Nega bugun yana yiģlading ona? Kòksingga bir mushtni mushlading ona



Download 448,5 Kb.
bet164/164
Sana15.01.2022
Hajmi448,5 Kb.
#369508
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   164
Qalbimni yaralab topishar foyda.

Har bosgan qadamim o'lchovli endi,

Har so'qmoq ortida bor bitta tuzoq,

Ko'zlarim alamli yoshlarga to'ldi,

Qayda xato qildim o'ylayman uzoq.

Izdan chiqib ketdi bugun hayotim,

Dushmanlar qo'lida bo'ldim o'yinchoq,

Do'stim deb adashdim shudir xatoyim,

Bugundan bo'ldim men jonsiz qo'g'irchoq.

Unutilar bir kun balki barchasi,

Lek bitmaydi aslo qalbda jarohat,

Kutmagandim bunday taqdir zarbasi,

Soxta do'st kasridan shuncha falokat.

Nahotki aldandim, nahot aldashdi..

"Yolg'iz qolgim ..."

Yolg'iz qolgim keldi shunchaki,

Tinch qo'yinglar meni ozgina,

Savol bermang qiynamang meni,

Yolg'iz qolgim keldi shunchaki.

Sokinlikni istaydi ko'ngil,

Men ojizga bir yaxshilik qil,

Zulmatdagi menman o'sha gul,

Yolg'iz qolgim keldi shunchaki.

Bezib dunyo yolg'onlaridan,

Dilda mangu armonlaridan,

Niqob taqqan arzonlaridan,

Yolg'iz qolgim keldi shunchaki.

Go'yo dunyo menga bo'ldi tor,

Lek har ishda bitta hikmat bor,

Siz ham keting ey yolg'onchi yor,

Yolg'iz qolgim keldi shunchaki.

Ko'paymoqda balki gunohim,

Xatolarim kechir Allohim,

Qadalsada yerga nigohim,

Yolg'iz qolgim keldi shunchaki.

"Ey kuygan oshiq"

(Iltimosga ko'ra yozdim)

Sevgiga yetolmay ey kuygan oshiq,

Armonlar ko'ngilga azob soldimi,

Kuylaysiz faqat hijrondan qo'shiq,

Hayotga muhabbat nahot so'ndimi?

To'g'ri sizga hozir judayam qiyin,

Oppoq libos kiyar suygan yoringiz,

Taqdir sizga qildi yomon bir o'yin,

Yo'qotyapsiz go'yo butun boringiz.

Lek ishoning hali hayot oldinda,

Dunyoda eng baxtli inson bo'lasiz,

Chin sevgi bo'ladi nikohdan keyin,

Oila bag'rida hurmat topasiz.

"Do'stlik..."

Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch,

G'amli kuningizda do'st bo'lar yupanch,

Sizga hadya eta olar bir olam quvonch,

Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.

Yolg'on so'zlar so'zlamang,kerakmas aslo,

Do'stlar-la uy obod,go'zal bu dunyo,

So'zlarimni tinglang, unutmang ammo,

Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.

Achchiq haqiqatni yuzga so'zlasa,

O'gir kuningizda yordam izlasa,

Siz uchun faqat baxtni ko'zlasa,

Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.

Sirlaringiz bilar u yaqin sirdosh,

Yurar yo'lingizda bo'lar u yo'ldosh,

Siz bilan hamisha bo'lar yelkadosh,

Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.

Sinov berib har dam, sinaydi hayot,

Yodingizda tuting do'st bo'lar najot,

Yomon so'zlab do'stlikni aylamang barbod,

Do'stlik poydevori bo'ladi ishonch.
Download 448,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish