chorlagan ovozlar dillarga jo'shqinlik bag'ishladi. Vatanni, bahorni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar yangradi. Jajji bolajonlar ko'klam darakchisi bo'lgan boychechak, yalpiz, chuchmomalar ulashdi. Bir tomonda askiya aytayotgan nuroniylarning qah-qahasi ko'tarilsa, bir yoqdan aytishuvda bas kelmayotgan qizlarning kulgulari aks-sado beradi. Mustaqillik yillarining har yili yuksak dovonlar, zalvorli yutuqlar, betimsol o'zgarishlar bilan Vatanimiz tarixi zarvaraqlariga bitilmoqda. Tarixan qisqa davrda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz tiklandi.
Shunday farahbaxsh damlarda ona tabiatda ro'y berayotgan yasharish, yangilanishlarni qalbidan o'tkazayotgan yurtdoshlarimizning ko'nglida shodlik, yana bir Navro'zga eson-omon yetganimiz, elu yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun shukronalik tuyg'ulari jo'sh uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |