ISLOMNING VUJUDGA KELISHI
VA YOYILISHI
Bajardi: Avazova Nilufar
Tekshirdi: Turaxo'djayev
Guruh: 2-19
Reja:
•
Islom arafasida arablarda yakka xudolik g‘oyalari.
•
Islomning vujudga kelishi. Muhammad (s.a.v.)ning payg‘ambarlik
faoliyatlari.
•
Xulafoi Roshidiynlar davrida Arab xalifaligi
ISLOM ARAFASIDA ARABLARDA YAKKA XUDOLIK
G‘OYALARI
•
Islomdan avvalgi davrda (“johiliya”) arablar orasida qabila
xudodari kulti bilan bir qatorda turli-tuman diniy e’tiqodlar
mavjud edi. Xristianlik (monofizitlik va nеstorianlik shaklida)
Suriya, Falastin va Mеsopatamiyaga ko‘chib kelib o‘rnashgan
arab qabilalari orasida idrok etib qabul qilingan edi. Shuningdеk,
xristitanlik ta’siriga Arabiston shimoli va g‘arbidagi ayrim
qabilalar ham uchragan edi. Shimoliy-g‘arbiy Arabistonning
ayrim vohalarida kеng tarqalgan yahudiylik ham xristianlik bilan
raqobatlashmoqda edi. 517 yilda hatto yahudiylik Yamandagi
Himyar podsholigining rasmiy dini dеb e’lon qilingan, ammo tеz
orada Yamanni xristian efioplar (habashlar), kеyin esa, zardushtiy
forslar bosib olishi natijasida amalda yahudiylik dini hukmron
dinga aylana olmadi.
•
Xuddi shu davrda arab jamiyatida o‘ziga xos bir toifa kishilar paydo bo‘ldi-ki, ular sanamlarga
sig‘inmasdilar, yahudiy ham, nasroniy ham emasdilar, qandaydir yagona xudoga sig‘inardilar.
Axboriylar ular haqida ko‘pincha mavhum, bir-biriga zid ma’lumot bergan bo‘lsalar-da, yakdillik bilan
ularni hunafo (birligi hanif) deb ataganlar. Haniflar ochiqdan-ochiq butparastlarni masxara qilar, o‘sha
davr arablari orasida keng tarqalgan ichkilikbozlik, qimorbozlik va boshqa zararli illatlarga qarshi
kurashga chaqirardilar. Albatta, ularning da’vati zodagonlar va sanamlarga xizmat qiluvchilarning
qarshiligiga uchradi. Ko‘p haniflar bir joyda muqim turmay, darvesh-qalandarlar tarzida hayot
kechirishga, mamlakat bo‘ylab daydib yurishga majbur bo‘ldilar. Haniflarni yahudiylar yoki xristianlar
singari mustaqil din vakillari sifatida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularga har turli qabilaga mansub
bo‘lgan, o‘zaro yirik robitaga birlashmagan, asosan sanamlarga qarshi islohotga da’vat qilish fikri bilan
band kishilar sifatini berish mumkin. Haniflar asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Yamomada -
Arabiston sharqidagi bir viloyatda yashar edilar. Xristianlik va yahudiylik ta’sirini his etgan haniflar
Makka va uni qurshab turgan qabilalar ko‘pxudoligiga o‘zlarining yakka xudolari-Rahmonga e’tiqodini
qarshi qo‘ygan edi. Makkaliklar ko‘pxudoligi va butparastiligini qoralay turib, haniflar badavlat
savdogarlar, sudxo‘rlar va zamindorlarga tanbeh va kinoya tariqasida qashshoq cho‘llar mamlakati
dehqonlari uchun tabiiy bo‘lgan zohidlik-askеtizmni targ‘ib qilgan edilar. Bundan tashqari, haniflar
qabilaviy kultlar-sanamlarning mahalliychiligi va tarqoqligiga posangi sifatida umumarab dini g‘oyasini
ilgari surmoqda edilar.
•
Qadimgi Arabiston dinlarining tarixi VII
asrgacha qo‘shni o‘lkalardagidek kechdi.
Aholining katta qismi ko‘p xudolikda edi.
Ammo arabcha “al-vasaniya” deb atalgan, but-
sanamlarga sig‘inishga asoslangan bu din oddiy
e’tiqod bo‘lmay, nisbatan rivojlangan. Yaman
va Hijoz shaharlarining aholisi esa mustaqil
ravishda ko‘p xudolar qatori bosh xudoni
tanishgacha yetib kelgandi. Arabistonga
monoteistik dinlar-yahudiya va xristianlikning
kirib kelishi, shubhasiz, diniy jarayonni
jadallashtirdi. Lekin ularning arab jamiyatiga
korsatgan ta’sirini yuqori baholab yubormaslik
kerak. Aks holda, aytaylik, Arabiston aholisi
hukmron din sifatida xristianlikni osongina
qabul qilgan bo‘lardi.
•
Shuni unutmaslik joizki, islom arafasidagi
arab jamiyatida sof arab yakkaxudoligiga
qaratilgan harakatlar-“hanifiya”, “sobia”
singari tavhid g‘oyasiga juda yaqin keladigan
diniy aqidalar mavjud edi. Tavhid g‘oyasiga
intilish, bilishimizcha, ko‘p qadimgi xalqlarga
xos narsa. Buning natijasi o‘laroq qadimgi
rimliklarda Yupiter, greklarda Zevs,
yahudiylarda Yaxve, slavyanlarda Perun,
turkiy xalqlarda Tangri tushunchasi vujudga
kelgan. VII asrda arablarda tavhid g‘oyasi
“Alloh” tushunchasi va Muhammad
alayhissalom faoliyatida o‘z ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |