Beravermang ortiqcha ozor,
Topolmaysiz men kabi dildor,
Oshiq yurak yig'ladi zor-zor,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Olislarda yurmang, bo'ldi bas,
So'zlarimni tinglangda birpas,
Sizdan o'zga menga kerakmas,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Ishonganim, sizsiz suyanchim,
G'amli damda bo'ling yupanchim,
Yonimda bo'lsangiz ortar quvonchim,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Uyqusiz tunlar o'tmoqda bedor,
Bo'lib qolmay yorim men bemor,
Mehrli so'zingiz bo'ladi mador,
Yorim sizni sog'indim yomon,
Keling dilda qolmasin gumon.
Do'stlaringiz bilan baham: |