Tilimda aylanmas hatto bitta so'z,
Dunyoga boshqacha boqardi bu ko'z,
O'y-hayollar bugun qoldi-ku yolg'iz,
Qiz bola bo'lmaydi farzand sarasi.
Allohim o'zingsan har nedan panoh,
Shukr yurak urar, bo'lmaylik gumroh,
Bilmadim bizlarda bor qanday gunoh,
Qiz bola bo'lmaydi farzand sarasi.
Aytdim sizlarga men yurak nolasi,
Qiz ham o'g'il ham ota-ona bolasi,
Birday ko'ringda gul-u lolasin,
Qiz bola jondan suyar ota-onasin.
"Yorim"
(Oshiq qiz nomidan iltimosga ko'ra yozdim)
Yurak qildi yana g'alayon,
Sizga sevgim emasdur yolg'on,
Bir bor yo'qlab kelasiz qachon,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Do'stlaringiz bilan baham: |