"Keching..."
Shayton so'zin oqlaydigan,
Yolg'on yo'lga boshlaydigan,
Zino ishga chorlaydigan,
Keching bunday sevgidan,
Kechib keting.
Ravshan ko'zni ko'r qilgan,
Peshonangiz sho'r qilgan,
Keng dunyoni tor qilgan,
Keching bunday sevgidan,
Kechib keting.
Shodligingiz qayg'uga,
Armon nomli tuyg'uga,
Unuttirgan manguga,
Keching bunday sevgidan,
Kechib keting.
Chorlar yomon hayollarga,
Javob topmay savollarga,
Qolib ketmay malollarga,
Keching bunday sevgidan,
Kechib keting.
Hamroh qilar alamlarga,
Go'zal qosh-u qalamlarga,
Ishonmayin sanamlarga,
Keching bunday sevgidan,
Kechib keting.
"Buvijon"
Yuzingizda bugun ajinlar qator,
Ko'z yoshingiz ko'rmaylik zinhor,
Men bir so'zni aytaman takror,
Dunyolar turguncha turing buvijon,
Baxtimizni ko'rib yuring buvijon.
Duolaringiz qo'llaydi har dam,
Siz borsiz-ki nurafshon olam,
Do'stlaringiz bilan baham: |