Shodon yuring bilmay sira g'am,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rib yuring buvijon.
Farzand-u nabiralar ardog'idasiz,
Buvijonlar ichra yagonasi siz,
Bobojonim qalbida dil to'rida siz,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rin yuring buvijon.
So'zingiz yoqimli shunday muloyim,
Samimiy dilkashsiz mehri daryoyim,
Savobli ishingiz siz ezgu o'yim,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rin yuring buvijon.
"Tabrik"
(Singlim Diyoraxonga)
Quyosh bugun o'zgacha boqar,
Daryoda tiniq suvlar oqar,
Senga gullar, kitoblar yoqar,
18 bahoring muborak singlim,
Eng yaxshi tilaklar sengadur singlim.
Do'stlaringiz bilan baham: |