Ishonmayman tutmang qo'llarim,
Siz qildingiz menga xiyonat.
"Qadrsiz baxtim"
("Qadrsiz baxtim" hikoyasi uchun)
Kech tushundim nechun yurak dardini,
Anglamadim afsus sevgi qadrini,
Bu tanga qo'ndirib yolg'on gardini,
Garovga boy berdim qadrsiz baxtim,
Quvonchim qaytarmas tillodan taxtim.
Bilmayman o'zimni kim deb atashni,
Ma'nosi qolmadi endi yashashni,
Foydasi yo'q endi kunlar sanashni,
Garovga boy berdim qadrsiz baxtim,
Quvonchim qaytarmas tillodan taxtim.
Menga ishonishdi aldadim nega,
Yorimning sevgisin bilmadim nega,
Aybdor o'zimman-ku yig'ladim nega,
Garovga boy berdim qadrsiz baxtim,
Quvonchim qaytarmas tillodan taxtim.
Do'stlaringiz bilan baham: |